{"id":17744,"date":"2022-02-18T20:04:37","date_gmt":"2022-02-18T17:04:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17744"},"modified":"2022-02-18T20:04:38","modified_gmt":"2022-02-18T17:04:38","slug":"boyovut","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boyovut\/","title":{"rendered":"BOYOVUT"},"content":{"rendered":"\n<p>BOYOVUT \u2014 o&#8217;zbek qabilalaridan biri. 14-asr tarixchisi Rashiduddinning &#8220;Jome attavorix&#8221; va Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning &#8220;Shajarayi turk&#8221; asarlarida Boyovutlar Movarounnahrga Chingizxon qo&#8217;shinlari bilan birga kelgan qabilalar qatorida ko&#8217;rsatilgan. Rashiduddinning yozishicha, qadimgi vaqtda Boyovut ancha katta qabilalardan biri bo&#8217;lib, bir necha tarmoqqa (bo&#8217;lakka) bo&#8217;lingan. 13\u2014 14-asrlarda Boyovutlarning katta bir qismi o&#8217;zbek, turkman xalqlari tarkibiga kirib, ular bilan aralashib ketgan. Qo&#8217;lyozma nasabnomalarning ba&#8217;zilarida Boyovut qadimgi 92 o&#8217;zbek urug&#8217;ining biri sifatida ko&#8217;rsatilgan. Qadimgi Boyovut urug&#8217;iga mansub bo&#8217;lgan kishilarning avlodlari hozirgi Guliston tumanining Boyovut qishlog&#8217;ida yashaydilar, ularning shevasi o&#8217;zbek tilining qipchoq lahjasiga kiradi. Ad.: Rashidaddin, Djami attavarix, t.1, 4.1, 2 izd., M., 1968; Abulg&#8217;ozi, Shajarayi turk, T., 1992.<\/p>\n\n\n\n<p>BOYOVUT (1961-91 yillarda Dmitrove) \u2014 Sirdaryo viloyatidagi shaharcha, Boyovut tumanining markazi. Aholisi 13,8 ming kishidan ziyod (2000), asosan o&#8217;zbeklar; shuningdek tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Eng yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi Farhodgacha 11 kilometr. Boyovut 1950 yillargacha oddiy qishloq bo&#8217;lgan. O&#8217;sha davrda Mirzacho&#8217;lni o&#8217;zlashtirish harakati boshlanishi bilan uzoq-yaqindan ko&#8217;chib kelganlar va quruvchilar hisobiga kengaydi. &#8220;Boyovut&#8221; atamasi qabila va joy nomi sifatida Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning &#8220;Shajarayi turk&#8221; va &#8220;Shajarayi tarokima&#8221; asarlarida &#8220;Boyo&#8217;tti&#8221;, &#8220;Boyovul&#8221;, &#8220;Boyo&#8217;tluq&#8221; shakllarida uchraydi. Boyovutda paxta tozalash zavodi, don va un kombinati, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, tuman tashkilotlari idoralari va dehqon bozori bor. Shaharcha hududidan o&#8217;tgan Janubiy Mirzacho&#8217;l kanalining o&#8217;ng sohilida &#8220;Motamsaro ona&#8221; yodgorligi o&#8217;rnatilgan. Mirzacho&#8217;lni o&#8217;zlashtirish tarixi muzeyi, kutubxona, internat maktabi, kasb-hunar litseyi, umumiy ta&#8217;lim maktablari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i va boshqalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOYOVUT \u2014 o&#8217;zbek qabilalaridan biri. 14-asr tarixchisi Rashiduddinning &#8220;Jome attavorix&#8221; va Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning &#8220;Shajarayi turk&#8221; asarlarida Boyovutlar Movarounnahrga Chingizxon qo&#8217;shinlari bilan birga kelgan qabilalar qatorida ko&#8217;rsatilgan. Rashiduddinning yozishicha, qadimgi vaqtda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boyovut\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17744","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17744","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17744"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17749,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17744\/revisions\/17749"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}