{"id":18461,"date":"2022-02-22T17:15:10","date_gmt":"2022-02-22T14:15:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18461"},"modified":"2022-02-22T17:15:11","modified_gmt":"2022-02-22T14:15:11","slug":"bola-huquqlari-togrisida-konventsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bola-huquqlari-togrisida-konventsiya\/","title":{"rendered":"BOLA HUQUQLARI TO&#8217;G&#8217;RISIDA KONVENTSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>BOLA HUQUQLARI TO&#8217;G&#8217;RISIDA KONVENTSIYA \u2014 bolalar huquq to&#8217;g&#8217;risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo&#8217;lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to&#8217;la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Konventsiya 1959 yilda qabul qilingan bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya &#8220;Insoniyat o&#8217;zida mavjud bo&#8217;lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur&#8221; deb e&#8217;lon qilgan edi. Konventsiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to&#8217;g&#8217;risidagi qonunlarni o&#8217;zida mujassamlashtirgan. Bola huquqlari to\u2019g\u2019risida konventsiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konventsiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog&#8217;at yoshi birmuncha erta belgilangan bo&#8217;lmasa, 18 yoshga to&#8217;lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Bola huquqlari to\u2019g\u2019risida konventsiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yig&#8217;indisidan iborat. U bolalar o&#8217;zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog&#8217;lig&#8217;i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo&#8217;lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan ta&#8217;minlanishi zarurligini talab etadi. Konventsiyaga ko\u2019ra, bola o&#8217;zining kamol topishida o&#8217;zi faol ishtirok etish, o&#8217;z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini ta&#8217;minlaydi. Konventsiya bolaning yashash va sog&#8217;lom rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bog\u2019liq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni o&#8217;z ichiga oladi, bolalarga g&#8217;amxo&#8217;rlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam ko&#8217;rsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik \u2014 Konventsiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e&#8217;tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sog&#8217;lig&#8217;ining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, biron-bir kamsitishlarsiz o&#8217;z huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari to\u2019g\u2019risida konventsiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga O&#8217;zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda qo&#8217;shilgan. Konventsiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo&#8217;shilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar bo&#8217;yicha bola huquqlari qo&#8217;mitasiga muntazam ravishda milliy ma&#8217;ruzalar yuborib turadi. O&#8217;zbekiston Respublikasida ushbu Konventsiyani bajarish bo&#8217;yicha birinchi milliy ma&#8217;ruza 1997 yilda tayyorlandi. Akmal Saidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOLA HUQUQLARI TO&#8217;G&#8217;RISIDA KONVENTSIYA \u2014 bolalar huquq to&#8217;g&#8217;risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo&#8217;lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to&#8217;la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bola-huquqlari-togrisida-konventsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18461","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18461","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18461"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18461\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18463,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18461\/revisions\/18463"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18461"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18461"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18461"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}