{"id":18493,"date":"2022-02-23T09:48:44","date_gmt":"2022-02-23T06:48:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18493"},"modified":"2022-02-23T09:48:47","modified_gmt":"2022-02-23T06:48:47","slug":"bolalar-kinosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolalar-kinosi\/","title":{"rendered":"BOLALAR KINOSI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOLALAR KINOSI \u2014 bolalar va o&#8217;smirlarga mo&#8217;ljallangan badiiy, o&#8217;quv, hujjatli xronikal, multiplikatsion (rasmli va qo&#8217;g&#8217;irchoq) filmlar. Bolalar qiziqadigan mavzular aks ettiriladi, film mazmuni ularning ruhiyati va tiliga yaqin, yoshi va tushunchasiga mos bo&#8217;ladi. Bolalar kinosida (teatrdan farqli) bolalar rolini shu yoshdagi bolalar o&#8217;ynaydi. Kino san&#8217;atining maxsus sohasi sifatida 1920-30-yillarda ajralib chiqdi. O&#8217;zbekistonda birinchi Bolalar kinosi (&#8220;Qilich&#8221;, rejissyor Y.A&#8217;zamov) 1935 yilda yaratildi. O&#8217;zbek Bolalar kinosi birinchi qadamidanoq zamonaviy mavzuga murojaat etdi. Ovozsiz bu filmda yoshlarni texnikani egallashga chorlash mavzusi ko&#8217;tarilgan. Shundan so&#8217;ng uzoq yillar mobaynida Bolalar kinosi ishlanmadi. Zamonaviy ertak janridagi &#8220;Paxtaoy&#8221; (K. Yormatov, 1952) birinchi o\u2019zbek ovozli Bolalar kinosi bo&#8217;lib, unda o&#8217;zbek xalqining milliy boyligi paxtadan nimalar olinishi haqidagi ilmiy dalillar ertak asosida yoritilgan. Filmning tasviriy vositalari o&#8217;sha davr texnikasidan o&#8217;zib ketgan, bunga mualliflarning izchil izlanishlari, boy fantaziyasi, kinematografik ixtirolari tufayli erishilgan. 1957 yilda sarguzasht janrida &#8220;Sahrodagi voqea&#8221; (Z. Sobitov) filmi yaratildi. 60-yillar o&#8217;zbek Bolalar kinosi taraqqiyotida yuksalish davri bo&#8217;ldi. &#8220;Sen yetim emassan&#8221;, &#8220;Toshkent \u2014 non shahri&#8221; (Sh. Abbosov, 1962, 1967), &#8220;Nafosat&#8221; (E. Eshmuhamedov, 1966), &#8220;Olmos&#8221; (D. Salimov, 1966) kabi filmlar suratga olindi. 70-80-yillarda o&#8217;zbek Bolalar kinosining mavzu va janr doirasi kengaydi. Ertak va sarguzasht janrlarida, tarixiy va zamonaviy mavzularda filmlar yaratilib, axloqiy-ma&#8217;naviy muammolar o&#8217;rtaga tashlandi. &#8220;Semurg'&#8221;, &#8220;Kundalik daftar, xat va birinchi sinf o&#8217;quvchisi&#8221; (H. Fayziyev, 1971, 1985), &#8220;Achchiq danak&#8221; (Q. Kamolova, 1974), &#8220;Poyga avtomobilidagi jasur bolalar&#8221;, &#8220;Shum bola&#8221; (D. Salimov, 1975, 1977), &#8220;Komila&#8221; (M. Og&#8217;amirzayev, 1981), &#8220;Akmal, ajdarho va malika&#8221;, &#8220;Akmalning yangi sarguzashtlari&#8221; (Yu. Stepchuk, 1981, 1983), &#8220;Orzular og&#8217;ushida&#8221; (F. Zaynutdinov, 1986), &#8220;Unsinoy&#8221; (O. Ergashev, 1987), &#8220;Bir mavsumli daho&#8221; (S. Nazarmuhamedov, 1989) kabi filmlar shular jumlasidan. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach Bolalar kinosida ham keskin burilish yasaldi. Milliy mavzu, xalqimizning milliy an&#8217;analari, Vatanga mehr-muhabbatni ifodalovchi qator filmlar yaratildi. Filmlar o\u2019zbek tilida suratga olina boshladi. Faol va iqtidorli, milliy ruhni, xalqchillikni ifoda etuvchi rejissyorlarning yangi avlodi yetishib chiqdi. Qishloq bolalari hayotiga bag&#8217;ishlangan &#8220;Tangalik bolalar&#8221; (T. Yunusov, 1991), &#8220;Abdullajon&#8221; (Z. Musoqov, 1991), &#8220;Kulol va xurmacha&#8221; (G. Bzarov, 1991), dramatik, detektiv