{"id":17616,"date":"2022-02-16T15:55:39","date_gmt":"2022-02-16T12:55:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17616"},"modified":"2022-02-16T15:55:42","modified_gmt":"2022-02-16T12:55:42","slug":"ozbektelefilm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbektelefilm\/","title":{"rendered":"&#8220;O&#8217;ZBEKTELEFILM&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;O&#8217;ZBEKTELEFILM&#8221; \u2014 televideniyeda ko&#8217;rsatishga mo&#8217;ljallangan badiiy va hujjatli filmlar kinostudiyasi. 1970 yil Toshkentda tashkil etilgan. &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221;ning tashkil bo&#8217;lishi va rivojlanishi G&#8217;.Rasulov, F.Rashidov, U.Burhonov kabilar nomi bilan bog&#8217;liq. Faoliyatining dastlabki yillari ko&#8217;pgina xronikal film, telekinojurnal, filmspektakl, filmkontsertlar ishlagan. &#8220;O&#8217;zbek madonnasi&#8221;, &#8220;Uchinchi haqiqat&#8221;, &#8220;Orol \u2014 taqdirim mening&#8221;, &#8220;Boysunda qorlar eriganda&#8221;, &#8220;Xivacha ajralish&#8221;, &#8220;Kosmogoniya&#8221; kabi hujjatli, &#8220;Shashmaqom&#8221;, &#8220;Ko&#8217;g&#8217;irchoqboz&#8221;, &#8220;Aziz&#8221; singari qisqametrajli badiiy filmlar ishlandi. &#8220;Eshmat \u2014 saxiy farishta&#8221;, &#8220;Sevgilisini topish&#8221;, &#8220;Ana o&#8217;sha Nasriddin&#8221;, &#8220;Olmani menga qarab ot&#8221;, &#8220;Boychechak&#8221;, &#8220;Lafz&#8221;, &#8220;Charxpalak&#8221;, &#8220;Ochiq dars&#8221;, &#8220;Mening shotlandiyalik do&#8217;stim&#8221;, &#8220;Baxt gullari&#8221;, &#8220;Zumrad va Qimmatning yangi sarguzashtlari&#8221; kabi turli mavzudagi filmlar chiqarildi. O&#8217;z faoliyati davomida ko&#8217;pgina hujjatli, xronikal, ilmiyommabop, publisistik, badiiypublisistik, musiqali, telejurnal, bolalar uchun telefilmlar ishladi. Mustaqillikdan so&#8217;ng &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221; filmlarining mavzu va g&#8217;oyaviy yo&#8217;nalishi o&#8217;zgardi. Respublika hayotini tasvirlash yangicha tus olishi, buyuk tarixiy shaxslarimizga bag&#8217;ishlangan filmlarning ko&#8217;payishi ko&#8217;zga tashlanadi (&#8220;Buyuk Turon&#8221;, &#8220;Amir Temur&#8221;, &#8220;Mirzo Ulug&#8217;bek&#8221;, &#8220;Pahlavon Mahmud&#8221; va boshqalar). &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221;da &#8220;Buyuk ajdodlarimiz&#8221; nomli turkum filmlar ishlash yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. &#8220;Imom al-Buxoriy&#8221;, &#8220;Bahouddin, Naqshband&#8221;, &#8220;Jaloliddin Manguberdi&#8221;, &#8220;Burhoniddin Marg&#8217;inoniy&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy&#8221; va boshqalar shular jumlasidan. Shuningdek, &#8220;Biz bilgan va bilmagan tarix&#8221; turkumi ostida &#8220;Milliy universitet&#8221;, &#8220;Musiqa saroyi&#8221; kabi telefilmlar ishlandi. Studiya keying yillar ko&#8217;p qismli televizion badiiy filmlar ishlash bo&#8217;yicha o&#8217;z tajribasini orttirib bormoqda: &#8220;Charxpalak&#8221; (13 qism), &#8220;Lafz&#8221; (6 qism), &#8220;Uvaysiy&#8221; (6 qism), &#8220;Xurshida&#8221; (4 qism), &#8220;Akbarning sarguzashtlari&#8221; (6 