{"id":17618,"date":"2022-02-16T16:07:10","date_gmt":"2022-02-16T13:07:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17618"},"modified":"2022-02-16T16:07:12","modified_gmt":"2022-02-16T13:07:12","slug":"ozbekfilm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekfilm\/","title":{"rendered":"&#8220;O&#8217;ZBEKFILM&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;O&#8217;ZBEKFILM&#8221; \u2014 badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. &#8220;O&#8217;zbekkino&#8221; milliy agentligi tizimida. Dastlab 1925 yil 4 iyunda Toshkentda &#8220;Sharq yulduzi&#8221; nomi bilan kinostudiya tashkil bo&#8217;lgan. Shayxontohurdagi Eshonqul madrasasi binosiga joylashgan. 20-yillarda &#8220;Ikkinchi xotin&#8221;, &#8220;Masjid gumbazlari ostida&#8221;, &#8220;Soyabon arava&#8221;, &#8220;Ravot qashqirlari&#8221;, &#8220;Chodira&#8221; kabi filmlar ishlangan. 1925-26 yillar mobaynida 20 dan ortiq to&#8217;la, 30 dan ortiq qisqa metrajli xronikal filmlar yaratilgan. 1932 yil &#8220;Sharq yulduzi&#8221; &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; nomini oladi. 1930 yilgacha filmlarni, asosan, o&#8217;zbek xalqining milliy an&#8217;analaridan yiroq rus rejissyorlari ishlagan. 30-yillardan Nabi G&#8217;aniyev mustaqil filmlar yarata boshlagan: &#8220;Yuksalish&#8221;, &#8220;Ramazon&#8221;, &#8220;Iigit&#8221;, Sulaymon Xo&#8217;jayev &#8220;Tong oldidan&#8221;, Yo&#8217;ldosh A&#8217;zamov &#8220;Qilich&#8221; filmlarini ishladilar. Ular bilan yonmayon O.Frelix (&#8220;Avliyo qizi&#8221;), N. Klado (&#8220;Bag&#8217;dodda &#8220;Amerika&#8221; paxtasi&#8221;, &#8220;O&#8217;lim qudug&#8217;i&#8221;) lar ham faoliyat yuritgan. 1939 yil kinostudiyaga &#8220;Toshkent kinostudiyasi&#8221; nomi berildi. 2-jahon urushi yillari Toshkentga evakuatsiya qilingan Ukraina, Belorussiya kinostudiyalari, &#8220;Mosfilm&#8221;, &#8220;Lenfilm&#8221;larning kelishi munosabati bilan &#8220;Birlashgan Toshkent kinostudiyasi&#8221; (titrda &#8220;Toshkent kinostudiyasi&#8221; deb yozilgan) nomi bilan yuritilgan. &#8220;Biz yengamiz&#8221; ( rejissyor K. Yormatov, N. G&#8217;aniyev), &#8220;Dovyurak do&#8217;stlar&#8221; (N.G&#8217;aniyev), &#8220;Filmkontsert&#8221; (Y.A&#8217;zamov), &#8220;Frontdagi do&#8217;stlarga&#8221; (K.Yormatov), &#8220;Besh respublika kontserti&#8221; (Z.Sobitov), &#8220;Aleksandr Parxomenko&#8221;, &#8220;Ikki jangchi&#8221; (L.Lukov), &#8220;Nasriddin Buxoroda&#8221; (Ya. Protazanov), &#8220;Uning ismi Suxe Bator&#8221; (A.Zarxi, I.Xeyfits) kabi filmlar ishlandi. Urushdan keyingi yillar ekranga o&#8217;zbek xalqi madaniyatining yutug&#8217;i bo&#8217;lgan mumtoz &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; (1945), &#8220;Nasriddinning sarguzashtlari&#8221; (1946, ikkalasining rejissyori N.G&#8217;aniyev), &#8220;Alisher Navoiy&#8221; (1947, K.Yormatov) filmlari ekranga chiqdi. 1947-52 yillar SSSR kinematografiyasi vazirligi buyrug&#8217;iga binoan, birorta ham film ishlanmagan. Tanaffusdan so&#8217;ng ishlangan film &#8220;Paxtaoy&#8221; (K. Yormatov) bo&#8217;ldi. &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Qutlug&#8217; qon&#8221; (L.Fayziyev), &#8220;Opa-singil Rahmonovalar&#8221;, &#8220;Abu Ali ibn Sino&#8221; (K.Yormatov), &#8220;Gulbahor&#8221; (Y.A&#8217;zamov), &#8220;Stadionda uchrashamiz&#8221; (Z.Sobitov) singari filmlar 50-yillar yaratildi. 1955 yil &#8220;Amirlikning yemirilishi&#8221; nomli birinchi rangli badiiy film (rejissyor L.Fayziyev, V.Basov) ekranga chiqdi. 1958 yildan yana hozirgi nomda. 1959 yilda Chilonzorda qurilgan yangi binoga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. 