{"id":16793,"date":"2022-02-05T16:38:36","date_gmt":"2022-02-05T13:38:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16793"},"modified":"2022-02-05T16:38:50","modified_gmt":"2022-02-05T13:38:50","slug":"bingozi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bingozi\/","title":{"rendered":"BING&#8217;OZI"},"content":{"rendered":"\n<p>BING&#8217;OZI \u2014 Liviyadagi shahar va port, O&#8217;rta dengizning sidra qo&#8217;ltig&#8217;idagi qoyali burunning Janub chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi (1988). Xalqaro aeroport bor. Bing\u2019ozini miloddan avvalgi 446 yilda yunonlar Evxosperdes, rimliklar Berenike, o&#8217;rta asrlarda Bernik deb atagan. 1450 yilda arablar egallab, uni avliyo Sidi bin G&#8217;oziy nomi bilan Bing\u2019ozi deb atay boshladi. 1517 \u2014 1911 yillarda Bing\u2019ozi Usmonli turklar saltanati tarkibida bo&#8217;ldi. 1911 yil oktabrda Italiya qo&#8217;shinlari egalladi va 1942 yilgacha Italiyaning shimol Afrikadagi harbiy-dengiz bazasi bo&#8217;lib turdi. 2-jahon urushi davrida shahar qattiq shikastlandi. 1942 yildan Britaniyaning harbiy ma&#8217;muriyati markazi bo&#8217;lgan. 1949 yilda Liviyaning Kirenaika viloyatining markaziga aylantirildi. 1951 yil dekabrda Liviya podsholigining ikkinchi poytaxti deb e&#8217;lon qilindi. Shundan buyon Bing\u2019ozi Tripoli shahri bilan navbatma-navbat ikki yildan teng huquqli poytaxt bo&#8217;lib turdi. Bing\u2019ozida 1969 yil 1 sentabrgacha podsho qarorgohi bo&#8217;lgan. Bing\u2019ozida Tripolidagi chet el vakolatxonalari va missiyalarining filiallari bor. Bing\u2019ozi kattaligi va eksport va import hajmi jihatidan mamlakatda Tripoli shahridan keyin turadi (chetga teri xom ashyosi, jun chiqariladi). Liviyaning Tripoli \u2014 Tobruk avtomobil yo&#8217;lidagi muhim savdo va sanoat markazlaridan. Bing\u2019ozi dengiz, havo, avtomobil yo&#8217;llari orqali mamlakatning ichki rayonlari va xorijiy mamlakatlar bilan bog&#8217;langan. Metallurgiya, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Tsement va asfalt zavodlari bor. Zaytun moyi, meva suvlari, konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Dengizdan budut (dengiz hayvoni) va baliq ovlanadi. Bing\u2019ozi yaqinidan tuz qazib olinadi. Bing\u2019ozida Liviya universiteti, kollejlar, ilmiy, madaniy markazlar, dam olish va turistik majmualar, muzey, kinoteatr, mehmonxona, kutubxonalar bor. Kurort shahar. Bing\u2019ozining ko&#8217;hna qismida me&#8217;moriy yodgorliklardan jome ulkabir masjidi (16-asr) va boshqalar saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BING&#8217;OZI \u2014 Liviyadagi shahar va port, O&#8217;rta dengizning sidra qo&#8217;ltig&#8217;idagi qoyali burunning Janub chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi (1988). Xalqaro aeroport bor. Bing\u2019ozini miloddan avvalgi 446 yilda yunonlar Evxosperdes, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bingozi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16793","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16793","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16793"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16793\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16802,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16793\/revisions\/16802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16793"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16793"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16793"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}