{"id":17661,"date":"2022-02-17T14:24:29","date_gmt":"2022-02-17T11:24:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17661"},"modified":"2022-02-17T14:24:30","modified_gmt":"2022-02-17T11:24:30","slug":"boburnoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boburnoma\/","title":{"rendered":"&#8220;BOBURNOMA&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;BOBURNOMA&#8221; \u2014 jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o\u2019zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski o&#8217;zbek (Chig&#8217;atoy) tilida yozilgan (taxminan 1518\/19\u20141530). &#8220;Boburiya&#8221;, &#8220;Voqeoti Bobur&#8221;, &#8220;Voqeanoma&#8221;, &#8220;Tuzuki Boburiy&#8221;, &#8220;Tabaqoti Boburiy&#8221;, &#8220;Tavorixi Boburiy&#8221; kabi nomlar bilan ham ma&#8217;lum. Boburning o&#8217;zi esa &#8220;Vaqoe&#8221; va &#8220;Tarix&#8221; degan nomlarni ishlatgan. &#8220;Boburnoma&#8221;da 1494-1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afg&#8217;oniston va Hindistonda sodir bo&#8217;lgan tarixiysiyosiy voqealar yilma-yil o&#8217;ta aniqlik bilan bayon qilingan bo&#8217;lib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog&#8217;likdir. &#8220;Boburnoma&#8221; o&#8217;zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko&#8217;ra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494-1504), Afg&#8217;oniston (1504-24) va Hindiston (1524\u2014 30)dagi hukmdorlik davriga bo&#8217;linadi. Birinchi qismda Boburning otasi \u2014 temuriylarning Farg&#8217;ona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461-94) xususida hamda Boburning Farg&#8217;ona taxtiga o&#8217;ltirishi (1494 yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida o&#8217;z ulusidan mahrum bo&#8217;lishi (15-asr 90-yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497\u2014 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor tog&#8217;lari orqali taxminan 250 navkar bilan Afg&#8217;onistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, so&#8217;ng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishg&#8217;ol qilgani (1511), lekin Shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik ko&#8217;ra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Lo&#8217;diyni mag&#8217;lub etib, Shimoliy Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi ma&#8217;lumotlardan iborat. &#8220;Boburnoma&#8221;da keltirilgan barcha ma&#8217;lumotlar, xususan Farg&#8217;ona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chag&#8217;oniyon va shimoliy Afg&#8217;onistonning 15-asr 80-90-yillari va 16-asr 1-choragidagi siyosiy ahvoliga doir xabarlar o&#8217;zining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda o&#8217;zaro dushmanlik qilgan Temuriylar \u2014 Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysung&#8217;ur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikr-mulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din ta&#8217;limoti, tilshunoslik, jug&#8217;rofiya, tabiatshunoslik, ma&#8217;danshunoslik, dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha o&#8217;z tarixiy va ilmiy ahamiyatini yo&#8217;qotmagan ma&#8217;lumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning o&#8217;zi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha katta-kichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. O&#8217;sha davrdagi qo&#8217;shin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarog&#8217;turlari, qurg&#8217;onbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda ko&#8217;plab harbiy-ma&#8217;muriy istiloxlar (tuman, ulus, ko&#8217;kaltosh, eshikog&#8217;a, Axtachi, Tarxon, shig&#8217;ovul, sharbatchi (sharbatdor), Mubashshir, Tug&#8217;chi, miroxur, rikobdor, dorug&#8217;a, murchil, manjaniq, o&#8217;ron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, &#8220;Boburnoma&#8221;da Temuriylar qo&#8217;shinining tuzilishi, harbiy san&#8217;ati va boshqalar haqida ham noyob ma&#8217;lumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afg&#8217;oniston, Xuroson va Hindiston o&#8217;tmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasb-hunari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, an&#8217;anaviy tadbir-marosimlari, shuningdek o&#8217;sha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli ma&#8217;lumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Farg&#8217;ona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jug&#8217;rofiy-ma&#8217;muriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xo\u2019jalik, daryo va suv havzalari, cho&#8217;l-adirlari, tog&#8217;-sahrolari, bog&#8217;u rog&#8217;lari, tabiati, iqlimi, hayvonot va o&#8217;simliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal ma&#8217;lumotlar beriladi. Xususan 15-16- asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qo&#8217;yluk (qo&#8217;yunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turk-mo&#8217;g&#8217;ul qabilalarining urf-odatlari, harbiy mahoratlari haqidagi ma&#8217;lumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan g&#8217;oyatda qimmatli bo&#8217;lib, ular o\u2019zbek, qozoq, qirg&#8217;iz va b. turkiyzabon xalqlar etnik tarixini o&#8217;rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. &#8220;Boburnoma&#8221;da Farg&#8217;ona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, O&#8217;ratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chag&#8217;oniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan g&#8217;oyatda qiziqarli tavsif qilingan bo&#8217;lib, muallif o&#8217;zi yurgan yo&#8217;llar, o&#8217;zi