{"id":16855,"date":"2022-02-05T19:51:35","date_gmt":"2022-02-05T16:51:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16855"},"modified":"2022-02-05T19:51:36","modified_gmt":"2022-02-05T16:51:36","slug":"biologik-mahsuldorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/biologik-mahsuldorlik\/","title":{"rendered":"BIOLOGIK MAHSULDORLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BIOLOGIK MAHSULDORLIK \u2014 ekosistemalarning o&#8217;z tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil bo&#8217;lishining muayyan izchilligini ta&#8217;minlash xususiyati. Ma&#8217;lum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, ya&#8217;ni biomassa Bilogik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Bilogik mahsuldorlikning moddiy-energetik asosini birlamchi mahsulot tashkil etadi. Ekosistemalarda ular tarkibiga kiruvchi, har xil usulda oziqlanadigan organizmlarning oziq zanjiri hosil qilishi tufayli moddalar aylanishi sodir bo&#8217;ladi. Birlamchi mahsulot (fitomassa)ni o&#8217;txo&#8217;r hayvonlar o&#8217;zlashtiradi, ular bilan esa oziq zanjirining keyingi pog&#8217;onasini tashkil etuvchi hayvonlar oziqlanadi. O&#8217;simlik qoldiqlari saprofag hayvonlar, saprofag bakteriyalar va zamburug\u2019lar (destruktorlar yoki redusientlar) uchun oziq bo&#8217;ladi. Bilogik mahsuldorlik moddalar biotik davriy aylanishining namoyon bo&#8217;lishi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Biologik sistemalarda energiya faqat bir marta ishlatiladi. Bu jihatdan u anorganik muhitdan tirik organizmlar tarkibiga cheksiz ko&#8217;p marta o&#8217;tadigan moddalardan farq qiladi. Ana shu sababdan oziq (trofik) zanjir bo&#8217;ylab energiya okimi kamayib boradi. Trofik zanjirning har bir zvenosida iste&#8217;mol qilingan oziqning bir qismi o&#8217;zlashtirilmasdan qoladi, o&#8217;zlashtirilgan oziqning bir qismi qo&#8217;shimcha mahsulot hosil qilishga, ko&#8217;proq qismi esa energiya almashinuviga sarf bo&#8217;ladi. Har bir keyingi trofik pog&#8217;onada undan oldingisiga nisbatan 5-10 marta kam mahsulot hosil bo&#8217;ladi. Oziq zanjiri qancha uzun bo&#8217;lsa, uning oxirgi Bilogik mahsuldorlik ham shuncha kam bo&#8217;ladi. Ekosistemalarda hosil bo&#8217;ladigan birlamchi mahsulot asosida ularning mahsuldorligi to&#8217;g&#8217;risida xulosa chiqariladi. Quruqlik yuzasining bir yillik mahsuloti quruq modda hisobida 179,5 milliard tonnaga teng, bu taxminan 70YU16 kkal ga ekvivalent bo&#8217;ladi. Okeanning birlamchi yillik mahsuldorligi taxminan 25-8010&#8243; kkal energiyaga ekvivalent bo&#8217;ladi. Foydalaniladigan yerlar (agrosenozlar) Bilogik mahsuldorlikni aniqlash, hosildorlikni prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiiy ekosistemalar Bilogik mahsuldorlikni o&#8217;rganish tabiiy biologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklanishini ta&#8217;minlash uchun zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIOLOGIK MAHSULDORLIK \u2014 ekosistemalarning o&#8217;z tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil bo&#8217;lishining muayyan izchilligini ta&#8217;minlash xususiyati. Ma&#8217;lum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, ya&#8217;ni biomassa Bilogik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Bilogik mahsuldorlikning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/biologik-mahsuldorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16855","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16855","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16855"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16855\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16864,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16855\/revisions\/16864"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16855"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16855"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16855"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}