{"id":17563,"date":"2022-02-15T15:11:09","date_gmt":"2022-02-15T12:11:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17563"},"modified":"2022-02-15T15:11:12","modified_gmt":"2022-02-15T12:11:12","slug":"ozbeklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbeklar\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKLAR \u2014 xalq, O&#8217;zbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. O&#8217;zbeklar nafaqat O&#8217;zbekiston, balki O&#8217;rta Osiyodagi eng ko&#8217;p sonli xalqdir. O&#8217;zbekistonda (20 million 800 ming kishi, 2005), Tojikistonda (1,2 milliondan ziyod), Qirg&#8217;izistonda (550-600 ming kishi), Qozog&#8217;istonda (320-330 ming kishi),Turkmanistonda (320-330 ming kishi) yashaydi. Bundan tashqari, Afg&#8217;onistonda (2,5 milliondan 4 milliongacha), Rossiya Federatsiyada (taxminan 123 ming kishi, 2002), Saudiya Arabistonida (550-600 ming kishi), Xitoy Xalq Respublikasida (13,7 ming kishi, 1998 yil) Turkiya, Germaniya, AQShda ham O&#8217;zbeklar yashaydi. O&#8217;zbeklarning umumiy soni 25 milliondan ortiq (2000). O&#8217;zbeklar o&#8217;zbek tilida so&#8217;zlashadilar. Dindorlari \u2014 sunniy musulmonlar. O&#8217;zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo&#8217;lib, O&#8217;rta Osiyoning Markaziy viloyatlari \u2014 Movarounnahrda, Xorazmda, Yettisuvda, qisman Sharqiy Turkistonning g&#8217;arbiy mintaqalarida shakllangan. O&#8217;zbek xalqining asosini hozirgi O&#8217;zbekiston hududida qadimdan o&#8217;troq yashab, sug&#8217;orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug&#8217;ullanib kelgan mahalliy sug&#8217;diylar, baxtariylar, xorazmiylar, farg&#8217;onaliklar, yarim chorvador qang&#8217;lilar, ko&#8217;chmanchi sakmassaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo&#8217;ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham O&#8217;zbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan ma&#8217;lum. Keyingi yillarda O&#8217;zbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;ida so&#8217;nggi jez davridayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir bo&#8217;lganligi va assimilyatsiya jarayoni natijasida antik davrga kelib, o&#8217;troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda o&#8217;zbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Ma&#8217;lumki, miloddan avvalgi 3-asrda Sirdaryoning o&#8217;rta oqimida turkiy va sug&#8217;diylar Ittifoqi asosida Qang&#8217; davlati tashkil topgan edi. Qang&#8217; davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o&#8217;ziga xos uyg&#8217;unlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning ta&#8217;kidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, O&#8217;rta Osiyo ikki daryo oralig&#8217;i antropologik tipi (qiyofasi) to&#8217;liq shakllangan. O&#8217;zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar Kushonlar hamda milodiy 4-5 asrlarda O&#8217;rta Osiyoning Markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung&#8217;oriyadan, Sharqiy Turkistondan siljigan Xioniylar, kidariylar va eftaliylarsir. Shuningdek, O&#8217;zbeklar etnogeneziga faol ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan turkiy etnik komponentlar asosan Turk xoqonligi (6-8-asrlar) davrida O&#8217;rta Osiyoning Markaziy mintaqalari (Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Farg&#8217;ona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, ma&#8217;lum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi o&#8217;troqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi o&#8217;rtasidagi etnik-madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta ta&#8217;sir o&#8217;tkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniyxo&#8217;jalik an&#8217;analari bilan jadal uyg&#8217;unlashuvi yuz berdi. Bu davr turkey-sug&#8217;diy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri bo&#8217;lgan. 8-asrdan Arab va Ajam (Arab bo&#8217;lmagan Yaqin va O&#8217;rta Sharq) xalqlarining O&#8217;rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta&#8217;sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma&#8217;lum bir o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lgan