{"id":17815,"date":"2022-02-19T19:59:46","date_gmt":"2022-02-19T16:59:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17815"},"modified":"2022-02-19T19:59:47","modified_gmt":"2022-02-19T16:59:47","slug":"bozor-iqtisodiyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozor-iqtisodiyoti\/","title":{"rendered":"BOZOR IQTISODIYOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOZOR IQTISODIYOTI \u2014 tovar pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo&#8217;lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo&#8217;jalik emas, balki tovar xo&#8217;jaligi hukmron bo&#8217;ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya&#8217;ni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural iste&#8217;mol o&#8217;rniga tovar iste&#8217;moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya&#8217;ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo&#8217;jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy bo&#8217;lgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo&#8217;ladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiy individual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo&#8217;lib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo&#8217;l berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o&#8217;z mulki va mablag&#8217;iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko&#8217;tarib ish yuritish usullari mavjud bo&#8217;ladi. Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik bo&#8217;lib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7-10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotida har bir kishi o&#8217;z manfaatidan kelib chiqqan holda, qo&#8217;lidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini o&#8217;zi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab \u2014 taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub&#8217;yektlar alohidalashganidan ular manfaati to&#8217;qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo&#8217;ladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta&#8217;minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag&#8217;batlantirish mexanizmi bo&#8217;lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko&#8217;plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta&#8217;minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga \u2014 hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy bo&#8217;lish man etilmaydi, aksincha, unga yo&#8217;l ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi bo&#8217;lmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqidan past bo&#8217;lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo&#8217;lmagan, tovarlar mo&#8217;l ko&#8217;lligi ta&#8217;minlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir belgi \u2014 bu daromadlarda adolatli tengsizlikning bo&#8217;lishidir. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil bo&#8217;lmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad ko&#8217;radi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uyg&#8217;otib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun bo&#8217;lsada, pul bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan insoniy munosabatlar: mehr-shafqat va xayr ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berishga xizmat qiladi va puldan pul chiqarib olishni ko&#8217;zlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo bo&#8217;ladi. Tarixan Bozor iqtisodiyotining 2 turi bo&#8217;lgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti, madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamg&#8217;arilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo bo&#8217;lib, unga xususiy mulkning ozchilik qo&#8217;lida to&#8217;planishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o&#8217;ta boy va o&#8217;ta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos bo&#8217;lgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali ma&#8217;rifatli iqgisodiyotga o&#8217;sib o&#8217;tadi. Bunday o&#8217;zgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30-yillarida boshlanib, 80-yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo&#8217;lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va halol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo&#8217;lmasligi, o&#8217;ziga to&#8217;q va farovon yashovchi o&#8217;rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to&#8217;qnashuvlarga o&#8217;rin qolmasligi va boshqalar. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini xarakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi. Ad.; Karimov I., O&#8217;zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo\u2019lida, T., 1995; O&#8217;lmasov A., Sharifxo&#8217;jayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; O&#8217;lmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliev N., Bozorga o&#8217;tishning mashaqqatli yo&#8217;li, T., 1999. Ahmadjon O&#8217;lmasov, Sherqul Shodmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOZOR IQTISODIYOTI \u2014 tovar pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo&#8217;lgan eng progressiv va istiqbolli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozor-iqtisodiyoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17815","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17815","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17815"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17815\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17816,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17815\/revisions\/17816"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17815"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17815"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17815"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}