{"id":17555,"date":"2022-02-15T14:33:33","date_gmt":"2022-02-15T11:33:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17555"},"modified":"2022-02-15T14:33:34","modified_gmt":"2022-02-15T11:33:34","slug":"ozbekiston-qogirchoq-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-qogirchoq-teatri\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON QO&#8217;G&#8217;IRCHOQ TEATRI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON QO&#8217;G&#8217;IRCHOQ TEATRI, Respublika qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri \u2014 respublika maqomidagi etakchi davlat qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri. Rasman o&#8217;z faoliyatini 1939 yil noyabr oyidan boshlagan. Ungacha Xalq qo&#8217;g&#8217;irchoqbozi Po&#8217;latjon Doniyorov rahbarligida kichik truppa tashkil topgan. 1937 yil Po&#8217;latjon Doniyorov, Tillaxon Matyoqubov, G&#8217;afurjon Mirzarahimov va Mirzakarim G&#8217;afurov kabi qo&#8217;qonlik qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlar bilan hamkorlikda S. Abdullaning &#8220;Saltanat&#8221; pyesasini sahnalashtirib, Moskvada o&#8217;tgan o&#8217;zbek san&#8217;ati dekadasida ko&#8217;rsatgan. Davlat qo&#8217;g&#8217;irchoq teatriga asos solgan P. Doniyorov, S.A. Urazova, E.G.Podgurskayalar o&#8217;zbek xalq qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri an&#8217;analari va rus qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri tajribalariga suyanganlar. Jamoa o&#8217;z ishini bolalar teatri sifatida boshlagan bo&#8217;lsada, 2-jahon urushi davrida katta yoshdagi tomoshabinlarga ham xizmat qilgan. Vatanparvarlik mavzuidagi kontsert va parodiyalar qatorida &#8220;Davron&#8221; (A.Bobojonov), &#8220;Nasriddinning sarguzashtlari&#8221; (Yu. Arbat), &#8220;Ali kichkina&#8221; (G&#8217;ayratiy), &#8220;Sirli o&#8217;rmon&#8221; (E.Shvars), &#8220;Ur, to&#8217;qmoq&#8221; (S.Preobrajenskiy) kabi xalq ommasining kuchqudrati, hayotbaxshlikni targ&#8217;ib etuvchi spektakllar yaratildi. Teatr asta-sekin o&#8217;zbek mualliflari bilan ishlashga ham e&#8217;tibor kuchaytira bordi. 50-yillarda yaratilgan &#8220;O&#8217;rmonda&#8221; (G&#8217;ayratiy), &#8220;Sehrli quticha&#8221; (R.Botirov, A.Lelyavskiy), &#8220;Ziyod Botir&#8221; (N. Habibullayev), &#8220;To&#8217;ti va Qumri&#8221; (M.Muhamedov), &#8220;O&#8217;rmondagi hodisa&#8221; (S.Abduqahhor) kabi spektakllar shu hamkorlik samarasidir. Ayniqsa, &#8220;Aldarko&#8217;sa&#8221; spektakli e&#8217;tiborli bo&#8217;ldi. Jamoa spektakllardagi uyg&#8217;unlik, qo&#8217;g&#8217;irchoq yasash va ularni o&#8217;ynatish uslubini mukammallashtirish masalasiga ko&#8217;proq e&#8217;tibor bera boshlaydi. Teatr &#8220;Rahim va qo&#8217;ng&#8217;iz&#8221; (A.Boboxonov, A. Qobulov), &#8220;Alijon va Valijon&#8221; (S. Abduqahhor), &#8220;Temir bola&#8221; (Yo.Xo&#8217;jaev) va boshqalar spektakllar bilan boyidi. 1969 yil 15-20 sentyabrda O&#8217;rta Osiyoning Toshkentda o&#8217;tkazilgan 1-festivalida teatr &#8220;Semurg'&#8221; (Zulfiya va S.Somova), &#8220;Qoyil, Chiyovjon&#8221; (E.Chepoveskiy) spektakllari bilan qatnashib yaxshi baho oladi. &#8220;Qirol tiktak&#8221; (E. Xo&#8217;jayev), &#8220;Fotimaning sarguzashtlari&#8221; (N. Habibullayev), &#8220;Dangasaning holi voy&#8221; (L. Mahmudov), &#8220;Ovdagi hodisa&#8221; (X.Rahmatullayev va T.Mahramov) kabi spektakllar teatr izlanishlarining samarasi bo&#8217;ldi. 1966 yil teatr qoshida 2 yillik teatr-studiya tashkil etilgan; uni tugatganlar Andijon qo&#8217;g&#8217;irchoq teatriga asos solganlar. O&#8217;z yutuqlarini birma (1972), Pokiston (1975) va Hindistonda (1977) namoyish etgan. 1976 yil Moskvada 8 ta spektakl ko&#8217;rsatgan. 1979 yil 25 oktyabrda teatr muhtasham zamonaviy binoga ko&#8217;chdi. Bino &#8220;Oygul va Baxtiyor&#8221; (H.Olimjon dostoni, Zulfiya va S.Somova instsenirovkasi) spektakli bilan ochildi va shu yili Osiyo mamlakatlari qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrlarining 1-xalqaro festivali bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Festivalda qo&#8217;girchoqboz S. Obraztsov ham qatnashdi. 