bo&#8217;lsada, Movarounnahrdagi o&#8217;troq va yarimo&#8217;troq turkiyzabon aholi, sug&#8217;diylar va Xorazmning tub erli aholisi o&#8217;z hududlarida qolib, arablar (7-8-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, 9-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, o&#8217;z navbatida, sug&#8217;diylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, 9-10-asrlarda tig&#8217;iz etnogenetik jarayon natijasida ko&#8217;plab turkiy qabila va elatlarning o&#8217;troq hayotga o&#8217;tishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolda, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo&#8217;lgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat ko&#8217;pchiligini o&#8217;troqlashgan turg&#8217;un turkiy etnoslar tashkil qilgan. Qoraxoniylar davrida (11 \u201412-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o&#8217;tishi munosabati bilan o&#8217;zbek xalqi etnogenezining yaquniy bosqichi boshlandi. G&#8217;arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi O&#8217;zbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda o&#8217;zbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik o&#8217;zlikni anglash, etnosning uyushqoqligi ma&#8217;lum bir davlat doirasida bo&#8217;lishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda O&#8217;zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yag&#8217;mo, tuxsi, xalach, arg&#8217;in, o&#8217;g&#8217;uz, qipchoq, uz, qang&#8217;li singari urug&#8217;lar o&#8217;zlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 \u2014 12-asrning 1-yarmida O&#8217;zbeklar xalq sifatida shakllangan. 13-asr boshlarida Chingizxon istilosi davrida mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shinlari tarkibida ko&#8217;p sonli turkiy etnoslar ham kirib keldi. 15-asrga qadar esa ushbu etnoslarning deyarli ko&#8217;p qismida mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni sodir bo&#8217;ldi va ular shakllangan o&#8217;zbek elatining keyingi taraqqiyotida ma\u2019lum darajada iz qoldirdilar. Chig&#8217;atoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va Temuriylar davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashib, bu til ilmiy adabiyotlarda &#8220;Turkiy&#8221; yoki &#8220;Chig&#8217;atoy turk&#8221; tili deb nomlangan. Ayniqsa, taraqqiy etgan o&#8217;zbek adabiy tili Alisher Navoiy davrida eng yuqori nuqtaga ko&#8217;tarildi. Ammo xalqning jonli tili ko&#8217;p dialektli bo&#8217;lib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva \u2014 qarluq, qipchoq va o&#8217;g&#8217;uz dialektlari asos bo&#8217;lgan. Ma&#8217;lumki, shakllangan o&#8217;zbek elatining Amir Temur va Temuriylar davridagi etnik tarixi va etnomadaniy taraqqiyotiga barlos, jaloyir, qavchin, arlot, qipchoq kabi etnik guruhlar ham faol ta&#8217;sir qilgan. O&#8217;zbeklar etnik tarixida 15-asr oxiri 16-asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda O&#8217;rta Osiyoga Mang&#8217;it, Qo&#8217;ng&#8217;irot, Nayman, uyg&#8217;ur, saroy, qatag&#8217;on, Qushchi, Do&#8217;rmon, kenagas, qirq, yuz, ming, bahrin va boshqalar Dashti Qipchoq o&#8217;zbek etnik guruhlarining navbatdagi to&#8217;lqini kirib keldi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan. Dashti Qipchoqdan 2 daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oralig&#8217;i va Xorazmga kelib o&#8217;rnashgan etnik guruhlar &#8220;o&#8217;zbek&#8221; nomi ostida mahalliy aholi etnik rang-barangligini birmuncha ko&#8217;paytirgan bo&#8217;lsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan o&#8217;zgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan o&#8217;zbek xalqining tarkibiga kelib qo&#8217;shilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, an&#8217;analariga, madaniyatiga, xo&#8217;jalik faoliyatiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan. Ayniqsa, Zarafshon vodiysi va O&#8217;zbekistonning Janub mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchli seziladi. Mahalliy aholiga ular &#8220;o&#8217;zbek&#8221; nomini berishgan va bu nom Movarounnahr va unga qo&#8217;shni viloyatlar aholisi uchun rasmiy ravishda umumiy nom bo&#8217;lib qolgan. O&#8217;z o&#8217;rnida aytib o&#8217;tish lozimki, o&#8217;zbek etnonimining kelib chiqishi bo&#8217;yicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelo) Dashti Qipchoqda ko&#8217;chib yurgan turkmo&#8217;g&#8217;ul qabilalarining bir qismi o&#8217;zlarini erkin tutganliklari sababli &#8220;o&#8217;zbek&#8221;, ya&#8217;ni &#8220;o&#8217;z-o&#8217;ziga bek&#8221; deb atagan desalar, boshqalar (P.