{"id":18312,"date":"2022-02-21T10:41:09","date_gmt":"2022-02-21T07:41:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18312"},"modified":"2022-02-21T10:41:11","modified_gmt":"2022-02-21T07:41:11","slug":"boychechak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boychechak\/","title":{"rendered":"BOYCHECHAK"},"content":{"rendered":"\n<p>BOYCHECHAK (Gageastipitata) \u2014 piyozdoshlar oilasiga mansub ko&#8217;p yillik o&#8217;t. Bo&#8217;yi 7-20 santimetr. Ildiz bo&#8217;g&#8217;zi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi o&#8217;simlikning bo&#8217;yiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalaminashtarsimon, poyani bir oz o&#8217;rab turadi. Gulqo&#8217;rg&#8217;oni 6 ta, oddiy tojsimon, tutashmagan, sarg&#8217;ish, 5-7 millimetr uzunlikdagi gulbarglardan tashkil topgan. Changchisi 6 ta, gulqo&#8217;rg&#8217;oniga nisbatan sal qisqa. Tugunchasi 3 uyali. Ko&#8217;sakchasi bandchali, gulqo&#8217;rg&#8217;ondan 1,5 baravar qisqa. Boychechak bahor darakchilaridan biri. Fevral\u2014mart oylarida gullab, meva beradi. Cho&#8217;l va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda Toshloq tuproqli yerlarida o&#8217;sadi. Boychechak Afg&#8217;oniston va Eronda ham uchraydi. O&#8217;zbekistonning ayrim joylarida za&#8217;faron (Crocus alatavicus) va Savrinjon (Colchicum liteum)ni ham Boychechak deb atashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8220;BOYCHECHAK&#8221; \u2014 mavsumiy marosim qo&#8217;shig&#8217;i. Turkiy xalqlarda qadim zamonlardan kattalar, keyinchalik bolalar tomonidan kuylab kelingan. Bolalar erta bahorda dala va bog&#8217;lardan boychechaklar terib, undan guldastalar yasaganlar, tol navdalaridan chambarlar qilib, boshlariga kiyganlar hamda guldastalar ko&#8217;targan holda uymauy yurib, &#8220;Boychechak&#8221; qo&#8217;shig&#8217;ini aytganlar, uy egalariga gullar ulashganlar. Bolalardan biri asosiy to&#8217;rtliklarni kuylagan, qolganlari naqarotni jo&#8217;r bo&#8217;lib ijro etishgan. Shu tariqa uy egalaridan sovg&#8217;asalomlar olishgan. &#8220;Boychechak&#8221; qo\u2019shiqlarida dehqonlar ekin-tikin ishlarini boshlashga, chorvadorlar chorvasini qishlovdan yaylovga ko&#8217;chirishiga da&#8217;vat qilingan. Ko&#8217;klamga xos tabiat hodisalari, xalq an&#8217;analari shavq-zavq bilan tarannum etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOYCHECHAK (Gageastipitata) \u2014 piyozdoshlar oilasiga mansub ko&#8217;p yillik o&#8217;t. Bo&#8217;yi 7-20 santimetr. Ildiz bo&#8217;g&#8217;zi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi o&#8217;simlikning bo&#8217;yiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boychechak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18312","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18312","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18312"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18312\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18316,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18312\/revisions\/18316"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18312"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18312"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18312"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}