bo&#8217;lgan shahar va qishloqlarni g&#8217;oyat darajada aniq tasvirlagan. &#8220;Boburnoma&#8221;da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi o&#8217;nlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli G&#8217;ijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi ko&#8217;plab san&#8217;atkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: &#8220;Alisherbek naziri yo&#8217;q kishi edi. Turkiy til bila to she&#8217;r aytibturlar,\u2014 hech kim oncha ko&#8217;p va xo&#8217;b aytqon emas&#8221;. &#8220;Boburnoma&#8221; 15-asr o\u2019zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, an&#8217;anaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqolmatallari, iboralari, ibratli o&#8217;gitlar, she&#8217;riy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, o&#8217;ziga xos joziba bag&#8217;ishlaydi. &#8220;Boburnoma&#8221; 16-asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko&#8217;p tillari \u2014 ingliz, golland, frantsuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha martalab tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, Frantsiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg&#8217;oniston, Turkiya, Yaponiya kabi o&#8217;nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadkiqotlarida &#8220;Boburnoma&#8221;ning insoniyat yaratgan o&#8217;lmas obidalar qatorida alohida o&#8217;rinda turishi ta&#8217;kidlanadi. &#8220;Boburnoma&#8221;ning jahonga mashhur bo&#8217;lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta bo&#8217;ldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi to&#8217;liq nashrini (ingliz tilida) 1826 yilda J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921 yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij &#8220;Boburnoma&#8221;ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o&#8217;zida &#8220;Boburnoma&#8221; tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda &#8220;Boburnoma&#8221;ning prof. V. Takston tomonidan AQShda (Kembrij shahri, Garvard universiteti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal so&#8217;zlik, ko&#8217;rsatkich va sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995-96) ilmiy tanqidiy matni nashr etildi. Ma&#8217;lumki, &#8220;Boburnoma&#8221; qo&#8217;lyozmalari matnida ba&#8217;zi yillar (1504-05, 1509-18, 1520-24) tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 yil voqealari bayoni tugal emas. Mana shu uzilish bo&#8217;lgan o&#8217;rinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar asosida ma&#8217;lum darajada tiklaganlar. &#8220;Boburnoma&#8221; forschaga (1586), undan parchalar Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan to&#8217;la holda frantsuz tiliga (1871) tarjima qilingan. &#8220;Boburnoma&#8221;ni tarjima qilish va tadqiq etishda, shuningdek Afg&#8217;oniston (Abdulxay Habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining xizmati ham katta. Rus sharqshunoslari (N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkin) ham &#8220;Boburnoma&#8221;dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy &#8220;Boburnoma&#8221;ni Qozonda nashr ettirdi (1857). &#8220;Boburnoma&#8221;ni hamda Boburning she&#8217;riy merosini o&#8217;rganishda o&#8217;zbekistonlik olimlar ham salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. Professor Fitrat tomonidan tuzilgan &#8220;O&#8217;zbek adabiyoti namunalari&#8221; xrestomatiyasida &#8220;Boburnoma&#8221;dan parchalar, Boburning 31 g&#8217;azali, 2 masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M. Sale &#8220;Boburnoma&#8221;ni rus tiliga to&#8217;la tarjima qilib, 3 marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi (S. Azimjonovaning kirish so&#8217;zi va tahriri ostida). P. Shamsiev va S. Mirzayevlar tomonidan &#8220;Boburnoma&#8221;ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi. 1956-66 yillarda Boburning uch jildli tanlangan asarlari chop etilib, unga Boburning she&#8217;riy devoni (1jild) va &#8220;Boburnoma&#8221; (2\u20143jildlar) kirgan. Bobur va uning ilmiy merosini o&#8217;rganishga S. Azimjonova katta ulush qo&#8217;shgan. &#8220;Boburnoma&#8221;ning M. Sale tomonidan qilingan tarjimalari uning batafsil so&#8217;z boshisi va tahriri ostida nashr etilgan. Ad.: Azi mjonova S, Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977; Uzbek adabiyoti tarixi, 3j., T., 1978; Axmedov B., Istoriko geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI\u2014XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985; Boburnoma, T., 1960; Le Livre de Babur, Parij, 1985; Baburname, T., 1993. Abdurashid Abdug&#8217;afurov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;BOBURNOMA&#8221; \u2014 jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o\u2019zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski o&#8217;zbek (Chig&#8217;atoy) tilida yozilgan (taxminan 1518\/19\u20141530). &#8220;Boburiya&#8221;, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boburnoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17661","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17661","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17661"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17661\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17662,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17661\/revisions\/17662"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17661"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17661"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17661"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}