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, xilda Xrsxem) &#8220;o&#8217;zbek&#8221; etnonimini Oltin O&#8217;rda xoni O&#8217;zbekxon (14-asr) nomi bilan bog&#8217;laydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigorev, A.A. Semyonov va B. Ahmedovlar) o&#8217;zbek nomi oq O&#8217;rda (Dashti Qipchoqning Sharqiy qismi)da ko&#8217;chib yurgan turkmo&#8217;g&#8217;ul qabilalariga taalluqli bo&#8217;lgan degan fikrni bildiradilar. Temuriylar saltanati o&#8217;rnida dastlab 16-asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva xonliklari, 18-asr boshlaridan Qo&#8217;qon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan bo&#8217;lsada, bu holat o&#8217;zbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar bo&#8217;lishiga qaramasdan 3 davlat tarkibidagi aholi o&#8217;zaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada bo&#8217;lib kelganlar. Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 o&#8217;zbek urug&#8217;lari nafaqat O&#8217;zbekiston hududida, balki butun O&#8217;rta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 o&#8217;zbek urug&#8217;lariga mo&#8217;g&#8217;ullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda Shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi. Shuningdek, O&#8217;rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chig&#8217;il, yag&#8217;mo, usun, tuxsi, Xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham 92 o&#8217;zbek elati tarkibiga kirgan. O&#8217;rta Osiyo xalqlarining 19-asr 2-yarmi \u2014 20-asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bog&#8217;liq. Keyinchalik mintaqada Sovet hokimiyatining o&#8217;rnatilishi bilan O&#8217;rta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish o&#8217;tkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Shu bilan shakllangan elatlar taraqqiy etayotgan tarixiy makon sun&#8217;iy ravishda bo&#8217;lib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimilyatsiya, konsolidatsiya jarayonlariga jiddiy ta&#8217;sir o&#8217;tkazilishi va keyinchalik &#8220;sovet xalqi&#8221; nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyani amalga oshirilishi borasidagi olib borilgan siyosat ham O&#8217;zbeklarning milliy-etnik qiyofasiga, mentalitetiga raxna sola olmadi. O&#8217;zbek xalqining rivojlanish jarayoni O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgan sanadan boshlab yangicha mazmun kasb etdi. Tarixiy tomirlaridan kuch olgan o&#8217;zbek milliy madaniyati, tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi o&#8217;ziga xos uyg&#8217;onish va yangilanish padlasiga qadam qo&#8217;ydi. O&#8217;zbeklarning moddiy va ma&#8217;naviy madaniyati o&#8217;ziga xos va boydir. Uning eng yaxshi tomonlari an&#8217;anaga aylanib, hozirgacha saqlanib kelmoqda. O&#8217;zbeklarning qadimiy ajdodlari tabiiy sharoitdan kelib chiqib sug&#8217;orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik kabi o&#8217;ziga xos xo&#8217;jalik-madaniy tiplarni yaratganlar. Xo&#8217;jalik-madaniy tiplarning ushbu yo&#8217;nalishlari, o&#8217;z navbatida, tevarak-atrofdagi tabiiy muhit bilangina emas, balki muayyan etnoslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji darajasi bilan ham belgilanadi. O&#8217;zbeklarning ko&#8217;pqirrali dehqonchilik an&#8217;analari asrlar osha to&#8217;plangan tajribaga tayanadi. Dehqonchilik \u2014 O&#8217;zbeklarning qadimiy mashg&#8217;ulotlaridan biridir. Ming yillar davomida dehqonchilik xo&#8217;jaligini yuritish borasida ko&#8217;plab tajriba va usullar hamda fenologik (o&#8217;simliklar va hayvonot dunyosidagi mavsumiy o&#8217;zgarishlar) kuzatishlar to&#8217;plangan. Dehqonchilik borasidagi tajribalari uzluksiz holda ajdodlardan avlodlarga o&#8217;tib bordi. Yog&#8217;ingarchilikning