{"id":16926,"date":"2022-02-06T19:20:34","date_gmt":"2022-02-06T16:20:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16926"},"modified":"2022-02-06T19:20:36","modified_gmt":"2022-02-06T16:20:36","slug":"biosfera","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/biosfera\/","title":{"rendered":"BIOSFERA"},"content":{"rendered":"\n<p>BIOSFERA (bio&#8230; va Yunoncha sphaira\u2014 shar) \u2014 yerning tirik organizmlar tarqalgan qobig&#8217;i. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bog&#8217;liq. Biosferani &#8220;hayot sohasi&#8221;, yerning sirtqi qobig&#8217;i to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. &#8220;Biosfera&#8221; terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera to&#8217;g&#8217;risidagi to&#8217;la-to&#8217;kis ta&#8217;limotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan. Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda bo&#8217;lgan qismi (20-25 kilometr), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani to&#8217;liq o&#8217;z ichiga oladi. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2-3 kilometr, okean tubida 1-2 kilometr chuqurlikkacha boradi. Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit o&#8217;zaro chambarchas bog&#8217;langan bir butun dinamik sistema\u2014biogeosenozlarni hosil qiladi. Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining o&#8217;rnini olib turgan bo&#8217;lsada, u yoki bu geokimyoviy funktsiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati o&#8217;zgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda yer qobig&#8217;ida to&#8217;planib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti bo&#8217;lgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni saqlab turadi. Inson faoliyati yer yuzini tubdan o&#8217;zgartirishga qodir bo&#8217;lgan hozirgi davrda Biosferaning rivojlanishi yangi pog&#8217;onaga ko&#8217;tarildi. So&#8217;nggi yillarda insonning Biosferaga biokimyoviy ta&#8217;siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishni Biosferaning rivojlanishi va funktsiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (masalan, o&#8217;rmonlarning kesilishi, yerlarning o&#8217;zlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sun&#8217;iy suv havzalari, yo&#8217;llar qurilishi va boshqalar) Biosferadagi biokimyoviy jarayonlarga katta ta&#8217;sir o&#8217;tkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilg&#8217;i yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, Biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Shu tufayli Biosferani bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni to&#8217;g&#8217;ri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot ekologiya, biosenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan juda ko&#8217;p o&#8217;ta murakkab muammolarni hal etishda katta ahamiyatta ega. Ad.: Vernadskiy V. I., Biosfera, M., 1967; Otaboev Sh. T., Nabiev Ch. N., Inson va biosfera, T., 1983; biosfera. Evolyutsiya, prostranstvo, vremya, M., 1988.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIOSFERA (bio&#8230; va Yunoncha sphaira\u2014 shar) \u2014 yerning tirik organizmlar tarqalgan qobig&#8217;i. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bog&#8217;liq. Biosferani &#8220;hayot sohasi&#8221;, yerning sirtqi qobig&#8217;i to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/biosfera\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16926","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16926","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16926"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16926\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16928,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16926\/revisions\/16928"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16926"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16926"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16926"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}