{"id":17813,"date":"2022-02-19T19:40:39","date_gmt":"2022-02-19T16:40:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17813"},"modified":"2022-02-19T19:40:40","modified_gmt":"2022-02-19T16:40:40","slug":"bozor-islohotlari-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozor-islohotlari-instituti\/","title":{"rendered":"BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI, O&#8217;zbekiston agrar sanoat majmuida bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti \u2014 ilmiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligining Qishloq xo&#8217;jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. Toshkent shahrida joylashgan. 1957 yilda O&#8217;zbekiston qishloq xo\u2019jlik mahsulotlari yetishtirish va iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1963-92 yillarda O&#8217;rta Osiyo qishloq xo\u2019jalik iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti, 1992-94 yillarda O&#8217;zbekiston qishloq xo\u2019jalik iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti nomlari bilan yuritilgan. 1994 yildan hozirgi nomda. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlari o&#8217;tish davri qishloq xo\u2019jalik islohotlari jarayonlarini kompleks o&#8217;rganish, agrar sohada islohotlar o&#8217;tkazish tamoyillari va ilmiy asoslarini ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish orqali mamlakat agrar sektorida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar tayyorlash; agrosanoat majmui tarmoqlarining o&#8217;zaro iqtisodiy aloqalarni yaratish; boshqarishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish; ko&#8217;p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, mulk shakli, shuningdek tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib eng samarali xo&#8217;jalik yuritish usullarini aniqlash; bozor infratuzilmasi, marketing va menejmentini shakllantirish; axborot ta&#8217;minoti va boshqalar. Institutda (2000) 14 sektor bor (ikki ijodiy guruh faoliyat ko&#8217;rsatadi). Institutda 3 akademik, 3 fan doktori, 24 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi. Respublikadagi 10 ilmiy tadqiqot intlari bilan hamkorlik qiladi, shuningdek Rossiya, Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil davlatlarning ilmiy markazlari, oliy o&#8217;quv yurtlari bilan aloqalar o&#8217;rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI, bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti \u2014 ilmiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo&#8217;llab-quvvatlash davlat qo&#8217;mitasiga qaraydi. Qo&#8217;mitaning ko&#8217;p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari ilmiy tadiqoqt markazi negizida 1997 yilda Toshkentda tashkil etilgan. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlari: O&#8217;zbekistonda bozor islohotlari jarayonlarini tahlil qilish, iqtisodiyotni isloh qilishning jahon tajribalarini o&#8217;rganish, respublikada bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish bo&#8217;yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash; iqtisodiyot xususiy sektorining jadal rivojlanishini rag&#8217;batlantirish va mulkdorlar huquqlarining kafolatini kuchaytirish, qimmatli qog&#8217;ozlar va ko&#8217;chmas mulk bozorlarini rivojlantirish bo&#8217;yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalardan iborat. Institut tarkibida quyidagi bo&#8217;limlar bor (2000): institutsional o&#8217;zgarishlar va bozor islohotlarini chuqurlashtirishning ilmiy asoslari; xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyin korxonalarni qo&#8217;llab quvvatlash; kichik va o&#8217;rta tadbirkorlikning rivojlanishini rag&#8217;batlantirish; bozor infratuzilmalarini rivojlantirish; qishloq xo\u2019jalikda institutsional o&#8217;zgarishlar; xorijiy sarmoyalarni jalb etishni rag&#8217;batlantirish; davlat mulkini boshqarishni tashkil qilish; hisoblash va kompyuterlashtirish tizimlari; axborot ta&#8217;minoti. Institutda professor va fan doktorlari, 4 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI, O&#8217;zbekiston agrar sanoat majmuida bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti \u2014 ilmiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligining Qishloq xo&#8217;jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozor-islohotlari-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17813","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17813","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17813"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17813\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17814,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17813\/revisions\/17814"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17813"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17813"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17813"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}