{"id":16516,"date":"2022-02-03T15:26:49","date_gmt":"2022-02-03T12:26:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16516"},"modified":"2022-02-03T16:00:42","modified_gmt":"2022-02-03T13:00:42","slug":"ozbekiston-respublikasining-prezidenti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-prezidenti\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig&#8217;i. O&#8217;zbekistonda Prezidentlik lavozim sifatida 1990 yil 24 martda ta&#8217;sis etilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo&#8217;lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O&#8217;zbekiston hududida muqim yashayotgan O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga to&#8217;lgan fuqarolari umumiy, teng va to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yo&#8217;li bilan o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonun (1991 yil 18 noyabr) va uning yangi tahririda (2004 yil 3 dekabr) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko&#8217;rsatish huquqiga siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolar egadirlar. Saylash huquqiga ega bo&#8217;lgan fuqaro yoki fuqarolar guruhi O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko&#8217;rsatish uchun kamida 300 nafar saylovchidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi kerak. Prezidentlikka nomzodlar ko&#8217;rsatish saylovga 65 kun qolganda boshlanadi va 45 kun qolganda tugaydi. Nomzodlar ko&#8217;rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhi yig&#8217;ilishi tomonidan amalga oshiriladi. Prezident saylovida 2 ta nomzod ishtirok etgan takdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy ko&#8217;pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 2 tadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko&#8217;pining ovozini ololmagan bo&#8217;lsa, saylovchilarning ovozini eng ko&#8217;p olgan 2 nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to&#8217;g&#8217;risidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e&#8217;lon qilinadi. Saylangan Prezident O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda e&#8217;lon qilingan kundan e&#8217;tiboran kechi bilan 2 oy ichida Oliy Majlis yig&#8217;ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o&#8217;z lavozimiga kirishadi. Prezident quyidagicha qasamyod qiladi: &#8220;O&#8217;zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat&#8217;iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman&#8221;. O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidentiga, Konstitutsiyaga muvofiq keng va xilmaxil vakolatlar berilgan. Bu vakolatlar davlat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo&#8217;lib, mamlakat iqtisodiyoti va umuman jamiyat rivojlanishiga juda katta ta&#8217;sir o&#8217;tkazadi. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili; O&#8217;zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko&#8217;radi; mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O&#8217;zbekiston Respublikasi nomidan ish ko&#8217;radi. Prezident O&#8217;zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo&#8217;mondoni hisoblanadi. Qurolli kuchlarning oliy qo&#8217;mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Favqulodda vaziyatlar (Real, tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta&#8217;minlashni ko&#8217;zlab, mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini 3 kun ichida O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig&#8217;iga kiritadi. Prezidentning vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy boshpana berish, O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, afv etish to&#8217;g&#8217;risidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabi masalalarni hal etish kiritilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo&#8217;lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat boshlig&#8217;i sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. Prezidentning ijro etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan vakolatlari avvalo uning O&#8217;zbekiston hukumatini tuzishdagi ishtirokida ko&#8217;rinadi. Prezident O&#8217;zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan, O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a&#8217;zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; viloyat hokimlarini hamda Toshkent shahri hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdig&#8217;iga kiritadi. Prezident Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o&#8217;z sha&#8217;ni va qadr-qimmatiga dog&#8217; tushiradigan hatti-harakat sodir etgan hokimlarni o&#8217;z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqdi. U Respublika boshqaruvi organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to&#8217;xtatishi, bekor qilishi mumkin. Prezident qabul qiladigan hujjatlar &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi&#8221;da, shuningdek, respublika gazetalarida rasman e&#8217;lon qilinadi. Prezident o&#8217;z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to&#8217;lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo&#8217;lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug&#8217;ullanishi mumkin emas. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonun (2003 yil 25 aprel) bilan muhofaza etiladi. Prezidentning qonuniy faoliyatiga to&#8217;sqinlik qilinishiga, shuningdek, uning sha&#8217;ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilishiga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi va bunday harakatlar tegishli qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bo&#8217;lishi mumkin. Bu qoida iste&#8217;foga chiqqan Prezidentga nisbatan ham o&#8217;z kuchini saqlab qoladi. Prezident mehnatiga haq to&#8217;lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o&#8217;z vazifasini bajara olmasligi O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo&#8217;shma qaroriga ko&#8217;ra tuzilgan davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda 10 kun muddat ichida palatalarning qo&#8217;shma favqulodda yig&#8217;ilishida deputatlar, senatorlar orasidan 3 oygacha bo&#8217;lgan muddatga O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda 3 oy muddat ichida O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o&#8217;tkazilishi shart. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste&#8217;foga chiqqan Prezident umrbod Senat a&#8217;zosi lavozimini egallashi ko&#8217;zda tutilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti&#8221; deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo&#8217;lib, ularda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan O&#8217;zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga N.A.Karimov saylangan edi. &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonunga binoan, 1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri umumxalq Prezident saylovlari o&#8217;tkazildi. Bu saylovlar natijasida I.A.Karimov O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. O&#8217;zbekiston Respublikasinish Prezidenti samarali faoliyat yuritishni ta&#8217;minlash maqsadida Prezident devonini tuzadi, turli xizmat bo&#8217;linmalarini shakllantiradi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti oqsaroydagi qarorgohida faoliyat yuritadi. &#8220;Do&#8217;rmon&#8221; (Qibray tumani) qarorgohida turli xalqaro uchrashuvlar, oliy martabali mehmonlarni kutib olish marosimlari va boshqalar tadbirlar o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti devoni binosi \u2014 Toshkent shahrining Markaziy qismida, O&#8217;zbekiston shoh ko&#8217;chasi (Anhor bo&#8217;yi)da joylashgan (1964, me&#8217;morlar V. Berezin, A. Faynleyb, R. Bleze, S. Eshonxo&#8217;jaev va boshqalar; muhandis E.Lennishmidt va boshqalar). Asosiy bino 6 qavatli bo&#8217;lib, birinchi qavatga 900 o&#8217;rinli majlislar zali tutashgan. Bino aniq geometrik shakllardan foydalanilgani, nisbatlarning aniq va monumentalligi, badiiy ko&#8217;rkam va me&#8217;moriy jihatdan oddiyligi bilan ajralib turadi. Asosiy bino (uzunligi 94 metr) shimolga qaragan, 3 bo&#8217;lakdan iborat. Bino tarzidagi vertikal bo&#8217;linishlar, katta hajmdagi derazalar hamda asosiy kirish eshigi mutanosibligi binoga alohida ulug&#8217;vorlik baxsh etgan. Binoning Janub tomoni ham shu tarzda hal etilgan, unga quyosh nurini to&#8217;suvchi maxsus moslamalar ishlangan. Majlislar zali binosida vestibyul, foye, kutubxona, oshxona va boshqalar qo&#8217;shimcha xonalar mavjud; zalga asosiy binoning 2-qavatidagi maxsus yo&#8217;lakdan o&#8217;tiladi; binoning G&#8217;arb tomonidagi oynalar oldiga alyuminiy plastinka (asalari iniga o&#8217;xshash to&#8217;siq)lar qo&#8217;yilgan, Janub tomoni qabariq bloklardan tashkil topgan. Bino pardozida yuqori sifatli marmar plitalar, koshinlar, suvog&#8217;ida maydalangan marmar bo&#8217;lakchalar va boshqalar ishlatilgan; atrofidagi hudud ko&#8217;kalamzorlar, gulzorlar bilan so&#8217;lim maskanga aylantirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig&#8217;i. O&#8217;zbekistonda Prezidentlik lavozim sifatida 1990 yil 24 martda ta&#8217;sis etilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasining-prezidenti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-16516","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16516","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16516"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16516\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16517,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16516\/revisions\/16517"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16516"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16516"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16516"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}