{"id":17365,"date":"2022-02-12T13:52:55","date_gmt":"2022-02-12T10:52:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17365"},"modified":"2022-02-12T13:52:56","modified_gmt":"2022-02-12T10:52:56","slug":"bihar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bihar\/","title":{"rendered":"BIHAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BIHAR \u2014 Hindistonning shimoli sharqidagi shtat. Nepal bilan chegaradosh. Maydoni 174 ming kilometr kvadrat. Aholisi 86,3 million kishi (1990-yillar o&#8217;rtalari). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Patna shahri. Biharning shimoliy qismi Hindgang tekisligida, Janub esa Chxotanagpur tog&#8217;ligining Sharqiy qismida (1000 metrdan baland) joylashgan. Iqlimi tropik, musson iqpim. Qishi quruq, yozi seryog&#8217;in. O&#8217;rtacha yillik yog\u2019in 1000 millimetr. Tuprog&#8217;i shimolda allyuvial, Janubda qizil laterit tuproqlar. Tekislik qismi o&#8217;zlashtirilgan. Bambukzorlar uchraydi, tog&#8217;li rayonlarida aksariyat barg tashlovchi aralash tropik o&#8217;rmonlar (sal, albitsiya, akasiya va boshqalar) o\u2019sadi. Bihar asosan agrar shtat. Konchilik sanoati asosida og&#8217;ir sanoat ham rivojlangan. Hududining qariyb yarmi ekinzor, shundan bir qismi sug&#8217;oriladigan yerlar. Asosiy qishloq xo\u2019jalik ekini \u2014 sholi. Shuningdek makkajo&#8217;xori, bug&#8217;doy, arpa, tamaki va ko&#8217;knor, dukkakli va moyli ekinlar ham ekiladi. Bihar mamlakatda jut va kartoshka yetishtirishda salmoqli o&#8217;rin tutadi. Tekisliklarda shakarqamish ekiladi. Chorvachilikda ko&#8217;proq qoramol, shuningdek ish hayvoni sifatida foydalanish uchun buyvol (suv sigiri) boqiladi. O&#8217;rmon mahsulotlari va lok yig&#8217;iladi. Fabrika zavod ishchilarining aksariyati mashinasozlik, metallsozlik, kimyo sanoatida band. Shakarqand sanoati ham rivojlangan. Jut, ip gazlama fabrikalari, tamaki korxonalari bor. Ko&#8217;mir (Damodor havzasi), kokslanadigan kumir, temir va mis rudasi, slyuda, uran xom ashyosi, boksit qazib chiqariladi. Gandak va Kosi daryolarida gidrotexnika inshootlari, Bokaroda metallurgiya kombinati, Ranchida og&#8217;ir mashinasozlik zavodi qurilgan. Jamshedpurda metallurgiya kombinati, og&#8217;ir mashinasozlik korxonalari bor. Baraunida neft zavodi qurilgan. Bihar tarixiy viloyat, hind madaniyati va davlatchiligining muhim markazi. Miloddan avvalgi 6-asrda Biharning Jan.da Magadxa davlati vujudga kelgan. O&#8217;sha davrda Bihar iqtisodiy va madaniy jihatdan Hindistonning eng rivojlangan qismi sanalgan. Rivoyatlarga ko&#8217;ra buddizm va jaynizm o\u2019sha yerda paydo bo&#8217;lgan. 6-asrdan Bihar mustaqil siyosiy ahamiyatini yo&#8217;qota boshlagan. 12-asr oxirida Dehli sultonligi tarkibiga kiritilgan. 16\u2014 17-asrlarda Boburiylar davlati, 18-asrda Bengaliya davlati (navobligi) tarkibida bulgan. 1757-65 yillarda inglizlarning OstIndiya kompaniyasiga bo&#8217;ysungan. Ingliz mustamlaka hukmronligi davrida Bihar mamlakatning eng qoloq rayonlaridan biriga aylangan. 1911 yil provintsiya (viloyat) huquqini olgan. 1950 yildan Bihar Hindiston Respublikasining shtati.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIHAR \u2014 Hindistonning shimoli sharqidagi shtat. Nepal bilan chegaradosh. Maydoni 174 ming kilometr kvadrat. Aholisi 86,3 million kishi (1990-yillar o&#8217;rtalari). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Patna shahri. Biharning shimoliy qismi Hindgang tekisligida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bihar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17365","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17365","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17365"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17365\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17376,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17365\/revisions\/17376"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17365"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17365"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17365"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}