kam bo&#8217;lishi, issiq havo iqlimi O&#8217;zbekiston hududida murakkab sug&#8217;orish tizimi vositasida mahsuldor sug&#8217;orma dehqonchilikning keng tarqalishiga olib keldi. Ilmiy tadqiqotlardan ko&#8217;rinadiki, sug&#8217;orma dehqonchilik miloddan avvalgi 3-asrda Xorazm, Zarafshon vohalari hamda Farg&#8217;ona vodiysida magistral kanallar qurish, har xil suv bog&#8217;lash, taqsimlash va suv chiqarish inshootlarini barpo qilish orqali rivojlangan. O&#8217;zbek dehqonlari arpa, bug&#8217;doy, tariq, no&#8217;xat, yasmiq, sabzi, paxta, bodom, o&#8217;rik, zig&#8217;irpoya, bug&#8217;doy kabi ziroatchilik mahsulotlarini qadimdanoq yetishtirganlar. Sug&#8217;orma dehqonchilik xo&#8217;jaliklari, asosan, qadimiy vohalarda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent vohalarida, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarida, Farg&#8217;ona vodiysida joylashgan. Toshkent vohasi, Farg&#8217;ona va Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo tog&#8217; etagi mintaqasida, asosan, bahorgi ekinlar yetishtirilgan. Mahalliy dehqonlar madaniyetnik an&#8217;analar asosida dalachilik, polizchilik va bog&#8217;dorchilik sohalarida turli usul va yo&#8217;llarni ishlab chiqqanlar. Ko&#8217;p asrlar davomida turli chorvador etnik guruhlarning o&#8217;troqlashuvi natijasida ular mahalliy aholidan dehqonchilik tajribalarini o&#8217;zlashtirdilar va o&#8217;zlarining etnik va madaniy xo&#8217;jalik xususiyatlari bilan o&#8217;ziga xos tarzda dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanganlar. Shu asosda dehqonchilikning 2 turini ajratib ko&#8217;rsatish mumkin: sun&#8217;iy sug&#8217;orishga asoslangan intensiv dehqonchilik xo&#8217;jaligi; asosan, chorvachilik bilan qo&#8217;shib olib boriluvchi ekstensiv lalmikor dehqonchilik xo&#8217;jaligi. O&#8217;zbeklar xo&#8217;jalik faoliyatining asosiy va qadimiy turlaridan biri \u2014 chorvachilikdir. Boshqa mintaqalar aholisining chorvachiligi bilan ko&#8217;pgina o&#8217;xshash jihatlari bo&#8217;lsada, o&#8217;zbek etnik guruhlarining har birida uy hayvonlarini boqishda o&#8217;ziga xos usul va jihatlari bo&#8217;lgan. Shu bilan birgalikda, hatto bir elat istiqomat qiladigan hududda ham chorvachilik xo&#8217;jaligini yuritishdagi tabiiygeografik sharoitlardan kelib chiqib hamda qo&#8217;shni xalqlarning ta&#8217;siri yoki ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida xilma-xil usullardan foydalanganlar. Odatda, o&#8217;troq aholida chorva boqish qo&#8217;ra yoki qo&#8217;rayaylov tizimi, yarim o&#8217;troq aholida haydovyaylov tizimi, ko&#8217;chmanchi aholida haydov tizimi ustun turgan. O&#8217;zbeklar uchun 20-asr boshlariga qadar chorvachilikning qo&#8217;rayaylov va haydovyaylov tizimi ustuvor bo&#8217;lgan. Qo&#8217;y, echki va boshqalar chorva hayvonlari chorvachilik xo&#8217;jaligining asosini tashkil qilgan. O&#8217;zbek chorvachiligida qo&#8217;ylarning &#8220;Hisori&#8221;, &#8220;Qorako&#8217;l&#8221; nasllarini boqishga ayniqsa ko&#8217;p e&#8217;tibor qaratilgan. Qo&#8217;ychilik, asosan, sotishga mo&#8217;ljallangan. Qo&#8217;y juni ham bozorga chiqarilgan. Jaydari qoramollardan ho&#8217;kiz alohida go&#8217;sht uchun va ish kuchi sifatida parvarish qilingan. O&#8217;zbeklarda qadimgi davrlardan yilqichilik juda rivojlangan. Mahalliy aholi, ayniqsa, Laqay, qorabayir zotli ot- larni parvarish qilganlar. Dasht zonasida yashovchi O&#8217;zbeklar tuyachilik bilan ham shug&#8217;ullanishgan. Hunarmandchilik O&#8217;zbeklar orasida qadimdan keng rivojlanganligi arxeologik tadqiqotlardan ma&#8217;lum. Hunarmandchilikning rivoji shaharlarning nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy, balki siyosiy va madaniy markazlarga aylana boshlaganligi bilan chambarchas bog&#8217;liqdir. O&#8217;zbek hunarmandlari ko&#8217;plab teri va jundan, yog&#8217;och va metalldan, xilmaxil buyumlar yasab, paxta va ipakdan turli matolar to&#8217;qib, kiyim-kechaklarni bozorlarda sotishgan. O&#8217;zbek hunarmandchiligining temirchilik, degrezlik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, aravasozlik, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, ganchkorlik, Marmar