{"id":16222,"date":"2022-01-29T14:37:21","date_gmt":"2022-01-29T11:37:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16222"},"modified":"2022-01-29T14:37:22","modified_gmt":"2022-01-29T11:37:22","slug":"berdaq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/berdaq\/","title":{"rendered":"BERDAQ"},"content":{"rendered":"\n<p>BERDAQ (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg&#8217;aboy o&#8217;g&#8217;li) (1827\u2014 Mo&#8217;ynoq tumani\u20141900)\u2014shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, so&#8217;ng madrasada tahsil ko&#8217;rgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxo&#8217;ja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan o&#8217;rgangan. U tarixni va xalq og\u2019zaki ijodini yaxshi bilgan. Berdaqning lirik she&#8217;rlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18\u2014 19-asrlardagi ijtimoiy Hasti o&#8217;z ifodasini topgan. U o&#8217;z davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g&#8217;oyalari ilgari suriladi. Berdaq ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir (&#8220;Bo&#8217;lgan emas&#8221;, &#8220;Soliq&#8221;, &#8220;Bu yil&#8221;, &#8220;Umrim&#8221; va boshqalar). Shoir haqiqat uchun, mehnatkash ommaning baxti va kelajagi uchuy fidokor kurashchilarni orzu qiladi (&#8220;Xalq uchun&#8221;, &#8220;Menga kerak&#8221; va boshqalar). Tarixni mavzudagi &#8220;Avlodlar&#8221;, &#8220;Omongeldi&#8221;, &#8220;Azadosbiy&#8221;, &#8220;Ernazarbiy&#8221; asarlarida shoir xalq qaxramonlaripi faxr bilan kuylaydi. Berdaqning &#8220;Avlodlar&#8221; asari tarixiy voqealar solnomasi bo&#8217;lib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. Berdaq ba&#8217;zi ta&#8217;magir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi (&#8220;Yaxshiroq&#8221;, &#8220;Shekilli&#8221; va boshqalar), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni Vatanni sevishga, ma&#8217;rifat cho&#8217;qqilarini egallashga chaqiradi (&#8220;O&#8217;g&#8217;limga&#8221;, &#8220;Ahmoq bo&#8217;lma&#8221; va boshqalar). She&#8217;riy mushohadalari va hayotga qarashlarida Berdaq mehnatkashlarning Baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida o&#8217;ylar ekan, Allohdan madad so&#8217;raydi (&#8220;Yordam ber&#8221;), baxt haqida fikr yuritadi (&#8220;Izladim&#8221;), Odil podshoni orzu qiladi (&#8220;Kerak&#8221;), Baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi. Berdaq ijodi xalq og&#8217;zaki adabiyoti an&#8217;analariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining g&#8217;oyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqolpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning ko&#8217;pgina asarlari o&#8217;zbek va b. xalqlar tillariga tarjima qilingan. O&#8217;zbekiston va Qoraqalpog&#8217;istonda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi (1998). Toshkent shahridagi xiyobonlardan biriga Berdaq nomi berildi va byusti o&#8217;rnatildi. Shoir tugilgan joy \u2014 Bo&#8217;zatovda ham byusti o&#8217;rnatilgan (1998). Nukus shahrida Berdaqga haykal qo&#8217;yilgan, musiqali drama teatri, ko&#8217;cha va maktabga Berdaq nomi berilgan. As: Tanglauli shig&#8217;armalari, Nokis. 1956; tanlangan she&#8217;rlar, T., 1958; She&#8217;rlar, T., 1976. Ad:. Qurbonboev B., Berdaq va o&#8217;zbek adabiyoti, T., 1986.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BERDAQ (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg&#8217;aboy o&#8217;g&#8217;li) (1827\u2014 Mo&#8217;ynoq tumani\u20141900)\u2014shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, so&#8217;ng madrasada tahsil ko&#8217;rgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxo&#8217;ja asarlarini chukur &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/berdaq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16222","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16222","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16222"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16222\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16231,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16222\/revisions\/16231"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16222"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16222"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16222"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}