qism), &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; (15 qism), &#8220;Qaytmas&#8221; (6 qism) va boshqalar &#8220;Yorug&#8217;lik&#8221;, &#8220;To&#8217;kinlik&#8221; nomli televizion hujjatli filmlar dolzarb mavzu, mustaqillik ne&#8217;matlarini ko&#8217;rsatishda eng yaxshi filmlardir. &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221;da yaratilayotgan musiqali filmlar mavzuga yangicha yondashilgani, tomoshaviyligi va o&#8217;ziga xos milliyligi bilan ajralib turadi (&#8220;Dilga yaqin qo&#8217;shiqlar&#8221;, &#8220;Sozlar navosi&#8221;, &#8220;Moziydan sado&#8221;, &#8220;Hofizlar kuylaganda&#8221;, &#8220;Musiqiy sayohat&#8221; va boshqalar). &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221; ro&#8217;yxatidan etnografik, madaniy hayotga oid, manzarali filmlar ko&#8217;proq o&#8217;rin olgan. &#8220;O&#8217;zbekiston nimasi bilan boy&#8221;, &#8220;Xonatlas&#8221;, &#8220;Dard&#8221;, &#8220;Do&#8217;ppi&#8221;, &#8220;Qo&#8217;qon yodgorliklari&#8221;, &#8220;Tandir, archa, olov&#8221;, &#8220;Mosh tabib&#8221;, &#8220;Marg&#8217;ilon ipagi&#8221;, &#8220;Kulolchilik&#8221;, &#8220;Baxmal&#8221; va boshqalar shular jumlasidan. Studiyada Sh. Junaydullayev, B.Ahmedov, S.Ahmadxo&#8217;jayev, E.Davidov, T. Ahmadxo&#8217;jayev, N.Qo&#8217;ldoshev, Sh.Bizaatov, Sh.Xo&#8217;jayev, S.Boboyev, E.Mirzayev kabi rejissyorlar, N. Gerasimov, A.Avazxo&#8217;jayev, K.Karimov, M.Soliyev, B.Nazrullayev, A.Qoriyev, A.Ko&#8217;chqorov va boshqalar operatorlar mehnat qilib kelmoqda. 70-80-yillar telefilmlari asosan kinotasmaga tushirilgan. 1997 yil &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221; qoshida dublyaj guruhi tashkil etildi (tashkilotchilari B.Abdullayev, yil Abdukarimov). Dublyaj qilingan filmlardan &#8220;Oqibat&#8221;, &#8220;Qunduz amakining qissalari&#8221;, &#8220;Bu ham kino&#8221;, &#8220;Zita va Gita&#8221;, &#8220;Jilovlanmagan Afrika&#8221;, &#8220;Ming bir kecha&#8221;, &#8220;Qalbim chechagi&#8221;, &#8220;Choliqushi&#8221;, &#8220;Edemga qaytish&#8221;, &#8220;Qirol sher 2&#8221;, &#8220;Gladiator&#8221;, &#8220;Filipp Marlou&#8221;, &#8220;Ramayana&#8221;, &#8220;Kleopatra&#8221;, &#8220;Dallas&#8221; va boshqalar. Hozirgi kunda &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221; ijod yo&#8217;nalishida izlanish kuzatilmoqda. Hujjatli, xronikal, musiqali filmlardan tashqari seriallar ishlashga ham alohida e&#8217;tibor berilmoqda. Sabohat Hayitmatova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;O&#8217;ZBEKTELEFILM&#8221; \u2014 televideniyeda ko&#8217;rsatishga mo&#8217;ljallangan badiiy va hujjatli filmlar kinostudiyasi. 1970 yil Toshkentda tashkil etilgan. &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221;ning tashkil bo&#8217;lishi va rivojlanishi G&#8217;.Rasulov, F.Rashidov, U.Burhonov kabilar nomi bilan bog&#8217;liq. Faoliyatining dastlabki yillari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbektelefilm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17617,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17616\/revisions\/17617"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}