o&#8217;ymakorligi, kulolchilik kabi keng tarqalgan tarmoqlari hamda to&#8217;qimachilik, ipakchilik, kashtado&#8217;zlik, zardo&#8217;zlik, do&#8217;ppido&#8217;zlik kabi uyro&#8217;zg&#8217;or kasbkorliklari taraqqiy etgan. O&#8217;zbeklarning an&#8217;anaviy turar joylari qadimdan o&#8217;ziga xos bo&#8217;lib, ular yashagan mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Turar joylar barpo etishda qurilish konstruktsiyasi va uslubi, rejasi va bezaklari bilan Farg&#8217;ona, Buxoro, Xiva va Shahrisabz me&#8217;morlik yo&#8217;nalishlari mashhur bo&#8217;lib kelgan. Uy- joy qurilishida O&#8217;zbeklarda qadimiy uylar, odatda, ko&#8217;cha va qo&#8217;shni tomoni devor bilan o&#8217;ralgan hovlilardan iborat bo&#8217;lgan. Barcha turar joy va xo&#8217;jalik xonalarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli 2 qismga \u2014 bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga bo&#8217;lingan. Hunarmandlarning uylarida do&#8217;kon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng ko&#8217;p tarqalgan 2 xonali uy variantlaridan biri sifatida dahliz va kata uydan iborat bo&#8217;lgan uylarni ko&#8217;rsatish mumkin. Bunday uy-joylar, odatda, oldi ayvonli va ayvonsiz qilib qurilgan. Aholi o&#8217;rtasida an&#8217;anaviy paxsa va sinchli uylar bilan birga g&#8217;ishtli uylar va ularni naqshinkor ganchli bezaklar bilan qurish ham mavjud bo&#8217;lgan. O&#8217;zbeklarda doimiy uyjoylar 10-asrga qadar, asosan, tosh, paxsa yoki xom g&#8217;ishtdan qurilgan. Loy asosiy qurilish materiali hisoblangan. Pishgan g&#8217;isht qadimdan qo&#8217;llanilib kelinsada, keng miqyosda undan uyjoy qurish 9-asrdan boshlandi. Buxoro va Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan yasalgan bolg&#8217;a yoki halqasimon boldoq osilgan. Eski tipdagi uylarning xonalari va derazalari ayvonga qaragan. Eshiklar ichkariga, darchalar tashqariga ochilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorug&#8217;lik tushadigan tuynuk qo&#8217;yilgan va unga yog&#8217;och yoki ganchdan yasalgan panjara o&#8217;rnatilgan. Uyga kiradigan joyda eshik oldida to&#8217;g&#8217;ri burchakli peshtoq (poygak) bo&#8217;lib, unga poyabzal yechib qo&#8217;yilgan. Eshik oldidagi burchakda suv quyiladigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, Adan, tashnob) joylashgan bo&#8217;lib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh, Farg&#8217;ona vodiysida va Toshkentda pishiq g&#8217;isht, Xivada maxsus sopol terilgan. Odatda, uylarning tarhi oila a&#8217;zolarining soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat bo&#8217;lgan. Hovlida esa xo&#8217;jalik uchun omborxona, hojatxona va molxona bo&#8217;lgan. Shaharlarda yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda mehmonxona, odatda, 2-qavatda \u2014 boloxonada joylashgan. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urgut shahrilarida juda shinam mehmonxonalar qurilgan. Bu kabi mehmonxonalardan to&#8217;y hashamlarda, motam marosimlarida ham keng foydalanilgan. Bundan tashqari, qish paytlari mehmonxonalarda mahalla erkaklari to&#8217;planishib gap-gashtaklar o&#8217;tkazganlar. Hozirgi kunga kelib zamonaviy uylarning qurilishi ancha takomillashgan bo&#8217;lib, uylarning qurilishidagi milliy an&#8217;analar zamonaviy ko&#8217;rinishlar bilan o&#8217;zaro uyg&#8217;unlashgan. Bugungi uylar muayyan reja asosida turli qulayliklar bilan qurilmoqda. O&#8217;zbeklarning milliy kiyimlari ham ko&#8217;p asrlik tarixga ega bo&#8217;lib, an&#8217;anaviy turmush tarzi, tabiiy-geografik muhit va xo&#8217;jalik-madaniy an&#8217;analar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. O&#8217;zbeklarda asosiy milliy kiyimlar: erkaklarda oq yoki malla bo&#8217;zdan tikilgan ko&#8217;ylak, yaktak, to&#8217;n, belbog&#8217;, salla, maxsi, kavush, etik; ayollarda \u2014 ro&#8217;mol, keng ko&#8217;ylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha, maxsi, kavush. Bosh kiyimlardan \u2014 do&#8217;ppi, kuloh, islomiyat davridan boshlab uning ustidan salla o&#8217;ralgan, aslzodalarning bosh kiyimlari zarli va kumush iplar bilan bezatilgan, peshona qismiga turli