80-yillar bosh rejiisyor I.Yoqubov, bosh rassom V. Akudin, qo&#8217;g&#8217;irchoq yasovchi ustalar V.Sagadaeva, S.Strashnov rahbarligi hamda M.G&#8217;ulomova, T.Mahramov, T.Rahmonberdiyev, M.Bobojonov, V.Kalyadin, V.Borisov kabi aktyorlar ishtirokida &#8220;Kul, kulaver, Oyxon&#8221; (Hamzaning &#8220;Maysaraning ishi&#8221; asari asosida), &#8220;Semurg&#8217; \u2014 baxt qushi&#8221; (Zulfiya, S.Somova), &#8220;Kenja qiz&#8221; (M.Xalil), &#8220;Sehrli kiyik&#8221; (A.Qobulov), &#8220;O&#8217;tkir shohli buzoqcha&#8221; (R.Farhodiy), &#8220;Temirchi va Malika haqida ertak&#8221; (Isfandiyor) kabi rang-barang ertak spektakllar maydonga keldi. Teatr kattalar uchun ham &#8220;Xoakin Murettaning yulduzi va o&#8217;limi&#8221; (Pablo Neruda poemasi asosida), &#8220;Kachal polvon qildi jang \u2014 fashist xoli bo&#8217;ldi tang&#8221; (N.Ro&#8217;zimuhamedov), &#8220;Agent 00&#8221; (G.Borovik) kabi asarlarni sahnalashtirdi. 1988 yil Hindiston bo&#8217;ylab ingliz va hindiy tillarida &#8220;Sehrli to&#8217;rqovoq&#8221; (Ya.Xaimov), &#8220;Fotimaning sarguzashtlari&#8221; (N.Habibullayev), &#8220;Senimi, bo&#8217;ri, Shoshmay tur!&#8221;(L.Xayt) spektakllarini namoyish etdi. &#8220;Paxtaoy&#8221; (V.Borisov), &#8220;Nasriddinning 41 pashshasi&#8221; (Z.A&#8217;lam), &#8220;Sehrli harflar oroli&#8221; (H.Imomberdiyev) kabi yangi spektakllar sahnalashtirildi. Mustaqillikdan so&#8217;ng teatr yangi ijtimoiy sharoitda bolalarga xizmat qilishdan tashqari mamlakatimizda boshqa endi shakllana boshlagan qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrlariga yaqindan yordam berdi. &#8220;Karvonsaroy&#8221; (I. Lukyanova), &#8220;Ur, to&#8217;qmoq&#8221; (S.Preobrajenskiy), &#8220;Baxt axtargan Hasan&#8221; (E.Speranskiy), &#8220;Chodir Jamol&#8221; (Sh.Yusupov), &#8220;No&#8217;xot bola&#8221; (H. Imomberdiyev), &#8220;Issumbosi&#8221; (yapon ertagi asosida N. Normatov va Sh.Yusupov pyesasi) va boshqalar spektakllar an&#8217;anaviy teatr vositalari asosida yaratildi. &#8220;Alpomish&#8221; dostonining 1000 yilligiga bag&#8217;ishlangan &#8220;Qanotli odamlar&#8221; (N.To&#8217;laxo&#8217;jayev), Navoiy yubileyiga atab &#8220;Lison ut-tayr&#8221; (X.Rasul), &#8220;Shum bolaning sarguzashtlari&#8221; va &#8220;Yana Andersen&#8221; (G&#8217;.G&#8217;ulom va G.Andersen asarlari asosida) va boshqalar \u2014 keyingi yillar mahsuli. Samarqand festivali (1991, 2000), shuningdek,Turkiya (1994), Pokiston (1994, 1996, 2004) va Misrda (2004) o&#8217;tgan xalqaro festivallarda, AQSh, Germaniya, Rossiya va boshqalar mamlakatlarda o&#8217;zining eng sara asarlarini namoyish etdi. Teatr 2 til (o&#8217;zbek, rus) da ijod qiladi. Jamoa unima (xalqaro qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrlari Ittifoqi)ning a&#8217;zosi. Qo&#8217;g&#8217;irchoq ustalaridan V.Sagadaeva, L. Yureva, N.Mirzaahmedova, butafor \u2014 R.Ibrohimova, aktyorlardan O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist M. Egamnazarova, K.Jabborova, E.Mirzohidov, R.Dehqonboyev, G.Xoroshovtseva, V.Yusupova, N.Ustyukina, G.Borodin, rejissyor D.Yo&#8217;ldosheva kabilarning xizmatlari alohida. Teatrning bosh rejissyori \u2014 Maryam Ashurova, bosh rassom \u2014 M.Ivanyan. Muhsin Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON QO&#8217;G&#8217;IRCHOQ TEATRI, Respublika qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri \u2014 respublika maqomidagi etakchi davlat qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri. Rasman o&#8217;z faoliyatini 1939 yil noyabr oyidan boshlagan. Ungacha Xalq qo&#8217;g&#8217;irchoqbozi Po&#8217;latjon Doniyorov rahbarligida kichik truppa tashkil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-qogirchoq-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17555","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17555","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17555"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17556,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17555\/revisions\/17556"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}