{"id":17047,"date":"2022-02-08T18:53:09","date_gmt":"2022-02-08T15:53:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17047"},"modified":"2022-02-08T18:53:11","modified_gmt":"2022-02-08T15:53:11","slug":"birinchi-yordam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/birinchi-yordam\/","title":{"rendered":"BIRINCHI YORDAM"},"content":{"rendered":"\n<p>BIRINCHI YORDAM \u2014 baxtsiz hodisalar ro&#8217;y berganda, kishi shikastlanganda yoki to&#8217;satdan kasal bo&#8217;lib qolganda uning hayotini saqlab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun ko&#8217;rsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam o&#8217;z-o&#8217;ziga yoki boshqalar tomonidan (o&#8217;zaro) ko&#8217;rsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini o&#8217;zi bog&#8217;lay olsa, zaharlanish alomati bo&#8217;lganida, masalan, ko&#8217;p suyuqlik ichib me&#8217;dani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, o&#8217;z-o&#8217;ziga Birinchi yordam ko&#8217;rsatishi mumkin. O&#8217;zaro Birinchi yordam odatda boshka kishi tomonidan ko&#8217;rsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, masalan, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam ko&#8217;rsatish zarur. Keyingi ko&#8217;rsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik to&#8217;g&#8217;ri ko&#8217;rsatilganligiga bog&#8217;liq. Masalan, suyak ochiq singanda bog&#8217;lov va shina (taxtakach)ning tez va to&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;yilishi, ko&#8217;pincha shok va boshqa og&#8217;ir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi. Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini o&#8217;z ichiga oladi: 1) tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan og&#8217;ir narsa va boshqalar) ta&#8217;sirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, o&#8217;t tushgan joydan olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam ko&#8217;rsatish; 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam to&#8217;satdan betob bo&#8217;lib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar ro&#8217;y berganida, albatta tez yordam chaqirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. To&#8217;g&#8217;ri Birinchi yordam ko&#8217;rsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori kugichada Birinchi yordam uchun zarur bo&#8217;lgan hamma narsalar bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIRINCHI YORDAM \u2014 baxtsiz hodisalar ro&#8217;y berganda, kishi shikastlanganda yoki to&#8217;satdan kasal bo&#8217;lib qolganda uning hayotini saqlab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun ko&#8217;rsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/birinchi-yordam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17047","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17047","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17047"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17047\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17050,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17047\/revisions\/17050"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17047"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17047"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17047"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}