{"id":16527,"date":"2022-02-04T09:26:02","date_gmt":"2022-02-04T06:26:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16527"},"modified":"2022-02-04T09:26:04","modified_gmt":"2022-02-04T06:26:04","slug":"beshbaliq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/beshbaliq\/","title":{"rendered":"BESHBALIQ"},"content":{"rendered":"\n<p>BESHBALIQ, Beshbalig&#8217; [turkiycha Beshshahar; xitoycha beytin (Shimoliy shahar)]\u2014Sharqiy Turkistondagi qadimgi shaharlardan (milodiy 1-14-asr 1-yarmi). Xitoydagi Szimus shahridan taxminan 10 kilometr shimoldagi Xupuszi qishlog&#8217;i yaqinida xarobalari saqlangan. Xitoy manbalariga ko&#8217;ra shahar qadimgi zamonlarda (milodiy 25-220 yillardagi Kichik Xan sulolasi hukmronligi davrida) mahalliy hokim qarorgohi \u2014 Kaganstupa bo&#8217;lib, 7-asrga kelib Szinman va beytin deb nomlangan; 658 yildan beytin Xitoyning mudofaa markazi bo&#8217;lib, uni boshqarish Xitoy noiblari, ba&#8217;zan turkiy xonlarga topshirilgan. 714 yil xitoylik Kug&#8217;yavol Mochjo xoqon o&#8217;g&#8217;li boshchiligidagi turkiy qabilalarning hujumini qaytargan; lekin, shu asrning oxiriga borib turkiylar va tibetliklar Beshbaliqda Xitoy hukmronligiga CHSK qo&#8217;yganlar. Beshbaliq uyg&#8217;urlar qo&#8217;liga o&#8217;tgan, 791 yil qarluqdar egallagan. Keyinchalik shahar yana uyg&#8217;ur hokimi qarorgohi sifatida tilga olinib, manbaga ko&#8217;ra, 982 yil Sun sulolasi elchisi Ban Yande Beshbaliq saroyida qabul qilingan. Elchining ma&#8217;lumotnomasiga ko&#8217;ra, Beshbaliqda budda ibodatxonasi (637 yil qurilgan) bo&#8217;lgan, aholi bog&#8217;dorchilik, miskarlik, zargarlik bilan shug&#8217;ullangan. &#8220;Hududulolam&#8221;AA B. Panjikat (&#8220;Besh shahar&#8221;) deb qayd etilib, to&#8217;qqiz o&#8217;g&#8217;uzlar qabila boshliqlarining yozgi qarorgog&#8217;i sifatida tavsif berilgan. Beshbaliq viloyati 13-asrboshida mo&#8217;g&#8217;ul istilochilari yo&#8217;lida uchragan eng dastlabki madaniy o&#8217;choqlardan biri bo&#8217;lgan. Bu paytda u Qoraxoja (hozirgi Turfan yaqinida) bilan birga uyg&#8217;ur xoqonligi markazi edi. Mo&#8217;g&#8217;ullar davlati paytida Beshbaliq gubernatori Mas&#8217;ud Yalavoch bo&#8217;lgan. 1275 yil Chig&#8217;atoy ulusi xonlarining hujumini qaytarishga erishgan, biroq keyinchalik 1331 yildagi Xitoy xaritasiga ko&#8217;ra, Beshbaliq va Qoraxoja Chig&#8217;atoy ulusi tarkibida bo&#8217;lgan. Shahar Chig&#8217;atoy ulusidagi o&#8217;zaro ichki urushlar natijasida vayron bo&#8217;lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BESHBALIQ, Beshbalig&#8217; [turkiycha Beshshahar; xitoycha beytin (Shimoliy shahar)]\u2014Sharqiy Turkistondagi qadimgi shaharlardan (milodiy 1-14-asr 1-yarmi). Xitoydagi Szimus shahridan taxminan 10 kilometr shimoldagi Xupuszi qishlog&#8217;i yaqinida xarobalari saqlangan. Xitoy manbalariga ko&#8217;ra shahar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/beshbaliq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16527","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16527","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16527"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16527\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16528,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16527\/revisions\/16528"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16527"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16527"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16527"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}