olmos, qimmatbaho toshlardan yasalgan to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ichlar qadalgan. Qish faslida kuloh yoki badavlat kishilar mo&#8217;ynali telpaklar kiyishgan. O&#8217;zbeklar orasida eng ko&#8217;p tarqalgan engil bosh kiyimi do&#8217;ppidir. Do&#8217;ppi, asosan, Baxmal, sidirg&#8217;a shoyi, satin qabi matolarga ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan. O&#8217;zbekistonda Chust, Marg&#8217;ilon, Qo&#8217;qon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do&#8217;ppilari keng tarqalgan. Toshkent do&#8217;ppisi sidirg&#8217;a ko&#8217;k baxmalga tikilgan. Oyoq kiyimlari tag charmi yumshoq bo&#8217;lgan uzun, qo&#8217;njli, poshnasiz, kavush bilan kiyiladigan maxsi, o&#8217;ziga to&#8217;q odamlar orasida esa uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf bo&#8217;lgan. Ayollar bosh kiyim sifatida, asosan, ro&#8217;mol o&#8217;ragan. Yoshi va mavqeiga, oilaviy ahvoliga qarab doka ro&#8217;mol, shol ro&#8217;mol, g&#8217;ijim ro&#8217;mol va boshqalar xil ro&#8217;mollar o&#8217;ralgan (o&#8217;ralish usuli ham turlicha bo&#8217;lgan). Qizlar uchun qulay bosh kiyimi do&#8217;ppi hisoblangan. Toshkentda iroqi chorgul, Samarqandda yo&#8217;rmado&#8217;zi, Andijonda munchoq gulli, Buxoroda zardo&#8217;zi, Qashqadaryo, Surxondaryoda iroqi do&#8217;ppilar mashhur. Bosh kiyimlar ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tillaqoshlar, bo&#8217;yinga bo&#8217;yintumor, zebigardon, qo&#8217;lga bilaguzuk, uzuk, burunga buloqi va boshqalar taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi gazmollardan tikilgan qomatga yopishib, ko&#8217;ylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avraastarli paxtalik choponlar ham kiyishgan. 19-asrning 80-yillarigacha kiyimlar to&#8217;g&#8217;ri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllarining yo&#8217;lyo&#8217;l, sidirg&#8217;a va gulli mahalliy matolardan tayyorlangan, oldi, etagi, eng uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan ko&#8217;rinishlari keng urf bo&#8217;lgan. 19-asrning 20-30-yillarida kiyim bichimi o&#8217;zaro bir-biriga yaqin bo&#8217;lgan 2-yo&#8217;nalishda o&#8217;zgarib bordi. 20-asrning boshlaridan boshlab O&#8217;zbeklar o&#8217;rtasida yevropacha kiyimlarni kiyish urfga kirdi. Milliy kiyimga Yevropaliklar kiyimi xususiyatlarining kiritilishi milliy ko&#8217;ylakni shim bilan ayollar ko&#8217;ylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib keldi. Bu tarixan hayot sharoitining o&#8217;zgarishi va ommaviy sanoat ishlab chiqarishining hunarmandchilikdan ustunligi tufayli sodir bo&#8217;ldi. Milliy bichimdagi kiyimlar qomatga qarab tikila boshlandi, ayol ko&#8217;ylaklari torayib va kaltalashib bordi, oldinroq yuzaga kelgan koketkali (ko&#8217;krak burma) va qaytarma yoqali ko&#8217;ylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi. 20-asrning 50-60-yillaridan boshlab erkaklar kiyimini to&#8217;g&#8217;ri yelkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar, ayollar ko&#8217;ylagini to&#8217;g&#8217;ri yelkali erkin kesma lif, etakka tomon kengaygan yubka kiyish rasm bo&#8217;la boshlagan. Biroq, O&#8217;zbeklar orasida yevropacha kiyimlar bilan birga milliy kiyim ham urfdan qolmadi. Uning o&#8217;ziga xosligi shaklida va milliy mato koloritida namoyon bo&#8217;ldi. Bu jihatdan ayollarning keng yozgi ko&#8217;ylagi va erkaklar yaktagi diqqatga sazovor. Keksa odamlar orasida to&#8217;nning kundalik kiyim sifatida saqlanib qolishi an&#8217;anaviy tus oldi. Taomlari. O&#8217;zbeklarning taom tayyorlash an&#8217;anasi va madaniyati ko&#8217;p asrlik tarixga ega bo&#8217;lib, milliy taomlarni tayyorlashda azaldan turli xil go&#8217;sht, o&#8217;simlik mahsulotlaridan keng foydalanganlar. O&#8217;zbeklar kundalik ovqat sifatida bug&#8217;doy, arpa, guruch, no&#8217;xat, mosh, zig&#8217;ir, kunjut kabi don, sabzi, piyoz, sholg&#8217;om kabi sabzavotlar, qovun, tarvuz kabi poliz mahsulotlarini keng iste&#8217;mol qilganlar. Azaldan milliy taomlarni tayyorlash uchun chorva \u2014 qo&#8217;y, qoramol, echki yog&#8217;lari, kunjut, zig&#8217;ir va sariyog&#8217; (sut mahsulotlaridan