{"id":18488,"date":"2022-02-23T09:29:58","date_gmt":"2022-02-23T06:29:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18488"},"modified":"2022-02-23T09:29:59","modified_gmt":"2022-02-23T06:29:59","slug":"bolalar-va-osmirlar-gigiyenasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolalar-va-osmirlar-gigiyenasi\/","title":{"rendered":"BOLALAR VA O&#8217;SMIRLAR GIGIYENASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOLALAR VA O&#8217;SMIRLAR GIGIYENASI \u2014 gigienaning bir sohasi; go&#8217;daklikdan boshlab to 17-18 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar va o&#8217;smirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shug&#8217;ullanadi. Hayot sharoiti, o&#8217;quvtarbiya va mehnatning o&#8217;sayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday ta&#8217;sir qilishini o&#8217;rganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sog&#8217;lom o&#8217;sishiga hamda har tomonlama to&#8217;g&#8217;ri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va o&#8217;smirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, ya&#8217;ni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqpi bo&#8217;lishi mumkin. Bolalar va o&#8217;smirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, ta&#8217;lim-tarbiyasiga ta&#8217;sirini o&#8217;rganadi, o&#8217;sayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va ma&#8217;naviy jihatdan uyg&#8217;un rivojlanishi uchun zarur bo&#8217;lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bolalar va o&#8217;smirlar sog&#8217;lig&#8217;ini o&#8217;rganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o&#8217;smirlar organizmiga ta&#8217;sirini o&#8217;rganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sog&#8217;lig&#8217;ini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazish) bilan birga antropometrik usullarni qo&#8217;llash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar \u2014 uyqu, uyg&#8217;oqlik, ovqatlanish (emish) ning o&#8217;z vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni ma&#8217;lum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shu kabi bolaning o&#8217;sishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi ta&#8217;sir qiladi. Bolani hamisha ma&#8217;lum vaqtda (har 3\u20143,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha ma&#8217;lum vaqtda uxlab, ma&#8217;lum vaqtda uyg&#8217;onishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qo&#8217;yish, uyg&#8217;oqligida esa ko&#8217;ruv va eshituv a&#8217;zolariga turli yo&#8217;llar bilan ta&#8217;sir etish (kattalarning gap-so&#8217;zlari, rangli, jarangdor o&#8217;yinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini o&#8217;zgartirib turish (bolani vaqt-vaqti bilan qo&#8217;lga olish yoki qorni bilan yotqizib qo&#8217;yish) kerak. Bola nechog&#8217;li yosh bo&#8217;lsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha ko&#8217;p ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, o&#8217;ynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi. Bolalar va o&#8217;smirlar faoliyati gigienasi. Bunda bolalarning sog&#8217;lig&#8217;iga qarab ish faoliyatini belgilash va asta-sekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko&#8217;rish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bog&#8217;cha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga mos keladigan kun tartibi joriy qilinadi. O&#8217;sib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab o&#8217;quvchilarining mashg&#8217;ulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1-sinf o&#8217;quvchilari uchun 1\u2014 1,5 soat, 3-4 sinf o&#8217;quvchilari uchun 1,5\u20142 soat, 5-6 sinf o&#8217;quvchilari uchun 2 soat, 7-8 sinf o&#8217;quvchilari uchun 2,5\u20143 soat, 9-10 sinf o&#8217;quvchilari uchun 3-4 soat bo&#8217;lishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40-45 minutdan keyin 10-15 minutdam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun mashg\u2019ulotlardan keyin turli o&#8217;yin, sport, foydali mehnat bilan shug&#8217;ullanishlari yaxshi natija beradi. Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va o&#8217;smirlar gigiyenasining bu qismida bolalar va o&#8217;smirlar muassasalari loyihasini tuzish va kurishda gigiena tadbirlarini ko&#8217;zda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalar yorug&#8217; va issiq bo&#8217;lishi, sanitariya texnika inshootlari to&#8217;g&#8217;ri qurilishi, toza havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun mo&#8217;ljallangan jihozlar bilan ta&#8217;minlanishi kerak. Bolalar va o&#8217;smirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati, bolalar muassasalari (bolalar uylari, sanatoriylar, tashkil qilingan sayohat va yurishlar)da ovqatlanish tartibi o&#8217;rganiladi hamda o&#8217;sish davrida energiya sarfi me&#8217;yori ishlab chiqiladi. Bolalarga to&#8217;yimli, mazali va xilma-xil ovqat berish, ovqatda oqsil, yog&#8217;, uglevod, vitamin, mineral tuzlar yetarli bo&#8217;lishi kerak. To&#8217;g&#8217;ri ovqatlanish bolaning turli kasalliklarga chidamini oshiradi, aqliy, jismoniy va mehnat qobiliyati barkamol bo&#8217;lishini ta&#8217;minlaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar 4\u2014 4,5 soatda ovqatlanishi kerak. Nonushtada sutkali kaloriyaning taxm. 25%ini beradigan oqsillarga boy sabzavot, guruchdan pishirilgan ovqatlar, tushlik sutkali kaloriyaning 35\u2014 40%ni, kechki ovqat sutkali kaloriyaning taxminan 20-25%ini tashkil etishi va birmuncha yengil sutli, sabzavotli hamda yormadan pishirilgan ovqatlardan iborat bo&#8217;lishi lozim. Sutkali kaloriyaning qolgan 10-15%ni ikkinchi nonushtadan yoki tushlikdan keyin iste&#8217;mol qilgan ma&#8217;qul. Bolalar va o&#8217;smirlarga tibbiy xizmat ko&#8217;rsatish. Bolalar va o&#8217;smirlar gigiyenasining bu qismida tibbiy xizmat ko&#8217;rsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar ko&#8217;rish mo&#8217;ljallangan. Salomatligi zaiflashib qolgan, nimjon (revmatizm, tonzillit, sil intoksikasiyasi bilan og&#8217;rigan), shuningdek kasallikdan tuzalib kelayotgan bolalar uchun bolalar poliklinikasi yoki maktab vrachi ishtirokida alohida tartib tuziladi; ana shunday kasalliklarni boshdan kechirgan asabiy bolalarning o&#8217;qishini davom ettirishi hamda salomatligini tiklay borishi uchun maxsus sharoit yaratiladi (sanatoriy maktablari va boshqalar). Bunday muassasalarda o&#8217;qish bilan birga shifobaxsh badantarbiya, fizioterapiya, maxsus parhez, sof havodan ko&#8217;proq bahramand bo&#8217;lish kabi davo usullari qo&#8217;llaniladi. Bolani yoshligidan boshlab to&#8217;g&#8217;ri uyushtirilgan jismoniy tarbiya va chiniqtirish tizimiga o&#8217;rgata borish katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi oylarida massaj va jismoniy mashqlar bilan birga toza havodan bahramand qilish, keyinchalik esa sochiqni ho&#8217;llab badanni artish, cho&#8217;milish, kattaroq yoshdagi bolalarni dushga tushirib yoki ustidan suv quyib cho&#8217;miltirish bola organizmining kasallikka chidamini oshiradi va baquvvat qiladi. Bu tadbirlar muntazam bo&#8217;lishi va vrach bilan maslahatlashib olinganidan keyingina tatbiq etilishi kerak. Bolalar va o&#8217;smirlar muassasalarida hamma gigiena mezonlari va tavsiyanomalariga rioya qilinishini shahar va qishloq tumanlarining sanitariya-epidemiologiya stansiyalaridagi sanitariya vrachlari nazorat qilib turadi. Akmal Sultonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOLALAR VA O&#8217;SMIRLAR GIGIYENASI \u2014 gigienaning bir sohasi; go&#8217;daklikdan boshlab to 17-18 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar va o&#8217;smirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shug&#8217;ullanadi. Hayot sharoiti, o&#8217;quvtarbiya va mehnatning o&#8217;sayotgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolalar-va-osmirlar-gigiyenasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18488","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18488","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18488\/revisions\/18491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}