{"id":17589,"date":"2022-02-16T12:06:14","date_gmt":"2022-02-16T09:06:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17589"},"modified":"2022-02-16T12:06:15","modified_gmt":"2022-02-16T09:06:15","slug":"oxshashlik-nazariyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oxshashlik-nazariyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;XSHASHLIK NAZARIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;XSHASHLIK NAZARIYASI \u2014 fizik hodisalarning o&#8217;xshash sharoitlarini miqdoriy jihatdan tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug&#8217;ullanadigan ta&#8217;limot. Fizik o&#8217;xshashlik turdosh hodisalar orasidagi muvofiqlikni, ya&#8217;ni bir fizik hodisaning barcha miqdoriy ko&#8217;satkichlari mutanosib ravishda o&#8217;zgartirilishi natijasida hosil bo&#8217;lishini bildiradi. O&#8217;xshashlik nazariyasining asosiy vazifasi turli fizik hodisalarning o&#8217;xshashlik mezonlarini aniqlash va shu mezonlar yordamida hodisalarning o&#8217;zini o&#8217;rganishdir. Fizik hodisalar, jarayonlar va sistemalar o&#8217;xshashligi bir sistema holatini ifodalovchi o&#8217;zgaruvchi kattaliklarning vaqtning o&#8217;xshash paytlarida fazoning o&#8217;xshash nuqtalaridagi qiymatlari boshqa sistemaning xuddi shunday kattaliklariga mutanosib bo&#8217;lishiga asoslandi. Kattaliklarning har biriga tegishli mutanosiblik (Proportsionallik) koeffisienti o&#8217;xshashlik koeffisienti deyiladi. Fizik o&#8217;xshashlik geometriyada biz yaqqol va sodda ravishda ko&#8217;radigan geometrik o&#8217;xshashlikning umumlashmasidir. Geometrik o&#8217;xshashlikda o&#8217;xshash figuralar yoki jismlarning o&#8217;xshash geometrik elementlari orasida mutanosiblik (o&#8217;xshashlik) bo&#8217;ladi. Maydonning fizik o&#8217;xshashligida ikki sistemaning mos fizik parametrlari fazo va vaqtda o&#8217;xshash bo&#8217;ladi. Masalan, kinematik o&#8217;xshashlikda qaralayotgan ikki harakat uchun tezliklar maydonning o&#8217;xshashligi mavjud bo&#8217;ladi; dinamik o&#8217;xshashlikda esa ta&#8217;sir qilayotgan turli tabiatli kuchlar (og&#8217;irlik kuchlari, bosim kuchlari, yopishqoqlik kuchlari va shahri o&#8217;xshashlik) yoki kuchlar maydonining o&#8217;xshashligi amalda bo&#8217;ladi; mexanik o&#8217;xshashlik (masalan, ikki suyuqlik yoki gaz oqimining, ikki elastik sistemaning o&#8217;xshashligi) amalda bo&#8217;lishi uchun geometrik, kinematik, dinamik o&#8217;xshashlik mavjud bo&#8217;lishi kerak; elektrodinamik o&#8217;xshashlikda \u2014 tok, kuchla- nish, quvvat maydonlarining o&#8217;xshashligi bo&#8217;lishi kerak. Bu o&#8217;xshashliklar fizik o&#8217;xshashlikning xususiy ko&#8217;rinishidir. Mexanik, issiqlik va kimyoviy hodisalarning majmuidan iborat murakkab fizik va fizikkimyoviy jarayonlarni tadqiq qilishning rivojlanishi munosabati bilan jarayonlar uchun O&#8217;xshashlik nazariyasi usullari ham takomillashib bordi, masalan, mashina detallarining ishqalanish va emirilish jarayonlari, fizik-kimyoviy o&#8217;tishlar kinetikasi jarayonlari va boshqalar hodisalarning o&#8217;xshashlik sharoitlari aniqlanadi. O&#8217;xshash hodisalarni ifodalovchi barcha parametrlardan tuzish mumkin bo&#8217;lgan barcha o&#8217;lchovsiz kombinasiyalar o&#8217;xshash hodisalar uchun birday son qiymatlarga ega bo&#8217;ladi. Qaralayotgan hodisalarni aniklovchi parametrlardan tuzilgan o&#8217;lchovsiz kombinasiyalar o&#8217;xshashlik mezonlari deb ataladi. O&#8217;xshashlik mezonlaridan tuzilgan ixtiyoriy kombinatsiya ham ko&#8217;rilayotgan fizik hodisalar uchun o&#8217;xshashlik mezoni bo&#8217;la oladi. Agar ko&#8217;rilayotgan fizik hodisalar yoki sistemalarda barcha mezonlar emas, ulardan ba&#8217;zilari teng bo&#8217;lsa o&#8217;xshashlik qisman o&#8217;xshashlik deb yuritiladi. Ana shunday o&#8217;xshashlik amalda eng ko&#8217;p uchraydi. Bunday tengligi saqlanmaydigan mezonlarning fizik jarayonlarga ko&#8217;rsatadigan ta&#8217;siri sezilarli bo&#8217;lmasligi yoki ikkinchi darajali bo&#8217;lishi kerak. O&#8217;xshashlik mezoniga kiruvchi o&#8217;lchamli fizik parametrlar o&#8217;xshash sistemalar uchun bir-biridan kata farq qiluvchi qiymatlar olishi mumkin, faqat o&#8217;lchamsiz o&#8217;xshashlik mezonlarigina birday bo&#8217;lishi kerak. O&#8217;xshash sistemalarning ana shu xossasi modellash usuliga asos qilib olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;XSHASHLIK NAZARIYASI \u2014 fizik hodisalarning o&#8217;xshash sharoitlarini miqdoriy jihatdan tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug&#8217;ullanadigan ta&#8217;limot. Fizik o&#8217;xshashlik turdosh hodisalar orasidagi muvofiqlikni, ya&#8217;ni bir fizik hodisaning barcha miqdoriy ko&#8217;satkichlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oxshashlik-nazariyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17589","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17589","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17589"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17589\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17592,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17589\/revisions\/17592"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17589"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17589"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17589"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}