{"id":17751,"date":"2022-02-18T20:24:20","date_gmt":"2022-02-18T17:24:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17751"},"modified":"2022-02-18T20:24:21","modified_gmt":"2022-02-18T17:24:21","slug":"boyondur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boyondur\/","title":{"rendered":"BOYONDUR"},"content":{"rendered":"\n<p>BOYONDUR, boyundur \u2014 qipchoqpar, o&#8217;g&#8217;uzlar, shuningdek turkmanlar tarkibiga kirgan turkiy qabila. O&#8217;g&#8217;uzlar tarkibidagi Boyondurlarning bir qismi 12-asrda Janub rus dashtlariga ko&#8217;chib kelib rus yilnomalarida berendeylar nomi bilan mashhur bo&#8217;lganlar. Ular bijanaklar va Torklar Ittifoqi tarkibida 12-asr 1-yarmidagi Rusning vassali hisoblanganlar. Torklar ruslar tomonidan tormor keltirilgach, Boyondurlar ulardan ajrab chiqib, aksariyati rus knyazlari xizmatiga kirgan. Boyondurlarning soni Tork va bijanaklarning umumiy sonidan ham oshiq bo&#8217;lgan, shu tufayli ular yilnomalarda tez-tez uchraganlar. Boyondurlar siyosiy jihatdan ancha faol bo&#8217;lganlar, 12-asr o&#8217;rtalariga kelib bijanaklar, Torklar va Boyondur yagona ittifoq \u2014 chernie klobuki (qoraqalpoqpar) Ittifoqiga birlashganlar. Saljuqiylarning Sulton Sanjar davrida o&#8217;g&#8217;uz udumlariga qat&#8217;iy rioya etilgan: harbiy qo&#8217;shinning so&#8217;l qanotiga qo&#8217;mondonlik qilish Boyondur va bijanak qabilalari vakiliga topshirilgan. Turkmanlarning Boyondur qabilasi oq qo&#8217;yunlilar sulolasiga asos solgan. Oq qo&#8217;yunlilar davlati zamonasida (14-asr oxiri \u2014 16-asr boshlari) Dada Qo&#8217;rqut haqida Doston yaratilgan, unda barcha o&#8217;g&#8217;uzlarning xoni deb Boyondurxon ismi keltirilgan. Abulg&#8217;oziy Bahodirxoning yozishicha, Boyondurlar Iroqda ham yashaganlar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOYONDUR, boyundur \u2014 qipchoqpar, o&#8217;g&#8217;uzlar, shuningdek turkmanlar tarkibiga kirgan turkiy qabila. O&#8217;g&#8217;uzlar tarkibidagi Boyondurlarning bir qismi 12-asrda Janub rus dashtlariga ko&#8217;chib kelib rus yilnomalarida berendeylar nomi bilan mashhur bo&#8217;lganlar. Ular &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boyondur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17751","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17751","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17751"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17751\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17754,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17751\/revisions\/17754"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17751"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17751"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17751"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}