{"id":16457,"date":"2022-02-02T16:16:44","date_gmt":"2022-02-02T13:16:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16457"},"modified":"2022-02-02T16:16:45","modified_gmt":"2022-02-02T13:16:45","slug":"ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyaviy-sudi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyaviy-sudi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI \u2014 konstitutsiyaviy nazorat olib boruvchi oliy sud organi. O&#8217;z faoliyatini qonun asosida mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy sudning vakolati, uning tuzilishi va faoliyati tartibi O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalari va &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonun (1995 yil 30 avgust) bilan belgilangan. Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko&#8217;rish kiradi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, jumladan, quyidagi vakolatlarga ega: qonunlarning va O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O&#8217;zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqalar majburiyatlarining O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Konstitutsiyasi O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi qonunlari O&#8217;zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to&#8217;g&#8217;risida xulosa beradi; O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko&#8217;rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o&#8217;rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan organ, uning majlislari zaruratga qarab o&#8217;tkaziladi va qoida tarzida ochiq bo&#8217;ladi. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat ko&#8217;rsatishini ta&#8217;minlash uchun uning devoni tuziladi. Konstitutsiyaviy sudning raisi va a&#8217;zolari deputat bo&#8217;la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a&#8217;zosi bo&#8217;lishlari va boshqa haq to&#8217;lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e&#8217;lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat&#8217;iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas. 1998 yildan boshlab O&#8217;zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi nashr etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI \u2014 konstitutsiyaviy nazorat olib boruvchi oliy sud organi. O&#8217;z faoliyatini qonun asosida mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy sudning vakolati, uning tuzilishi va faoliyati tartibi O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyaviy-sudi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16457","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16457","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16457"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16457\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16457\/revisions\/16458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16457"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16457"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16457"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}