{"id":16505,"date":"2022-02-03T07:28:57","date_gmt":"2022-02-03T04:28:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16505"},"modified":"2022-02-03T16:02:07","modified_gmt":"2022-02-03T13:02:07","slug":"ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega bo&#8217;lgan siyosiy-huquqiy hujjat. 1992 yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi Konstitutsiyaviy qonun (1991 yil 31 avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos bo&#8217;lib xizmat qilgan. Mustaqil O&#8217;zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g&#8217;oyasi ilk bor 1990 yil 20 iyunda bo&#8217;lib o&#8217;tgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xo&#8217;jaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda e&#8217;lon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini ko&#8217;rib, loyihani tuzatib va ma&#8217;qullab Oliy Kengash sessiyasida ko&#8217;rib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama-modda muhokama etilgandan so&#8217;ng qabul qilingan. 2002 yil 27 yanvarda o&#8217;tkazilgan umumxalq referendum natijalariga ko&#8217;ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O&#8217;zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo&#8217;shimchalar kiritilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo&#8217;lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qo&#8217;yilgan vazifalar belgilangan. 1-bo&#8217;limda O&#8217;zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy printsiplari ko&#8217;rsatilgan. Bunday printsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. &#8220;Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari&#8221; deb atalgan 2-bo&#8217;lim inson huquqlarini O&#8217;zbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya O&#8217;zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolikni o&#8217;rnatdi. O&#8217;zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo&#8217;lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalariga muvofiq ta&#8217;minlanadi. O&#8217;zbekistonda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor bo&#8217;lishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega bo&#8217;lib, ish vaqti va haq to&#8217;lanadigan mehnat ta&#8217;tilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga o&#8217;z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g&#8217;ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. O&#8217;zbekistonni himoya qilish \u2014 mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o&#8217;tashga majburdirlar. Konstitutsiyaning 3-bo&#8217;limi &#8220;Jamiyat va shaxs&#8221; deb ataladi. Bu bo&#8217;limda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga o&#8217;z xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi ta&#8217;kidlanadi. Ro&#8217;yxatdan o&#8217;tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e&#8217;tirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zo&#8217;rlik bilan o&#8217;zgartirishni maqsad qilib qo&#8217;yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ&#8217;ib qiluvchi, xalqning sog&#8217;lig&#8217;i va ma&#8217;naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Konstitutsiyada ko&#8217;rsatilishicha, ota- onalar o&#8217;z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o&#8217;z ota- onalari haqida g&#8217;amxo&#8217;rlik qilishga majburdirlar. O&#8217;zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Tsenzurata yo&#8217;l qo&#8217;yilmasligi alohida ta&#8217;kidlanadi. Konstitutsiyaning 4-bo&#8217;limi O&#8217;zbekiston Respublikasining ma&#8217;muriy-hududiy tuzilishiga bag&#8217;ishlangan. 5-bo&#8217;lim davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida bo&#8217;lib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash printsipi o&#8217;z ifodasini topgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, O&#8217;zbekiston Respublikasi sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid alohida boblar bor. Konstitutsiyaga o&#8217;zgartirish kiritish tartibi so&#8217;nggi 6-bo&#8217;limda o&#8217;z ifodasini topgan. Unga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o&#8217;zgartishlar tegishincha O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a&#8217;zolari umumiy sonining kamida 2 qismidan iborat ko&#8217;pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O&#8217;zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun \u2014 8 dekabr umumxalq bayrami \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e&#8217;lon qilindi (O&#8217;zbekiston Respublikasi qonuni, 1992 yil 8 dekabr). 2001 yil 4 yanvarda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o&#8217;rganishni tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; farmoyishi chiqdi. Farmoyish asosida barcha ta&#8217;lim turlarida O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o&#8217;rganish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega bo&#8217;lgan siyosiy-huquqiy hujjat. 1992 yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-16505","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16505","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16505"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16505\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16506,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16505\/revisions\/16506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16505"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16505"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16505"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}