60-yillar kinostudiyada mavzu jihatdan boy, badiiy yo&#8217;nalishi ravon, asosiy qahramoni yoshlar bo&#8217;lgan filmlar ustunlik qildi. &#8220;Mahallada duvduv gap&#8221; (Sh. Abbosov), &#8220;Sinchalak&#8221; (L.Fayziyev), &#8220;Laylak keldi, yoz bo&#8217;ldi&#8221; (A.Hamroyev), &#8220;Surayyo&#8221; (U.Nazarov), &#8220;Nafosat&#8221;, &#8220;Sevishganlar&#8221; (E.Eshmuhamedov), &#8220;Sen yetim emassan&#8221;, &#8220;Toshkent \u2014 non shahri&#8221; (Sh.Abbosov), &#8220;26-otilmasin&#8221;, &#8220;41-yil olmalari&#8221; (R.Botirov), &#8220;General Rahimov&#8221; (Z.Sobitov), &#8220;Oy borib, omon qayt&#8221; (H.Fayziyev), &#8220;Nodirabegim&#8221; (K. Yormatov), &#8220;Ulug&#8217;bek yulduzi&#8221; (L.Fayziyev), &#8220;Abu Rayhon Beruniy&#8221; (Sh.Abbosov), &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; (Y.A&#8217;zamov) va boshqalar shular jumlasidan. Kishilar xarakteri va o&#8217;zaro munosabatlar, turmush tarzi va mehnatini ko&#8217;rsatuvchi filmlar yaratish kinostudiya ijodkorlari oldidagi asosiy vazifaga aylandi va uning natijasi o&#8217;laroq &#8220;Seni kutamiz, yigit&#8221; (R.Botirov), &#8220;Umidimiz qushlari&#8221;, &#8220;Dahoning yoshligi&#8221; (E.Eshmuhamedov), &#8220;Nodirabegim&#8221; (K.Yormatov), &#8220;Shum bola&#8221; (D.Salimov), &#8220;Mevazorlik ayol&#8221; (A.Hamroyev) va boshqalar filmlar ekranga chiqdi. 80-yillarning oxiri, &#8220;Qayta qurish&#8221; yillari &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221;da yangi avlod rejissyorlari ish boshladi: R.Malikov, A.Fatxullin, S.Nazarmuhamedov, Z.Musoqov, D.Davlatov, I.Ergashev va boshqalar shular jumlasidan. &#8220;Alvido, g&#8217;o&#8217;r yoshligim&#8221; (E.Eshmuhamedov), &#8220;Klinika&#8221; (R.Malikov), &#8220;Bo&#8217;rilar&#8221; (S.Nazarmuhamedov), &#8220;Siz kimsiz?\u00bb (J.Fayziyev), &#8220;Soldat ertagi&#8221; (Z.Musoqov), shaxsga sig&#8217;inish sharoitidagi qahra.monlar hayoti aks etgan &#8220;Tosh sanam&#8221; (I.Ergashev), &#8220;Yovvoyi&#8221; (Q.Kamolova) hamda hamkorlikda ishlangan &#8220;Muhabbat va nafrat&#8221; (R.Botirov, J.Ristich), &#8220;Alibobo va qirq qaroqchi&#8221;, &#8220;Sevgi afsonasi&#8221; (L.Fayziyev, U.Mehra) kabi filmlar suratga olindi. Mustaqillikdan so&#8217;ng &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221;ning yangi tarixi boshlandi. O&#8217;zbek kinosini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida 1992 va 1996 yillar O&#8217;zbekiston Prezidenti tomonidan chiqarilgan qarorlar &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221;ni moliyalash va faoliyatini muvofiqlashtirishda sezilarli o&#8217;zgarishlarga olib keldi. Shundan so&#8217;ng film mazmuni, qahramonlari va uslubida milliylik kuchaydi. &#8220;Voiz&#8221; (Yu. Roziqov), &#8220;Yolg&#8217;iz yodgorim&#8221; (S.Nazarmuhamedov), &#8220;Chimildiq&#8221; (M.Abzalov), &#8220;Dilxiroj&#8221;, &#8220;O&#8217;rtoq Boykenjayev&#8221; (Yu.Roziqov), &#8220;Yodgor&#8221; (X.Nasimov), &#8220;Qor ustidagi Lola&#8221; (E.To&#8217;ychiyev, A.Shaxobiddinov) va boshqalar bunga misoldir. &#8220;Alpomish&#8221; (H.Fayziyev), &#8220;Osmondagi bolalar&#8221;, &#8220;Osmondagi bolalar \u2014 2&#8221; (Z.Musoqov), &#8220;Dev bilan pakana&#8221; (J.Qosimov), &#8220;Fellini&#8221; (N.Abbosov), &#8220;Qismat&#8221; (A.Akbarxo&#8217;jayev, A.Ismoilov) va boshqalar keyingi yillar mahsulidir. Xanjara Abulqosimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;O&#8217;ZBEKFILM&#8221; \u2014 badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. &#8220;O&#8217;zbekkino&#8221; milliy agentligi tizimida. Dastlab 1925 yil 4 iyunda Toshkentda &#8220;Sharq yulduzi&#8221; nomi bilan kinostudiya tashkil bo&#8217;lgan. Shayxontohurdagi Eshonqul madrasasi binosiga joylashgan. 20-yillarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekfilm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17618","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17619,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17618\/revisions\/17619"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}