{"id":18492,"date":"2022-02-23T09:48:29","date_gmt":"2022-02-23T06:48:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18492"},"modified":"2022-02-23T09:48:31","modified_gmt":"2022-02-23T06:48:31","slug":"bolalar-kasalliklari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolalar-kasalliklari\/","title":{"rendered":"BOLALAR KASALLIKLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOLALAR KASALLIKLARI \u2014 asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida o&#8217;ziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga ko&#8217;ra ona qornida o&#8217;sish davri, chaqaloqlik davri, bola tug&#8217;ilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (3 yoshgacha), maktabgacha davri (7 yoshgacha), boshlang&#8217;ich maktab yoshidagi (12 yoshgacha) va o&#8217;smirlik yoki balog&#8217;atga yetish davri (18 yoshgacha) farq qilinadi. Ona qornida o&#8217;sish davri bolaning shakllanishida muhim rol o&#8217;ynaydi; homiladorlik davridagi zararli omillar (kasalliklar, intoksikasiyalar, turmush va ovqatlanish sharoitining kam-ko&#8217;stligi, dori-darmonlar ta&#8217;siri) onagagina emas, qornidagi homilaning o&#8217;sishi va rivojlanishiga ham ta&#8217;sir etadi. Bu davrda ko&#8217;proq tug&#8217;ruq vaqtidagi zararlanishlar (asfiksiya, shikastlanishlar, falajlar, stafilokokk infektsiyalar) kuzatiladi. Chaqaloqlar ayrim infektsion kasalliklarga tug&#8217;ma chidamli bo&#8217;ladi, biroq ularga (ayniqsa, chala tug&#8217;ilgan bolalarga) yiringlatuvchi mikroblar avvalo, stafilokokklar tez ta&#8217;sir qilib, kindik jarohatining yiringli yallig&#8217;lanishiga, chilla yaraga va hatto chaqaloqlar sepsisi kabi og&#8217;ir kasallikka sabab bo&#8217;ladi. Bu davrda zotiljam ham xavfli kasallik hisoblanadi. Emizikli davrida bola ovqatning o&#8217;zgarishiga moslanishi ancha qiyin, uni noto&#8217;g&#8217;ri ovqatlantirilganda me&#8217;daichak buzilishlari (diareya, ichak infektsiyalari va boshqalar), moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Bu davrda nafas va hazm a&#8217;zolarining kasalliklari og&#8217;ir o&#8217;tadi; bolani noto&#8217;g&#8217;ri ovqatlantirish, sof havo va quyosh nuridan yetarli bahramand etmaslik natijasida raxit avj oladi, diatez, spazmofiliya bot-bot uchraydi. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o&#8217;z tengqurlari bilan o&#8217;ynab yurgan chog&#8217;ida ko&#8217;kyo&#8217;tal, qizamiq, difteriya, tepki va boshqa yuqishi mumkin. Bundan tashqari, onasidan o&#8217;tgan immunitetning kuchi yo&#8217;qoladi. Shuning uchun bu davrda bolalar emlanib (vaktsinasiya), immunitet vujudga keltiriladi. Maktab yoshidagi bolalarda yuqumli kasalliklar ko&#8217;proq uchraydi. Emizikli bola ko&#8217;kyo&#8217;tal va qizamiq bilan og&#8217;riganda ko&#8217;pincha o&#8217;pkasi ham yallig&#8217;lansa, maktab yoshidagi bolalarda bu kasalliklar aksari asoratsiz o&#8217;tadi (o&#8217;pka yallig&#8217;lanmaydi). Boshlang&#8217;ich maktab yoshidagi bolalarda angina, yurak va buyrak kasalliklari, shuningdek allergik kasalliklar ko&#8217;proq uchraydi. Kattaroq bolalarda va o&#8217;smirlik (balog&#8217;atga yetish) davrida yurak-tomir, nerv va endokrin sistemalar (ichki sekresiya bezlari) faoliyatida jiddiy o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi. Sof havodan etarli bahramand bo&#8217;lmaydigan, sport bilan shug&#8217;ullanmaydigan, kun tartibiga rioya qilmaydigan o&#8217;quvchilarda bu sistemalar ko&#8217;proq kasallanadi. Demak, Bolalar kasalliklarining turli shakllari organizmning chidamliligiga, yuqumli kasalliklarga qarshilik ko&#8217;rsatish kuchiga, bolaning yoshiga bog&#8217;liq. Har bir kasallik, u qanday bo&#8217;lishidan qat&#8217;i nazar (yuqumli yoki yuqumsiz) jismonan barkamol, sog&#8217;lom bolada yengilroq, ozg&#8217;in, nimjon bolada esa og&#8217;irroq o&#8217;tadi. Bir xil mikrob qo&#8217;zg&#8217;atgan kasallik bolaning turli yoshida turlicha kechadi. Bolalar kasalliklarining oldini olishda bola organizmining o&#8217;ziga xos xususiyatlari ko&#8217;zda tutiladi. Emizikli davrda ona suti eng maqbul oziq bo&#8217;lib, bolani qo&#8217;shimcha ovqatlantirish zaruriyati bo&#8217;lganda faqat vrach (pediatr) bilan maslahatlashib olish kerak. Go&#8217;daklarni sut oshxonalari orqali ovqatlantirishning to&#8217;g&#8217;ri tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolalar kasalliklari qancha barvaqt aniqlanib, vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Buning uchun kattalar va ota-onalar Bolalar kasalliklarining oldini olish usullarini va dastlabki belgilarini bilishlari, bolada kasallikka xos biror alomat sezganda darhol vrachga murojaat etishlari zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOLALAR KASALLIKLARI \u2014 asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida o&#8217;ziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga ko&#8217;ra ona qornida o&#8217;sish davri, chaqaloqlik davri, bola tug&#8217;ilgandan keyingi (4 hafta), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolalar-kasalliklari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18492","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18492","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18492"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18494,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18492\/revisions\/18494"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}