{"id":17553,"date":"2022-02-14T15:53:52","date_gmt":"2022-02-14T12:53:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17553"},"modified":"2022-02-14T15:53:56","modified_gmt":"2022-02-14T12:53:56","slug":"ozbekiston-qishloq-xojaligi-ilmiy-ishlab-chiqarish-markazi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-qishloq-xojaligi-ilmiy-ishlab-chiqarish-markazi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON QISHLOQ XO&#8217;JALIGI ILMIY-ISHLAB CHIQARISH MARKAZI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON QISHLOQ XO&#8217;JALIGI ILMIY-ISHLAB CHIQARISH MARKAZI, O&#8217;zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi huzuridagi O&#8217;zbekiston qishloq xo&#8217;jaligi ilmiyishlab chiqarish markazi \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasida qishloq xo\u2019jalik, suv hamda o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi bo&#8217;yicha ilmiy tekshirish ishlari olib bora- digan oliy ilmiy muassasa. 1997 yil 12 martda O&#8217;zbekiston qishloq xo&#8217;jaligi Fanlari Akademiyasi (1991) negizida O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan. 1997 yil 3 noyabrda O&#8217;zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi tasarrufiga o&#8217;tkazilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Tarkibida 17 ilmiy tekshirish muassasasi, jumladan, paxtachilik; g&#8217;o&#8217;za selektsiyasi va urug&#8217;chiligi; qishloq xo&#8217;jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish; o&#8217;simlikshunoslik; sug&#8217;oriladigan yerlarda g&#8217;alla va dukkakli o&#8217;simliklar; o&#8217;simliklarni himoya qilish; veterinariya; chorvachilik; qoraqo&#8217;lchilik va cho&#8217;l ekologiyasi; sholichilik; bog&#8217;dorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; bozor islohotlari ilmiy tekshirish institutlari, lub tolali ekinlar tajriba stansiyasi; Qoraqalpog&#8217;iston dehqonchilik instituti bor; Respublikaning viloyatlarida markazning bo&#8217;limlari tuzilgan. Markazning ilmiy ishlari uchun Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va barcha viloyatlarda turli toifadagi 45 xo&#8217;jalik birkitilgan bo&#8217;lib, ularning umumiy ekin maydoni 104 ming gektardan ortiq, shundan 6 ming ga bog&#8217; va uzumzor, 41 ming gektar sug&#8217;oriladigan yerlarda ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi (2005). Markaz O&#8217;zbekiston va jahon fani hamda amaliyotining ilg&#8217;or yutuqlaridan foydalangan holda Respublika agrosanoat majmuining eng muhim muammolari bo&#8217;yicha ilmiy texnikalarni tashkil etadi, ularning natijalarini qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishiga joriy etadi; davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda dehqonchilikda hosildorlik, chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, qishloq xo\u2019jalikni intensivlash, ekinlarning yangi serhosil navlarini yaratish va rayonlashtirish, zamonaviy texnologiyalarning ilmiy asoslangan tizimi dasturlarini tayyorlaydi; yaratilgan ilmiy va texnik ishlanmalarning dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya, o&#8217;rmon xo&#8217;jaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi; qishloq xo\u2019jalikni tashkil etish va yuritishning jahon tajribasini o&#8217;rganadi; xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi; o&#8217;z tasarrufidagi ilmiy xodimlarning chet ellarda va ilmiy muassasalarda malaka oshirishini tashkil etadi; yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari, fan nomzodlari) tayyorlaydi. Markazda ilmiy-texnika kengashi va Rayosat tashkil etilgan. Markaz huzurida falsafa va chet tillar kafedrasi, Aspirantura bo&#8217;limi, Markaziy ilmiy kutubxona bor. Markazning ilmiy tekshirish muassasalarida 1200 ga yaqin ilmiy xodim, jumladan, 68 fan doktori va 521 fan nomzodi ishladi (2005). Markaz jahondagi qishloq xo\u2019jalik yo&#8217;nalishidagi xalqaro qishloq xo&#8217;jaligi ilmiy markazi (IKARDA), xalqaro sholichilik (IRRI), Xalqaro kartoshka tadqiqotlari (SIP), Xalqaro suv xo&#8217;jaligi (IVMI), xalqaro makkajo&#8217;xorikorlik (SIMMIT), Xalqaro genetik manbalar (IPGRI) va boshqalar markazlar, Yaponiya, AQSh, Koreya, Hindiston qishloq xo\u2019jalik tadqiqotlari agentliklari bilan ilmiy aloqalar o&#8217;rnatgan. Abdushukur Xonazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON QISHLOQ XO&#8217;JALIGI ILMIY-ISHLAB CHIQARISH MARKAZI, O&#8217;zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi huzuridagi O&#8217;zbekiston qishloq xo&#8217;jaligi ilmiyishlab chiqarish markazi \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasida qishloq xo\u2019jalik, suv hamda o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi bo&#8217;yicha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-qishloq-xojaligi-ilmiy-ishlab-chiqarish-markazi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17553","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17553","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17553"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17553\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17554,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17553\/revisions\/17554"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17553"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17553"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17553"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}