olingan), paxta yog&#8217;i ishlatilib kelinadi. Ovqatlanishda, ayniqsa shaharliklarning asosiy taomlari sut mahsulotlaridan: qatiq, suzma, tvorog yoki chakki (zardobi olingan qatiq), qaymoq va boshqalardan iborat. Taomga juda ko&#8217;p zira va zirk ishlatiladi. Go&#8217;shtli, sabzavot va yormali quyuq taomlar za&#8217;faron, kashnich qo&#8217;shib tayyorlanadi. Umuman, o&#8217;zbek milliy taomlari o&#8217;zining lazzatliligi, kaloriyaliligi va servitaminligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, palov, norin, sho&#8217;rva, kabob, mastava, shavla, moshxo&#8217;rda, moshkichiri, chuchvara, shilpildoq va boshqalar keng tarqalgan. Ba&#8217;zi quyuq taomlar (palov) tayyorlashning o&#8217;nlab usullari mavjud. Non tayyorlash ham o&#8217;zbek pazandachiligida alohida o&#8217;rin tutadi. Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida non yopishda kunjut, arpabodiyon, sedanani keng qo&#8217;llaydilar. Dini. O&#8217;zbeklarning O\u2019rta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlari tangrichshik, shomonlik, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik kabi dinlarga e&#8217;tiqod qilganlar. Bu diniy e&#8217;tiqodlarning ayrimlari O\u2019rta Osiyoda Islom dini yoyilgunicha (8-asrgacha) saqlangan. Hozirda O&#8217;zbeklarning dini Islom dini bo&#8217;lib, uning sunniylik mazhabi O\u2019zbekiston hududida 10-asrdan so&#8217;ng hukmron mavqega ega bo&#8217;lgan. O&#8217;zbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rangbarang hamda o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega bo&#8217;lib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. An&#8217;anaviy urf-odatlar va marosimlar o&#8217;zbek xalqining etnogenezida ishtirok etgan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug&#8217;ullangan voha va cho&#8217;l aholisiga xos elementlarni o&#8217;ziga singdirgan turli qabila va etnik guruhlarning etnomadaniy tajribalarining murakkab qo&#8217;shilishi jarayonida shakllangan. Masalan, bola tug&#8217;ilishi (chilla, beshik kerti), sunnat to&#8217;yi, nikoh va motam marosimlarida O&#8217;rta Osiyo xalqlariga xos umumiy o&#8217;xshashliklar mavjud. O&#8217;zbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. O&#8217;tmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan o&#8217;tkazilgan. Jumladan hashar keng tarqalgan. Hasharning bir necha turi mavjud: jamoa ishlarini bajarishda, qo&#8217;ni-qo&#8217;shnichilik va qavm-qarindoshlik doirasida o&#8217;tkaziladigan hashar va boshqalar jamoa hashari bilan uy- joy, ko&#8217;prik qurish va ta&#8217;mirlash, ariqzovurlar qazish, ularni loyqadan tozalab turish; masjid qurish va ta&#8217;mirlash, mozorlarni tozalash va boshqalar ishlar bajarilgan. Yoshlarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda jamoaning o&#8217;rni ham katta bo&#8217;lgan. Jamoaning har bir a&#8217;zosi mehmondorchilik, ma&#8217;raka va boshqalar jamoat joylarida yoshi va mavqeiga qarab joy egallagan. O&#8217;zbeklarning jamoa marosimlariga Navro&#8217;z bayrami. Mehrjon sayli, Lola sayli, qizil gul sayli, ro&#8217;za hayiti (Iyd alfitr), Qurbon hayiti (Iyd aladho), sumalak sayli va boshqalar, ularni o&#8217;tkazish bilan bog&#8217;liq xalq odatlari, rasmrusumlari kiradi. Har bir bayram o&#8217;z tarixiga ega bo&#8217;lib, u xalq ijodiy mehnati va hayot sharoiti bilan chambarchas bog&#8217;liq. O&#8217;zbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega bo&#8217;lgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, o&#8217;zbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin: 1) qishda o&#8217;tkaziladigan gapgashtak, yasayusun kabilar; 2) bahorgi marosimlar \u2014 Navro&#8217;z, shoxmoylar (qo&#8217;sh chiqarish), Lola yoki qizil gul sayli, loy tutish, sust xotin kabilar; 3) yozgi marosimlardan qovun sayli, choy momo va hokazolar; 4) kuzgi marosimlar \u2014 hosil yig&#8217;imi bilan bog&#8217;liq Mehrjon, oblobaraka, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar. Sovetlar hukmronligi davrida amaldagi mafkuraga muvofiq, bir qancha marosimlar, jumladan, &#8220;Komsomol to&#8217;yi&#8221;, &#8220;Qizil to&#8217;y&#8221;, oktyabr (7 noyabr) bayrami, Sovet