{"id":18414,"date":"2022-02-21T19:25:32","date_gmt":"2022-02-21T16:25:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18414"},"modified":"2022-02-21T19:25:33","modified_gmt":"2022-02-21T16:25:33","slug":"boshqariladigan-ballistik-raketa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boshqariladigan-ballistik-raketa\/","title":{"rendered":"BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA"},"content":{"rendered":"\n<p>BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA \u2014 raketa dvigateli va avtomatik boshqarish tizimi bilan ta&#8217;minlangan uchuvchi apparat. Apparat raketaning jangovar qismi (kallagi)ni nishon turgan joyga yetkazib beradi. Jangovar qismining uchish traektoriyasi (yo&#8217;nalishi) boshqariladi. Boshqariladigan ballistik raketa 3 xil: taktik, operativtaktik va strategik xillarga bo&#8217;linadi. Taktik Boshqariladigan ballistik raketalar bir necha o&#8217;n kilometrga otiladi. Undan umumqo&#8217;shin qismlari va qo&#8217;shilmalari jangovar vazifalarini bajarishda foydalaniladi. Operativtaktik Boshqariladigan ballistik raketa bir necha yuz kilometrga otiladi. Bu xil raketalardan yirik qo&#8217;shilmalar (masalan, korpus, armiya) jangovar harakatlarida foydalaniladi. Strategik Boshqariladigan ballistik raketa ikki: o&#8217;rtacha uzoqlikka otiladigan va qit&#8217;alararo turlarga bo&#8217;linadi. Raketa dvigateli tipiga ko&#8217;ra, Boshqariladigan ballistik raketalarning qattiq yoqilg&#8217;i, suyuq yonilgi, yadro energiyasi bilan ishlaydigan xillari bo&#8217;ladi. Boshqariladigan ballistik raketalar yer yuzasi, yer ostiga qurilgan inshoot, kema, suv osti kemasidan uchirilishi mumkin. Shunga ko\u2019ra, Boshqariladigan ballistik raketalar &#8220;yeryer&#8221;, &#8220;yerkema&#8221;, &#8220;kemayer&#8221;, &#8220;kemakema&#8221; sinfidagi raketalarga bo&#8217;linadi. Boshqariladigan ballistik raketa tikka uchiriladi. Boshqariladigan ballistik raketa tegishli balandlikka ko&#8217;tarilgach, boshqaruvchi asboblar yordamida gorizontal harakatga o&#8217;tkaziladi. Dvigatel to&#8217;xtagandan keyin raketa o&#8217;z inersiyasi bilan artilleriya snaryadi kabi uchadi. Uchirilgan raketa 2 xil usulda \u2014 avtonom (mustaqil) va aralash tizimda boshqarilishi mumkin. Avtonom tizim inersiyaga asoslangan bo&#8217;lib, radioaloqa ishlamay qolgandagina raketaning uchishini boshqaradi. Biroq bunda nishonga yetib borish aniqligi kamayadi. Uchish dasturi raketaning boshqarish tizimidagi asbobga oldindan o&#8217;rnatib qo&#8217;yiladi. Raketa uchishiga doyr buyruq yerdagi boshqarish punktidan raketaning radio orqali boshqarish tizimiga yuboriladi. Radio orqali boshqarish tizimi raketa dvigateli to&#8217;xtaguncha ishlaydi. Bu tizimdan foydalanilganda raketaning nishonga yetib borish aniqigi ortadi. Boshqariladigan ballistik raketaning jangovar qismida yadro yoki termoyadro quroli, bakteriologik qurol, kimyoviy va yondiruvchi moddalar bo&#8217;lishi mumkin. Boshqariladigan ballistik raketalar bir yoki ko&#8217;p bosqichli bo&#8217;ladi. Har qaysi bosqichda dvigatel va boshkarish asboblari bo&#8217;ladi. Birinchi (pastki) bosqich boshqa bosqichlarga qaraganda og&#8217;irroq qilinadi. Birinchi bosqich raketani erdan ko&#8217;taradi, tezligini oshiradi, havoning zich qatlamlaridan o&#8217;tkazib beradi; yoqilgi tugagach, birinchi bosqich ajralib qoladi. Qolgan bosqichlar dvigatellari birinketin ishga tushib, raketaning tezligini oshirib boradi. Ikki bosqichli Boshqariladigan ballistik raketaning tezligi sekundiga 7 kilometrdan, uch bosqichliniki esa ikkinchi kosmik tezlik (sekundiga 11,2 kilometr)dan oshiqroq bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA \u2014 raketa dvigateli va avtomatik boshqarish tizimi bilan ta&#8217;minlangan uchuvchi apparat. Apparat raketaning jangovar qismi (kallagi)ni nishon turgan joyga yetkazib beradi. Jangovar qismining uchish traektoriyasi (yo&#8217;nalishi) boshqariladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boshqariladigan-ballistik-raketa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18414","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18414","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18419,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18414\/revisions\/18419"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}