{"id":16351,"date":"2022-01-29T19:44:39","date_gmt":"2022-01-29T16:44:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16351"},"modified":"2022-01-29T19:44:42","modified_gmt":"2022-01-29T16:44:42","slug":"beruniy-abu-rayhon-muhammad-ibn-ahmad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/beruniy-abu-rayhon-muhammad-ibn-ahmad\/","title":{"rendered":"BERUNIY ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD"},"content":{"rendered":"\n<p>BERUNIY ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD (973.4.9, qadimgi Kot (Kat) shahri \u2014 1048.11.12. G&#8217;azna (hozirgi Afg&#8217;onistonda)\u2014 ulug&#8217; o&#8217;zbek mutafakkir olimi, o&#8217;rta asrning buyuk daholaridan. O&#8217;z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (matematika), ilohiyot, ma&#8217;danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo&#8217;shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Uning naslnasabida &#8220;berun&#8221; so&#8217;zi &#8220;tashqi shahar&#8221;, &#8220;Beruniy&#8221; esa &#8220;tashqi shaharda yashovchi kishi&#8221; ma&#8217;nosini bildiradi. Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo&#8217;lgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo&#8217;lida ta&#8217;lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag&#8217;ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo&#8217;r hurmat bilan tilga oladi. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug&#8217;ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o&#8217;rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo&#8217;lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari Arab, sug&#8217;diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini o&#8217;rgandi. O&#8217;z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990 yildan Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o&#8217;tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o&#8217;zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat to&#8217;ntarishi bo&#8217;lib, Kot Urganch amiri Ma&#8217;mun I tomonidan bosib olindi. Beruniy hayoti xavf ostida qolgaiini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo&#8217;ladi. U qadimgi Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) boradi. Rayda ancha og&#8217;ir hayot kechiradi, moddiy qiyinchiliklarga duchor bo&#8217;ladi. Olim 998 yildan keyin Jurjotg keladi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyotshunos va faylasuf Ali Saxl Iso almasixiy bilan tanishib, undan ta&#8217;lim oladi. O&#8217;sha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida Ziyoriylar sulolasi (928\u2014 1042) hukmronlik qilgan; bu sulolaning vakili Qobus ibn Vashmgir (1012 yil o&#8217;ldirilgan) yosh olimni o&#8217;z himoyasiga oladi. Yoqut Hamaviynij yozishicha, Qobus ibn Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo&#8217;lmagan. Beruniy &#8220;Alosor al Boqiya an alqurun alholiya&#8221; (&#8220;Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar&#8221;) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-yilda tamomlagan. Beruniy uni yozishga juda katta tayyorgarlik ko&#8217;rdi. Qunt va matonat bilan turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini o&#8217;rgandi. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada va qo&#8217;lyozma shaklida ayrim shaxslar qo&#8217;lida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda iste&#8217;dodli ekanini ko&#8217;rsatadi. Beruniy 1005 yillarda Xorazmga qaytadi va so&#8217;ngroq uni yangi hukmdor Ali Abbos Ma&#8217;mun II saroyga yaqinlashtiradi. O&#8217;sha davrda Urganchda Xorazmshoh saroyida ko&#8217;p mashhur olimlar to&#8217;planib, fanning turli sohalarida ilmiy ishlar olib boradilar. &#8220;Ma&#8217;mun akademiyasi&#8221; deb nomlanadigan bu anjumanning faoliyatida Beruniy muhim rol o&#8217;ynaydi. Shu bilan birga, u shoh Ma&#8217;mun \u0406\u0456ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatiashadi. Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari ham uning Xorazmda turgan davrida bo&#8217;lgan. Ularning savol-javoblaridan va Beruniyning Ibn Sinoga yozgan e&#8217;tirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar uning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan ham qiziqqanini ko&#8217;rsatadi. Bu savol-javoblarda ikki mashhur olim fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borgan. Xorazm Mahmud G&#8217;aznaviy tomonidan (1017) bosib olingach, Beruniy Xorazmshoh saroyidagi boshqa bir qancha olimlar bilan birgalikda G&#8217;azna shahriga olib ketildi. Beruniyning G&#8217;aznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo&#8217;ldi. G&#8217;urbatda hayot kechirgan olim o&#8217;zining barcha vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf etdi. Beruniyning &#8220;Xorazmning mashhur kishilari&#8221; asari ham shu davrda yaratilgan. Uning geodeziyaga oid muhim asari &#8220;Taxdid nihoyot ilamo kinlitashih masofot ilmasokin&#8221; (&#8220;Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash&#8221;) 1025 yil 18 noyabrda yozib tugatilgan. Bu asarning birdan-bir qo&#8217;lyozmasi Istanbulda, birinchi marta rus tiliga shu qo&#8217;lyozmadan &#8220;Geodeziya&#8221; nomi bilan tarjima qilindi (Toshkent, 1966). &#8220;Geodeziya&#8221; Beruniyning dunyoqarashini belgilashda boy manbalardan biri bo&#8217;lib hisoblanadi. &#8220;Munajjimlik san&#8217;atidan boshlang&#8217;ich tushunchalar&#8221; asari ham 1029 yil G&#8217;aznada yozilgan. Asarning fors cha va Arabcha nusxalari bizgacha etib kelgan. Unda o&#8217;sha zamon astronomiyasi bilan bog&#8217;liq bo\u2019lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma&#8217;lumotlar berilgan. Beruniyning mashhur &#8220;Hindiston&#8221; asari\u2014 &#8220;Tahqiq mo lilhind min Ma&#8217;qula Maqbula filaql av marzula&#8221; (&#8220;Hindlarning aqlga sig&#8217;adigan va sig&#8217;maydigan ta&#8217;limotlarini aniqlash kitobi&#8221;) 1030 yilda yozilgan. Bu asar G&#8217;arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud G&#8217;aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlarida Beruniy shohga hamroh bo&#8217;lgan. Garchi olimning Hindistonda qachon va qanday yashagani aniq bo&#8217;lmasada, Xorazmdan olib ketilgandan keyin bir oz vaqt Hindistonning shim.dagi Nandna qal&#8217;asida yashagani ma&#8217;lum. Hindistonda sanskrit tilini puxta o&#8217;rganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o&#8217;sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu mamlakat haqida o&#8217;lmas asar yaratishga imkon berdi. &#8220;Hindiston&#8221; hajmi jihatidan juda katta asar. Unda hind adabisti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, elshunoslik, qonun va urf-odatlar, falsafa, din, tarixiy diniy rivoyatlar, hind yozuvining turlari haqida ma&#8217;lumotlar bor. Hozirgi zamon Hindiston olimlari Beruniyning bu asarini hind madaniyati tarixini yoritish nuqtai nazaridan juda yuqori baholaydilar va muhim manbalardan biri deb hisoblaydilar. Ularning ta&#8217;kidlashicha, Beruniy o&#8217;z asarida bizgacha yetib kelmagan sanskritda yozilgan ko&#8217;pgina manbalardan foydalangan. Beruniy astronomiyaga oid &#8220;Alqonun almas&#8217;udiy&#8221; (&#8220;Mas&#8217;udqonuni&#8221;) asarini Sulton Mas&#8217;udga bag&#8217;ishladi. Kitobning qachon yozib tugatilgani aniq emas. Bu asar Beruniyning falakiyotga doir eng muhim asaridir. O&#8217;rta asr olimlari bu asarni juda yuksak baholaganlar. Shundan keyin u yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri &#8220;Mineralogiya&#8221;, ya&#8217;ni &#8220;Kitob aljamohir Fi ma&#8217;rifat aljavohir&#8221; (&#8220;Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo&#8217;yicha ma&#8217;lumotlar to&#8217;plami&#8221;)dir. Bu risola uz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va yaqin Sharq, Yevropada mineralogiya sohasidagi eng yaxshi asar hisoblangan. Uning oxirgi asari\u2014&#8221;Dorivor o&#8217;simliklar haqida kitob&#8221; ning qo&#8217;lyozmasi 20-asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar &#8220;Saydana&#8221; nomi bilan mashhur, unda Sharqda, jumladan, Turkistonda o&#8217;sadigan dorivor o&#8217;simliklarning tavsifi berilgan. Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo&#8217;r qobiliyati uning ko&#8217;pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan e&#8217;tirof etilgan. 1035-36 yillarda Beruniy o&#8217;z ilmiy ishlarining ro&#8217;yxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan kitob va risolalari 113 taga yetgani ko&#8217;rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo&#8217;shsak, u qoldirgan ilmi meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli tuman. Ko&#8217;pchilik asarlari o&#8217;z zamonasida o&#8217;ziga xos bir entsiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi ma&#8217;danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir. Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigina ma&#8217;lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo&#8217;q. Beruniy ijodini o&#8217;rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillargya tarjima qilish ishlari o&#8217;tgan asr oxirlaridan boshlandi. Uning &#8220;Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar&#8221;, &#8220;Hindiston&#8221;, &#8220;Geodeziya&#8221;, &#8220;Mineralogiya&#8221;, &#8220;Mas&#8217;ud qonuni&#8221;, &#8220;Munajjimlik san&#8217;atidan boshlang&#8217;ich tushunchalar&#8221; va boshqa asarlarining matni nashr etilib, turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va o&#8217;zbek tillarida chop etildi. Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. U o\u2019z ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasida Ptolemey nazariyasiga suyansa ham lekin yerning harakati haqida o&#8217;sha davrda hukmron nazariyaga zid keladigan fiqolarni bayon etgan. &#8220;Hindisusi&#8221; asarida &#8220;Yerning aylanish harakati falakiyot fani hisoblariga hech qanday zid kelmaydi, balki yerda yuz kiradigan hodisalar, uning harakati birga bir tekis davom etaverali&#8221;, degan fikrni bayon etadi. &#8220;Istagan xil astrolyabiyani tayyorlashning turli usullari haqida&#8221; risolasida Sa&#8217;id as Sijziyning astrolyabilei haqida gapirganda juda muhim xulosaga keladi: &#8220;Uning negizi osmon harakatlanishiga emas, balki Yerning harakatlanishiga asoslanganligi uchun men uni juda ham ajoyib kashfiyot deb hisoblayman&#8221;. Beruniy yoritqichlar harakatini xandasaviy izohlash asosida olamcning tuzilishini tushuntiradigan sosentrik va geliosentrik sistema teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. &#8220;Geodeziya&#8221; asarida geosentrizm bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan ba&#8217;zi nazariyalarning to\u2019g&#8217;riligiga shubha bilan qaraganini asaridan ochiq bayon etadi. Bubnolim geliosentrik tuzilishi nazariyani ishlashga hissa qo&#8217;shdi. U osmon yoritqichlarining harakat traektoriyasi va shakli ellipso chekanligi haqida birinchi bo&#8217;lib fikr yuritgan olimlardan. Beruniyning bu bashorati ancha keyingi Kepler kashfiyotlarini ma&#8217;lum darajada oldinan aytish edi. Beruniy o&#8217;z asarlarida ayrim hodisalar to&#8217;g&#8217;risida ham yozgan. Masalan, (birinchi bo&#8217;lib Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan. U amaliy astronomiya masalalari ham juda ko&#8217;p shug&#8217;ullanar edi. O&#8217;zining aniq va puxta astronomik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi og&#8217;ishining kattaligi (23\u00b034&#8242;) va ekliptika og&#8217;ishi uzunligining asriy o&#8217;zgarishlarini belgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qadimgi va o&#8217;ziga zamondosh bo&#8217;lgan astronomlarga qaraganda ancha aniq natijalarga erishgan. Beruniy 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini tuzgan. Beruniy o&#8217;z zamonasining ulkan matematiklaridan biri edi. Uning matematika faniga qo&#8217;shgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari ma&#8217;lum tartib bilan ta&#8217;riflandi. Olimning arifmetika va algebrasining katta yutug&#8217;i shundan iboratki, unda irratsional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti bo&#8217;lib qoldi. Arifmetika sohasida u mashhur uchlamchi qoidani ko&#8217;rib chiqadi, besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qiladi. Beruniy ayniqsa trigonometriya sohasida katta yutuqlarga erishdi. Ba&#8217;zi bir hozirgi zamon tadqiqotchilari Beruniyni trigonometriyaga mustaqil fan sifatida qaragan birinchi olim deb e&#8217;tirof etmoqdalar. Beruniy trigonometrik funktsiyalarning umumiy qonuniyatini topish yuzasidan ish olib borgan. &#8220;Alqonun almas&#8217;udiy&#8221; asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. U trigonometrik funktsiyaning chiziqli va kvadrat interpolitiv qoidasini ishlab berdi, o&#8217;rtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha o&#8217;nli raqamlar uchun P miqdorini aniq hisoblab chiqdi. Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham Beruniyning qo\u2019shgan hissasi beqiyos. Tasviriy geografiya sohasida Beruniy geografik adabiyotda mavjud bo&#8217;lgan ma&#8217;lumotlarni umumlashtirib o&#8217;ziga zamondosh bo&#8217;lgan sayyoh va savdogarlar to&#8217;plagan ma&#8217;lumotlar bilan uni yanada boyitadi. Olim qoldirgan geografik ma&#8217;lumotlarning ko&#8217;pchiligi u yoki bu geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida birinchi manba hisoblanadi. Beruniyning o&#8217;sha vaqtda uncha ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan shimoliy o&#8217;lkalar, Boltiq va Oq dengiz haqidagi ma&#8217;lumotlari, Sibirning &#8220;Bizda yoz bo&#8217;lganda, u yerda qish bo&#8217;ladigan&#8221; joylari haqida xabarlari ayniqsa qiziqarli. Beruniy Xitoy va Tibetga tutash o&#8217;lkalarni ham o&#8217;zidan oldingi olimlarga nisbatan to&#8217;la va aniq tasvirlagan. Ptolemeyga qaramaqarshi Atlantika va Hind okeanlarining Janub tomoni bir-biriga tutashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qit&#8217;alari orasida bir vaqtlar bo&#8217;g&#8217;oz bo&#8217;lgan va yer sharining Janub tomoni quruqlik bo&#8217;lgan deb taxmin qiladi. U qoldirgan noyob ma&#8217;lumotlar Sharq geografik adabiyotida muhim rol o&#8217;ynagan. Tarixda Amerika qit&#8217;asini 1492 yil oktabr oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma&#8217;lum. Olim o&#8217;zining &#8220;Hindiston&#8221; asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to&#8217;g&#8217;risida gapirib, &#8220;&#8230;Yerning choragi ma&#8217;muradir. Ma&#8217;murani G&#8217;arb va Sharq tomondan muhit okeani (Atlantika va tinch okean) o&#8217;rab turibdi. Bu muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo&#8217;lishi mumkin bo&#8217;lgan quruqdik yoki odam yashay digan orollardan ikkala yoqdan (g&#8217;arbdan va sharqdan) ajratib turadi&#8230;\u201d deb yozgan. Shunday fikrni &#8220;Alqonun almas&#8217;udiy&#8221; asarida ham uqtiradi. Demak, g&#8217;arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit&#8217;aning mavjudligini Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin taxmin qilib, o&#8217;z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning g&#8217;arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to&#8217;g&#8217;risidagi fikri 15-16-asrlarda o&#8217;z tasdig\u2019ini topdi. Beruniy matematik geografiya taraqqiyotiga ham katta hissa qo&#8217;shdi. U joylarning geografik uzoqligini va kengligini aniqpash yo&#8217;llarini ishlab chiqishda yangiliklar ochdi: trigonometriya va geometriyani keng qo&#8217;llash orqali o&#8217;zidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Masalan, u geografik kenglikni aniqlashda 16-asrda Tixo de Brage tomonidan kashf etilgan deb hisoblangan usulni ishlatgan. Uzoqliklarni belgilashda ham Beruniy tomonidan ishlab chiqilgan yangi metod ungacha qo&#8217;llanilgan metodlarga nisbatan eng mukammali edi. Turli geografik joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda u erishgan natijalar hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoldirmoqda. Beruniyning Yer sharining o&#8217;lchamlari haqidagi ma&#8217;lumotlari yunon, hind olimlari va o&#8217;ziga zamondosh bo&#8217;lgan yaqin va O&#8217;rta Sharq olimlari xulosalariga nisbatan ancha aniqdir. U yer aylanasi uzunligini o&#8217;lchashda yangi usul ishlab chiqdi. Beruniy metodida katta masofalar uchun qiyin va murakkab o&#8217;lchovlarga ehtiyoj bo&#8217;lmay, matematik hisoblarga asoslanilardi. U yer meridiani yoyining bir darajasi 110275 metrga teng deb topdi. Bu hozirgi zamon ma&#8217;lumotlariga juda yaqin. Geologiya sohasida ham Beruniy ajoyib kashfiyotlar qilgan. Yerni o&#8217;rganish masalasiga ilmiy yondashdi. Yer yuzasining har bir qismi o&#8217;zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini yozadi. Turkistonning ba&#8217;zi joylari, shu jumladan Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o&#8217;rganishga harakat qilgan ham Beruniy bo&#8217;lgan. Uning Amudaryo vodiysining geologik o&#8217;tmishi va Orol dengizining paydo bo&#8217;lishi haqidagi xulosalari o&#8217;sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri hisoblanadi. Olim &#8220;Dengizlar quruqlikka, qurukliklar esa dengizga aylanadi&#8221; degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamlarining paido bo&#8217;lishi, tog&#8217; jinslarining yemirilishi, kurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ahamiyatga ega. Yer qobig&#8217;ida og&#8217;irlikning muvozanatlashib turishi uchun yer osti jismlarining joylashishi haqidagi farazlari ham juda ahamiyatlidir. Uning fikricha, Yer qobig&#8217;ining harakati og&#8217;irlikning umumiy markaz tomon harakatiga mos ravishda vujudga keldi. Beruniy tog&#8217;larning paydo bo&#8217;lishi va yo&#8217;q bo&#8217;lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olg&#8217;a suradi. Akademik H. M. Abdullayev Beruniyni geologiya sohasidagi eng buyuk nazariyotchilar va asoschilar qatoriga qo&#8217;shish kerak, degan xulosaga kelgan edi. Olim mineralogiya fanida ham muhim kashfiyot va xulosalar yaratdi. Bu sohada Beruniy ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o&#8217;zi yaratgan yangi ma&#8217;lumotlarni qo&#8217;shdi. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tasvirlash, qattiqligini aniqlash, ularning magnit va elektr xususiyatlarini kuzatish, eritib sinash kabi usullardan foydalangan. U minerallarni ta&#8217;riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma og&#8217;irligini tartibli ravishda aniqlab, mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qildi; minerallarning tabiiy tasnifi asoslarini ishlab chiqishga urinib ko&#8217;rdi. Uning &#8220;Mineralogiya&#8221; asari konlarni o&#8217;rganish, shu jumladan O&#8217;rta Osiyo yer osti boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho manba hisoblanadi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma og&#8217;irligi hozirgi zamon o&#8217;lchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho toshlarning paydo bo&#8217;lishi haqida ilmiy fikrlar aytgan. Beruniy dorishunoslik, meteorologiya, fizika kabi fanlarga ham hissa qo&#8217;shgan. Masalan, buloq va quduq suvlarining yuqoriga ko&#8217;tarilishi va fontan bo&#8217;lib otilib chiquvchi buloqlar gidrostatikasini tushuntirishda Beruniy o&#8217;z zamonasidan ancha ilgari ketib, bu boradagi uydirmalarni inkor etadi. Olim biologiya sohasida tabiiy tanlanish haqida qimmatli fikrlar aytgan. U tabiiy tanlanish bo&#8217;yicha avval insonning ongli faoliyatini tasvirlab beradi, keyin &#8220;tabiat ham shunday qiladi, lekin u farqiga bormaydi, chunki uning harakati ongsizdir&#8221;, degan xulosaga keladi. Buyuk olim fan sohasida tajribalar o&#8217;tkazish uchun turli asbob va uskunalar ixtiro etishda ham katta mahorat ko&#8217;rsatdi. Ko&#8217;pchilik tajriba asboblarini o&#8217;zi yaratgan edi. Masalan, astronomiya sohasida meridianlar io&#8217;nalishini aniqpash uchun &#8220;Hind doirasi&#8221;ni ixtiro etgan. Bir qancha astrolyabiya konstruktsiyalarini, diametri 7,5 metr bo&#8217;lgan va o&#8217;sha zamonda eng yirik hisoblangan &#8220;devoriy kvadrant&#8221;ni yasagan. Solishtirma ogirlikni aniqlash uchun ham maxsus asbob ixtiro etgan. Beruniy Markaziy Osiyo va umuman yaqin Sharqda birinchi ilmiy globuslardan birini bunyod etgan edi. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq ko&#8217;rsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordiiatalarini aniqlash mumkin bo&#8217;lgan. U alkimyoda qo&#8217;llanilgan g&#8217;ayri ilmiy va asossiz uslublarni tanqid qildi. Qimmatbaho toshlar va ba&#8217;zi minerallarning &#8220;Mo\u2019jizakor xususiyatlarini&#8221; inkor qildi va bu holni &#8220;hodisalarning haqiqiy sababini bilmovchilar uchun bir vajdir&#8221;, deb hisoblaydi. Beruniy alkimyo yo&#8217;li bilan oltin va kumush tayyorlash fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan xulosaga keladi. &#8220;Oldindan aytib berish san&#8217;ati,\u2014deb yozadi &#8220;Geodeziya&#8221;da,\u2014 umuman kuchsiz asosga ega, undan kelib chiqadigan xulosalar ham asossiz&#8221;. Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u o&#8217;zining ilmiy tadqiqot ishlarida o&#8217;zi ishlab chiqqan ilmiy tadqiqot metodiga, tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodini misli ko&#8217;rilmagan darajada yuqori ko&#8217;tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo&#8217;r yutug&#8217;idir. Olim o&#8217;z oldiga fanni aniq ma&#8217;lumotlar bilan boyitish, nazariyalarini ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo&#8217;ygan. Beruniy ijtimoiy nazariyalar sohasida ham samarali ijod etdi, bu sohalar rivojiga hissa qo&#8217;shdi. Uning kupgina asarlari o&#8217;z mohiyati bilan tabiiy fanlarning sohalari bo&#8217;yicha ham, shuningdek o&#8217;sha zamonlarda yashab o&#8217;tgan xalqlarning ijtimoiy, xo&#8217;jalik va siyosiy hayoti sohasida ham butun bir entsiklopediya bulib xizmat qilgan. Beruniy o&#8217;zining &#8220;Kitob Fi axborot ilmubayyizot valqaromita&#8221; (&#8220;Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabarlari haqida kitob&#8221;) asarini O&#8217;rta Osiyoda o&#8217;sha davrda yengilroq ijtimoiy harakatlardan biri bo&#8217;lgan qarmatiylarga bag&#8217;ishlagan. Keyinroq &#8220;Yodgorliklar&#8221;, &#8220;Hindiston&#8221; kitoblarini yozgan. Uning &#8220;Kitob ulmaqolot valarz vaddiyonot&#8221; (&#8220;Maqolalar, e&#8217;tiqodlar va dinlar haqida kitob&#8221;), &#8220;Kitob Fi axbori Xorazm&#8221; (&#8220;Xorazm xabarlari haqida kitob&#8221;), &#8220;Kitob tarixi ayyom as Sulton Mahmud va axbori Abihi&#8221; (&#8220;Sulton Mahmud davri tarixining kitobi va otasi haqidagi xabarlar&#8221;) kabi asarlari bizgacha yetib kelmagan. &#8220;Yodgorliklar&#8221; (&#8220;Alosor alboqiya&#8221;) podshohlar va mashhur shaxslarning tarixini yorituvchi va o&#8217;sha davrning madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy etnografik asardir. Asarning qimmati shundaki, u islomgacha bo&#8217;lgan (Xorazmda) butun bir davrni ochish imkoniyatini tug&#8217;dirdi. Bu kitobda yunonlar, rimlik, eroniy, sug&#8217;diy, xorazmlik, Harroniy (yulduzga sig&#8217;inuvchilar), qibtiy, xristian, yahudiylar, islomgacha bo&#8217;lgan arablarning yil hisoblari, turli bayram va mashhur kunlari mufassil tasvirlangan, unda ko&#8217;p xalqlarning ma&#8217;naviy hayoti va tarixiga oid qimmatli ma&#8217;lumotlar bor. Uning maxsus tabiatshunoslik masalalariga bag&#8217;ishlangan kitoblari ham ijtimoiy fanlarning ko&#8217;pgina sohalarini o&#8217;ziga qamrab oladi. Bu xususda uning &#8220;Geodeziya&#8221;, &#8220;Mineralogiya&#8221; va boshqa asarlarida tarix, adabiyot, tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli ma&#8217;lumotlar jamlangan. Masalan, &#8220;Mineralogiya&#8221;da har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida Arab mumtoz shoirlarining o&#8217;sha