{"id":16712,"date":"2022-02-05T10:49:07","date_gmt":"2022-02-05T07:49:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16712"},"modified":"2022-02-05T10:49:08","modified_gmt":"2022-02-05T07:49:08","slug":"bilaguzuk","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bilaguzuk\/","title":{"rendered":"BILAGUZUK"},"content":{"rendered":"\n<p>BILAGUZUK \u2014 ayollarning bilakka taqadigan ziynat buyumi; keng tarqalgan qadimgi taqinchoqlardan. Oltin, kumush, mis va boshqa metallardan quyib (quyma Bilaguzuk), bolg&#8217;alab (yozma yoki yorma Bilaguzuk) ishlanadi, jilo beriladi, bosma, chizma, kandakori usulida islimiy, handasiy naqshlar bilan bezatiladi, qimmatbaho toshlar qadaladi, ba&#8217;zan bezakda yozuv (masalan, Arab yozuvi) ham uchraydi. Bilaguzuk ingichka va keng (qalin) shaklli bo&#8217;lib, tuzilishiga ko&#8217;ra ikki \u2014 ochiq (uchlari ochiq qolib tutashmagan) va berk (yaxlit, ikki tabaqali oshiqmoshikli) turi farqlanadi. O&#8217;zbekiston hududidan topilgan arxeologik qazilmalar Bilaguzukning juda qadimiyligini ko&#8217;rsatadi, ikki nayzani o&#8217;zaro aylantirib ishlangan ochiq Bilaguzuk ko&#8217;vlab topilgan. Bilaguzuk uchlari hayvon (masalan, ilon, buqa, baqa va boshqalar) boshi ko&#8217;rinishida bo&#8217;lgan, davrlar o&#8217;tishi bilan u o&#8217;zining dastlabki xususiyati (ilohiy ma&#8217;no) ni yo&#8217;qotib, faqat bezak vazifasini saklab qolgan. Berk Bilaguzuk yaxlit, ikki tabaqali (ochiladigan yoki egiluvchan oshiqmoshiqli qilib tayyorlangan, o&#8217;zaro ignaga o&#8217;xshash ustun \u2014 &#8220;kalitcha&#8221; bilan mahkamlangan, &#8220;kalitcha&#8221; Bilaguzukka kalta zanjir bilan biriktirilgan) yoki kichik tabaqa eshikchali qilib ishlangan. Bezaklari soddadan tortib to murakkab naqshli o&#8217;ta hashamdor, ba&#8217;zan tosh va shisha ko&#8217;zlar qadalgan. Xorazm Bilaguzugi quyma usulida quyuq gullar hosil kilib tayyorlangan, toshkentlik va buxorolik ustalar bezakda sir (emal) dan ham foydalangan. Munchoqli Bilaguzuk ham qadimdan mavjud bo&#8217;lgan. 19-asrda turli shaklli Bilaguzuklar tayyorlangan. Xorazmda yaxlit Bilaguzuk, Buxoro \u2014 Samarqandda shabaka \u2014 panjarali Bilaguzuk, Toshkent \u2014 Farg&#8217;ona vodiysida qoraytirib ishlangan o&#8217;yma naqshli yengil Bilaguzuk taqish rasm bo&#8217;lgan. Marjonlardan shoda qilib tayyorlangani &#8220;puncha&#8221; deb atalgan, odatda chaqaloq (so&#8217;rg&#8217;ichli Bilaguzuk) va ko\u2019zchalar bilagiga taqilgan. Bilaguzuk Toshkent zargarlik zavodida va xalq amaliy san&#8217;ati ustalari tomonidan tayyorlanadi. Dilera Faxretdinova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BILAGUZUK \u2014 ayollarning bilakka taqadigan ziynat buyumi; keng tarqalgan qadimgi taqinchoqlardan. Oltin, kumush, mis va boshqa metallardan quyib (quyma Bilaguzuk), bolg&#8217;alab (yozma yoki yorma Bilaguzuk) ishlanadi, jilo beriladi, bosma, chizma, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bilaguzuk\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16712","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16712","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16712"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16712\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16719,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16712\/revisions\/16719"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16712"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16712"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16712"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}