{"id":17820,"date":"2022-02-19T20:23:24","date_gmt":"2022-02-19T17:23:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17820"},"modified":"2022-02-19T20:23:26","modified_gmt":"2022-02-19T17:23:26","slug":"bozor-iqtisodiyotiga-otish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozor-iqtisodiyotiga-otish\/","title":{"rendered":"BOZOR IQTISODIYOTIGA O&#8217;TISH"},"content":{"rendered":"\n<p>BOZOR IQTISODIYOTIGA O&#8217;TISH \u2014 an&#8217;anaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o&#8217;tish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki an&#8217;anaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini ta&#8217;minlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yo&#8217;li tanlanadi. Tarixan Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishning uch yo&#8217;lini ko&#8217;rsatish mumkin: 1) an&#8217;anaviy natural xo&#8217;jaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish; 2) qoloq va mustamlaka xarakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish. Shunga ko&#8217;ra Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod bo&#8217;lgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model eng ko&#8217;hna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos bo&#8217;lgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish ko&#8217;p bosqichli bo&#8217;lib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab an&#8217;anaviy natural xo&#8217;jalik mayda tovar xo&#8217;jaligiga, bu esa o&#8217;z navbatida asov bozor iqtisodiyotiga aylangan. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishga xos bo&#8217;lgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan o&#8217;tgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish to&#8217;plangan tarixiy tajribaga tayandi: an&#8217;anaviy xo&#8217;jalikni bozor xo&#8217;jaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar ta&#8217;sirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sun&#8217;iy ravishda to&#8217;xtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari o&#8217;z tabiatiga mos tushadigan iqtisodiy zamindan \u2014 xususiy mulkchilikdan o&#8217;sib chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish jarayoni tarixiy sakrash shaklida, ya&#8217;ni Yevropa uchun muqarrar bo&#8217;lgan tarixiy bosqichlarni o&#8217;tamay, ularni chetlagan holda an&#8217;anaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xo&#8217;jaligidan uning rivojlangan shakliga o&#8217;tish sari bormoqda. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishning eng so&#8217;nggi modeli sobiq sosialistik mamlakatlar modeli bo&#8217;lib, o&#8217;tish bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishning dastlabki shart sharoiti har xil, shunga ko&#8217;ra aholi orasida bozor ko&#8217;nikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xo&#8217;jaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. O&#8217;tish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish ulardan ba&#8217;zilarining davlat mustaqilligini ta&#8217;minlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. O&#8217;zbekistonning Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish ham milliy mustaqillik va keng ko&#8217;lamli bozor islohotlarining o&#8217;tkazilishi bilan amalga oshirilmoqda. Ad.: Karimov I., O&#8217;zbekiston \u2014 bozor munosabatlariga o&#8217;tishning o&#8217;ziga xos yo&#8217;li, T., 1993; Karimov I., O&#8217;zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo&#8217;lida, T., 1995; Karimov I., O&#8217;zbekiston XXI asr bo&#8217;sag&#8217;asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Ekonomika perexodnogo perioda, M., 1995; O&#8217;lmasov A., Sharifxo&#8217;jayev M ., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; To&#8217;xliev N., Bozorga o&#8217;tishning mashaqqatli yo&#8217;li, T., 1999. Ahmadjon O&#8217;lmasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOZOR IQTISODIYOTIGA O&#8217;TISH \u2014 an&#8217;anaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o&#8217;tish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki an&#8217;anaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozor-iqtisodiyotiga-otish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17820","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17820","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17820"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17820\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17821,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17820\/revisions\/17821"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17820"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17820"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17820"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}