tosh yoki metall haqida yozgan she&#8217;rlaridan namunalar keltirilgan. Beruniy tarixni bayon qilishda diniy, irqiy farqlardan qat&#8217;i nazar, xolisona turish kerak, deb talab kidali. Qiyosiy tahlil qilish metodidan keng foydalangan. Masalan, u hind fani va falsafasi, hindlarning diniy e&#8217;tiqodlari va urfodatlari haqidagi ma&#8217;lumotlarni yunon falsafasi va mifologiyasi bilan solishtiradi. Beruniy taraqqiy etish va yo&#8217;q bo&#8217;lishga sabab bo&#8217;lgan tabiiy hodisalarni tadqiq etar ekan Allohning yaratuvchilik qudratini inkor etmaydi. Olim tabiatda qotib qolgan narsa yo&#8217;q, &#8220;Dunyodagi hamma narsa ma&#8217;lum vaqtdan keyin bir holatdan ikkinchi holatga o&#8217;tib turadi&#8221;, degan nuqtai nazarda turadi. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda Beruniy atomizmga yaqin bo&#8217;lgan. Uning atomistikasi atomlarning moddiy xarakterini va har qanday determinizmni inkor etuvchi mutakallimlarning fikr va qarashlariga qaramaqarshi qo&#8217;yilgan. Uning dunyolar ko&#8217;p degan xulosalarga olib keluvchi fiqolari ham bo&#8217;lgan. Buni olimning falsafiy bahslarida Ibn Sino ham sezgan edi. Beruniy o&#8217;z mulohazalarida boshqa dunyolarning moddiyligi haqidagi tushunchaga asoslangan. Bilish nazariyasi xususida ham o&#8217;ziga xos fiqolari bor. Uning fikricha, bilishning asosi, bizning dunyo haqidagi bilimlarimiz manbai bo&#8217;lmish sezgi a&#8217;zolari orqali olingan bilimlardir. Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu\u2014aql idrok tufayli erishilgan yutuqdir, deydi. Beruniy bu sohada tajribaning ahamiyatini alohida ta&#8217;kidlaydi. Beruniy birinchilardan bo&#8217;lib, Aristotelning fan sohasidagi xizmatiga yuksak baho berish bilan birga tanqidiy fikrlar ham bildirgan. Beruniy Aristotelning &#8220;Tabiiy joy&#8221;, &#8220;Dunyoning yagonaligi&#8221;, &#8220;Og\u2019irlik va yengillik&#8221; kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning &#8220;Og&#8217;ir&#8221; va &#8220;Yengil&#8221; degan tushunchasidan farqli ravishda Beruniy Ibn Sinoga yozgan &#8220;E&#8217;tirozlar&#8221;ida hamma narsalarning yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olg&#8217;a suradi. Bu tortilish kuchi haqidagi nazariyani ishlab chiqish yo&#8217;lida qo&#8217;yilgan muhim qadam edi. Beruniy ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda geografik muhit, kishilarning moddiy ehtiyoji kabi omillar ahamiyatini hisobga oldi. Uning fikricha, tilning kelib chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishdagi ehtiyojlari, turli fanlarning paydo bo&#8217;lishiga esa ularning moddiy va ma&#8217;naviy ehtiyojlari sabab bo&#8217;lgan. Beruniy hokimiyatni nasldan naslga o&#8217;tib turish qonun qoidasini umuman tan olsa ham, u yoki bu davlat arbobining hokimiyatni boshqarishga yaroqliligi uning davlatga rahbarlik qilishdagi qobiliyatiga bog&#8217;liq, deydi. Beruniy ilm fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilmfanning gullashiga bog&#8217;liq, odamning baxti esa uning bilim va ma&#8217;rifatida, deb yozadi. U ma&#8217;rifat dushmanlariga, yomon urfodatlarga, adolatsizlikka qarshi edi. Beruniyning boy ilmiy merosi O&#8217;zbekiston va undan tashqarida chuqur o&#8217;rganilmoqda. Uning asarlari lotin, frantsuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda. Hayoti va ijodi yozuvchi va san&#8217;atkorlar e&#8217;tiborini tortib kelmoqda. Beruniy haqida &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; studiyasi ijodkorlari 2 qismdan iborat &#8220;Abu Rayhon Beruniy&#8221; filmini (1974) yaratganlar. Uyg&#8217;un &#8220;Abu Rayhon Beruniy&#8221; pyesasini (1973) yozgan. Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi shahar. tuman Beruniy nomiga qo&#8217;yilgan. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Toshkent texnika universiteti, metro bekati uning nomi bilan ataladi. Toshkent shahrida, Qoraqalpog&#8217;iston, Xorazmda Beruniy nomida ko&#8217;cha, maydon, maktab va boshqa muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta O&#8217;zbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qo&#8217;yilgan. Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta&#8217;sis etilgan. Beruniyga Toshkent, Xiva, Beruniy shaharlarida haykal o&#8217;rnatilgan. As: Pamyatniki minuvshix pokoleniy, T., 1957; Indiya [Perevod A. B. Xamidova, Yu. N. Zavodovskogo], T., 1963; Hindiston (Tarjimonlar A. Rasulov, G&#8217;. Jalolov, Yu. Hakimjonov), T., 1965; Geodeziya (Perevod P. G. Bulgakova), T., 1966; Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, T., 1968; Kanon Mas&#8217;uda I ch. (perevod P. G. Bulgakova, B. A. Rozenfelda) T., 1973; Qonuni Mas&#8217;udiy, \u0406qism, 1-5 maqolalar (A. Rasulov tarjimasi), T., 1973; Hikmatlar (to&#8217;plovchi va nashrga tayyorlovchi A. Irisov), T., 1973; Farmakognoziya v medisine (kitob assaydana fittibb) (issled., perevod, Primechaniya u. I. Karimova), T., 1974; Kniga vrazumeniya nachatkam nauki o zvyozdax (perevod B. A. Rozenfelda, A. Axmedova, M. M. Rojanskoy, A. Abduraxmanova, N. D. Sergeevoy), T., 1975; Qonuni Mas&#8217;udiy, II kiem, 6-11 maqolalar (A. Rasulov tarjimasi), T., 1976; Kanon Mas&#8217;uda, II ch. (perevod B. A. Rozenfelda, A. Axmedova, M. M. Rojanskoy, Yu. N. Smirnova), T., 1976; Geodeziya. Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash (tarjimon A. Ahmedov), T., 1982; Matematicheskie i astronomicheskie traktati (perevod P. G. Bulgakova, B. A. Rozenfelda), T., 1987; Tarvihalar: &#8220;Javohirot kitobi&#8221;dan (arabchadan M. Tursunov tarj.), T., 1991; Feruza (Javohirlar haqida naql va hikoyatlar), T., 1993; 100 hikmat: ibratli so&#8217;zlar (tarj. va nashrga tayyorlovchi A. Irisov), T., 1993. Ad.: Semenov A. A., Albiruni\u2014 velichayshiy ucheno&#8217;y srednevekovogo Vostoka i Zapada, literatura i iskusstvo O&#8217;zbekistona, kn. 1, T., 1938; Beruniy\u2014o&#8217;rta asrning buyuk olimi (maqolalar to&#8217;plami), T., 1950; Sado&#8217;kov X. U., Biruni i ego raboto&#8217;po astronomii i matematicheskoy geografii, M., 1953; Krachkovskiy I. Yu., Arabskaya geograficheskaya literatura, Izbr. soch., t.4, M., 1957; My mi no v I. M., O&#8217;zbekistonda ijtimoiyfalsafiy tafakkurning rivojlanish tarixidan (XIX asr oxirlari va XX asr boshlari), T., 1960; Sale M. A., Abu Rayhon Beruniy, T., 1960; Matvievskaya G. P., Beruniy va tabiiy fanlar, T., 1963; Irisov A., Beruniy va Hindiston, T., 1963; Rozenfeld B. A., Krasnova S. A., Rojanskaya M. M., O matematicheskix Rabotax Abu Rayxana Biruni, v kn.: Iz istorii nauki i texniki v stranax Vostoka. Vo&#8217;p. 3, M., 1963; Tolstoe S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Mo&#8217;minov I. M., Vo&#8217;dayuhiesya mo&#8217;sliteli Sredney Azii, M., 1966; Beruniy bilan Ibn Sinoning savoljavoblari (mas&#8217;ul muharrir S. Mutalibov), 2nashr, T., 1973; Qayumov A., Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, T., 1987. Muzaffar Xayrullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BERUNIY ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD (973.4.9, qadimgi Kot (Kat) shahri \u2014 1048.11.12. G&#8217;azna (hozirgi Afg&#8217;onistonda)\u2014 ulug&#8217; o&#8217;zbek mutafakkir olimi, o&#8217;rta asrning buyuk daholaridan. O&#8217;z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/beruniy-abu-rayhon-muhammad-ibn-ahmad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16351","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16351","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16351"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16351\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16352,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16351\/revisions\/16352"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16351"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16351"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16351"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}