armiyasi kuni, Sovet konstitutsiyasi kuni, &#8220;Paxta bayrami&#8221; va boshqalar joriy etildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, bu bayramlarning ko&#8217;pchiligi o&#8217;z-o&#8217;zidan barham topdi, lekin joriy taqvim bilan bog&#8217;liq umumbashariy bayramlardan 1 yanvar \u2014 Yangi yil kuni, 8 mart \u2014 xalqaro xotin-qizlar kuni saqlab qolindi. Ayni vaqtda, mustaqil O&#8217;zbekiston Respublikasida yangi xalq bayramlari ta&#8217;sis etildi: 1 sentyabr \u2014 Mustaqillik kuni, 8 dekabr \u2014 Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 9 may \u2014 Xotira va qadrlash kuni. Shuningdek, ro&#8217;za va Qurbon hayitlari kuni, Navro&#8217;z bayrami tiklandi va yangicha mazmun kashf etdi. O&#8217;zbeklar jamoaviy turmushi chuqur tarixiy ildizlariga ega. Bu tartibotning ibtidosi antik davrlarga borib taqaladi. Yozma va arxeologik manbalarda mintaqaning qadimiy shaharlari aholisi orasida jamoalar faoliyat ko&#8217;rsatganligi, faqat turmushdagina emas, balki ishlab chiqarishda ham jamoa asoslari mavjudligi qayd etilgan. O&#8217;rta asrlarda jamoa faqat jamoaviy asoslardagina sug&#8217;orish tizimini tashkil etish va qo&#8217;llab quvvatlash, binobarin, dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanish mumkin bo&#8217;lgan qishloq aholisi uchun ham, shuningdek, shahar aholisi uchun ham o&#8217;zining ilgarigi ahamiyatini sakdab qolgan edi. O&#8217;z-o&#8217;zini boshqaruvning tarixan tarkib topgan ushbu tizimi nafaqat birgalikda faoliyat olib borishgina bo&#8217;lmay, ayni vaqtda ijtimoiy hayotni tashkil etish, oila va turmush an&#8217;analarini, rasm-rusumlarini xalqimiz turmush tarzining barcha tizimini saqlash va boyitishdan ham iborat bo&#8217;lgan. Yaqin vaqtlargacha, hududiy qo&#8217;shnichilik jamoasi xalqimizda turli mintaqalarda turlicha nomlar bilan atalgan, chunonchi, &#8220;mahalla&#8221;, &#8220;guzar&#8221;, &#8220;masjid&#8221;, &#8220;jamoa&#8221;, &#8220;elat&#8221;. 20-asrning 90-yillaridan respublikaning shahar va qishloqlarida hududiy-qo&#8217;shnichilik jamoasi yagona mahalla atamasi bilan yuritiladigan bo&#8217;ldi. Zero, o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarishning xalqimiz an&#8217;analari va qadriyatlariga juda mos bo&#8217;lgan ushbu usuli \u2014 mahallalar tizimi so&#8217;nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo&#8217;lib bormoqda. Hozirgi davrda O&#8217;zbeklar zamonaviy kasb-hunarni egallamoqdalar. Kompyuter va internetdan foydalanish O&#8217;zbeklar hayotiga singib ketdi. Demokratik jarayonlar rivojlanmoqda. Milliy, madaniy qadriyatlarga e&#8217;tibor kuchaymoqda. Ad.: Yakubovskiy A.Yu., K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda. T., 1941; Ismoilov H., An&#8217;anaviy o&#8217;zbek kiyimlari (etnografik materiallar), T., 1978; Shaniyazov K. 111., Ismailov X.I., Etnograficheskiye ocherki materialnoy kulturm uzbekov kontsa XIX \u2014 nachala XX v., T., 1981;Ahmedov B., Tarixdan saboqlar, T, 1995; Shoniyozov K., O&#8217;zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; O&#8217;zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Kadmrova T.F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987; Qoraboev U., O&#8217;zbek xalq bayramlari, T., 2002; Jabborov I., O&#8217;zbeklar an&#8217;anaviy turmushi va madaniyati, T., 2004; O&#8217;zbek pazandalik san&#8217;ati, T., 2005. Adhamjon Ashirov, Asror Qayumov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKLAR \u2014 xalq, O&#8217;zbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. O&#8217;zbeklar nafaqat O&#8217;zbekiston, balki O&#8217;rta Osiyodagi eng ko&#8217;p sonli xalqdir. O&#8217;zbekistonda (20 million 800 ming kishi, 2005), Tojikistonda (1,2 milliondan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbeklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17563","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17563","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17563"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17564,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17563\/revisions\/17564"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}