{"id":17583,"date":"2022-02-15T19:33:45","date_gmt":"2022-02-15T16:33:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17583"},"modified":"2022-02-15T19:33:46","modified_gmt":"2022-02-15T16:33:46","slug":"bobur-milliy-bogi-majmuasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bobur-milliy-bogi-majmuasi\/","title":{"rendered":"BOBUR MILLIY BOG&#8217;I MAJMUASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOBUR MILLIY BOG&#8217;I MAJMUASI, &#8220;Bog&#8217;i Bobur&#8221; \u2014 Andijon shahrining Janubi sharqida \u2014 Buyuk ipak yo&#8217;li yoqasi (Bog&#8217;ishamol) dagi adirda joylashgan yodgorlik majmui (me&#8217;mori Muhammadjon Mirzayev). 300 ga maydonni egallagan. O&#8217;zbekiston Respublikasi xalqaro Bobur jamg&#8217;armasi (rahbari Zokirjon Mashrabov) tashabbusi bilan 1991-92 yillar barpo etilgan. Kobul shahridagi &#8220;Bog&#8217;i Bobur&#8221;ga qiyosan qurilgan. Boqqa kirish uchun sharqona uslubda qurilgan marmar darvoza yo&#8217;lakdan ko&#8217;p pog&#8217;onali zinalar orqali yuqoriga ko&#8217;tariladi. Birinchi supachada Boburning ulkan haykali (haykaltarosh Qodirjon Salohiddinov) o&#8217;rnatilgan. Undan yuqoridagi supachada &#8220;Bobur va jahon madaniyati&#8221; muzeyi qad ko&#8217;targan. Uning moviy gumbazi ichidagi va devoridagi bezakrasmlarni &#8220;Boburnoma&#8221; asari mazmunida mahalliy rassom Ulug&#8217;bek Boltaboyev chizgan. Muzey ko&#8217;rgazmalarida Bobur jamg&#8217;armasi turli mamlakatlarga bir necha bor uyushtirgan ekspeditsiya natijasida to&#8217;plangan noyob tarixiy kitoblar, Bobur asarlarining qo&#8217;lyozma nusxalari, xususan &#8220;Xatti Boburiy&#8221;da Bobur o&#8217;z qo&#8217;li bilan ko&#8217;chirgan Qur&#8217;oni Karim nusxalari, Bobur davri qurolaslahalari, saroy ahli kiyimlari, Boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar qo&#8217;yilgan. Muzeyning ikki yonidan o&#8217;tgan marmar zinali yo&#8217;l yana ham yuqoriga, so&#8217;nggi supaga ko&#8217;tariladi. Bu yerda Boburning ramziy qabr sag&#8217;anasi (Kobuldagi Bobur qabri tuprog&#8217;idan olib kelib qo&#8217;yilgan) bor. Ramziy qabrdan yuqoriga ketgan yo&#8217;l bolalar o&#8217;yin maydonchalariga olib chiqadi. Pastdan istirohat bog&#8217;ining yuqorisiga osma yo&#8217;l (2 kilometr) ham o&#8217;tkazilgan. Bog&#8217;da hunarmandchilik buyumlari do&#8217;koni, shuningdek choyxona, oshxona va boshqa dam olish maskanlari bor. Alohida dam olish joyida kontsert ko&#8217;rish sahnasi, kurash va boshqa musobaqalar o&#8217;tkaziladigan maydon qurilgan. Bog&#8217;da 20 xildan ortiq mevali (yong&#8217;oq, uzum, olma, anor, anjir, gilos va boshqalar), 10 dan ortiq manzarali daraxtlar (archa, chinor, eman, chakanda, majnuntol, mirzaterak va boshqalar) ekilgan. Bog&#8217; nihoyatda xushmanzara, obod; Andijon shahri va atrofdagi aholining oromgoh va ziyoratgoh joyi. Bu yerda Navro&#8217;z va Mustaqillik kunlari xalq sayillari bo&#8217;lib o&#8217;tadi. Sobirjon Shokarimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOBUR MILLIY BOG&#8217;I MAJMUASI, &#8220;Bog&#8217;i Bobur&#8221; \u2014 Andijon shahrining Janubi sharqida \u2014 Buyuk ipak yo&#8217;li yoqasi (Bog&#8217;ishamol) dagi adirda joylashgan yodgorlik majmui (me&#8217;mori Muhammadjon Mirzayev). 300 ga maydonni egallagan. O&#8217;zbekiston &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bobur-milliy-bogi-majmuasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17583","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17583","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17583"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17583\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17585,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17583\/revisions\/17585"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17583"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17583"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17583"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}