{"id":17467,"date":"2022-02-12T18:07:52","date_gmt":"2022-02-12T15:07:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17467"},"modified":"2022-02-12T18:07:53","modified_gmt":"2022-02-12T15:07:53","slug":"bobiylar-qozgolonlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bobiylar-qozgolonlari\/","title":{"rendered":"BOBIYLAR QO&#8217;ZG&#8217;OLONLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOBIYLAR QO&#8217;ZG&#8217;OLONLARI \u2014 Eronda shoh tuzumiga qarshi bo&#8217;lib o&#8217;tgan xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari (1848-52); bobiylik ta&#8217;sirida bo&#8217;lgani uchun Bobiylar qo\u2019zg\u2019olonlari deb atalgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon ishtirokchilari asosan dehqonlar, hunarmandlar, shahar kambag&#8217;allari va mayda savdogarlardan iborat bo&#8217;lgan. Unga past tabaqadagi ruhoniylar va bobiylik mazhabiga mansub savdogarlar vakillari boshchilik qilgan. Bobiylar qo\u2019zg\u2019olonlari Erondagi mavjud tuzumni abadiy baxtli hayot bilan almashtirishni ko&#8217;zda tutgan utopik xarakterdagi qo&#8217;zg&#8217;olon edi. Birinchi qo&#8217;zg&#8217;olon (1848 yil sentabr) Mozandaronda boshlandi. Mulla Muhammad Ali va Mulla Husayn yetakchiligidagi qo&#8217;zg&#8217;olonchilar (2 mingdan ortiq) Shayx Tabarsiy maqbarasi yaqinidagi qal&#8217;ani egallab, shohning muntazam qo&#8217;shiniga uzoq vaqt (1849 yil maygacha) Qarshilik ko&#8217;rsatdilar. Ammo, kuchlar teng bo&#8217;lmagani boisidan mag&#8217;lub bo&#8217;ldilar. Ikkinchi qo&#8217;zg&#8217;olon (1850 yil iyun\u2014 dek.) birinchisiga nisbatan ancha tartibli va kuchliroq bo&#8217;ldi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar asosan Zanjon shahri atrofidagi hunarmand va dehqonlardan iborat bo&#8217;lib, qo&#8217;zg&#8217;olonda hatto ayollar ham ishtirok etdi. Shunga qaramay, u 1850 yil oxirlarida bostirildi. Uchinchi qo&#8217;zg&#8217;olon (1850 yil iyun) Fors viloyatining Nayriz shahrida boshlanib, bir necha kun ichida bostirildi. Shundan so&#8217;ng bobiylar shohga qarshi suiqasd uyushtirdilar (1852 y.). Lekin shoh omon qolib, bobiylarni butunlay qirg&#8217;in qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOBIYLAR QO&#8217;ZG&#8217;OLONLARI \u2014 Eronda shoh tuzumiga qarshi bo&#8217;lib o&#8217;tgan xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari (1848-52); bobiylik ta&#8217;sirida bo&#8217;lgani uchun Bobiylar qo\u2019zg\u2019olonlari deb atalgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon ishtirokchilari asosan dehqonlar, hunarmandlar, shahar kambag&#8217;allari va mayda savdogarlardan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bobiylar-qozgolonlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17467","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17467","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17467"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17467\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17471,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17467\/revisions\/17471"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17467"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17467"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17467"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}