elementlar bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan zamonaviy, fantastik musiqali komediya &#8220;Tilsimoy \u2014 g&#8217;aroyib qizaloq&#8221; (M. Boymuhamedov, 1999) va &#8220;Kichkina tabib&#8221; (Z. Musoqov, 1999) filmlari so&#8217;nggi yillardagi eng yaxshi filmlardan. &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; studiyasi O&#8217;rta Osiyoda birinchi bo&#8217;lib bolalarga mo&#8217;ljallangan qo&#8217;g&#8217;irchoq va rasmli multiplikatsion filmlar ishlab chiqarmoqda. &#8220;6&#215;6 kvadratida&#8221; (Yu. Petrov, D. Salimov, 1965) birinchi suratga olingan multfilmdir. 1978 yilda &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; studiyasi qoshida rasmli va qo&#8217;g&#8217;irchoq filmlari uyushmasi tashkil etilgan (1995 yildan &#8220;Animatsiya kino san&#8217;ati uyushmasi&#8221; nomida). Mustaqillikdan keyin ayniqsa M. Mahmudov, S. Murodxo&#8217;jayeva, N. To&#8217;laxo&#8217;jayev, A. Sobirov, N. Smirnov, I. Krivosheeva, D. Botirova, S.Alibekov, D.Vlasov kabi rejissyorlarning ijodi yanada kamol topdi. &#8220;Oymoma bo&#8217;rsiq&#8221; (rejissyor N.Smirnov, 1998), &#8220;Bulbul&#8221; (M.Mahmudov, 1999; 4-xalqaro bolalar kinofestivalida 1mukofot &#8220;Oltin baliq&#8221;ga sazovor bo&#8217;ldi), &#8220;Alpomish&#8221; (6 qismli, N.To&#8217;laxo&#8217;jayev, 1998-2001), &#8220;Yangi shoxcha va bahor yomg&#8217;iri haqida&#8221; (rejissyor S.Silka, 2000), &#8220;To&#8217;ti&#8221; (S.Murodxo&#8217;jayeva, 2000) va boshqalar keyingi yillarning eng yaxshi multfilmlaridir. 2 qismli &#8220;Vaqt gullari&#8221; (rejissyor M.Zokirov), &#8220;Erkatoy&#8221; (rejissyor N.G&#8217;oziyeva) kabi telefilmlar ham bolalarga bag&#8217;ishlangan. 1993 yildan &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; studiyasida bolalarga mo&#8217;ljallangan &#8220;Zumrasha&#8221; hajviy-yumoristik kinojurnal muntazam ravishda chiqa boshladi (badiiy rahbar A.Qobulov, 1997 yildan Yu. Roziqov). Dunyoda maxsus studiyalar: Amerikada U.Disney studiyasi (1923), Rossiyada bolalar va o&#8217;smirlar uchun filmlar ishlab chiqaruvchi Markaziy kinostudiya tashkil etilgan. Shuningdek, Bolalar kinosi ko&#8217;pgina boshqa mamlakatlar (Bolgariya, Vengriya, Polsha, Frantsiya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar)da ham ishlanmoqda. &#8220;Mikki Maus&#8221; (&#8220;Kichik sichqon&#8221;) haqidagi turkum, &#8220;Bembi&#8221;, &#8220;Vinni Pux&#8221;, &#8220;Senimi, shoshmay tur!&#8221;kabilar eng mashhur filmlardir. Solerno (Italiya), Xixon (Ispaniya), Eshpino (Portugaliya) kabi shaharlarda xalqaro bolalar filmlari festivallari o&#8217;tkazilmoqda. Maxsura Mirzamuhamedova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOLALAR KINOSI \u2014 bolalar va o&#8217;smirlarga mo&#8217;ljallangan badiiy, o&#8217;quv, hujjatli xronikal, multiplikatsion (rasmli va qo&#8217;g&#8217;irchoq) filmlar. Bolalar qiziqadigan mavzular aks ettiriladi, film mazmuni ularning ruhiyati va tiliga yaqin, yoshi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolalar-kinosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18493","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18493","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18493"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18493\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18495,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18493\/revisions\/18495"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18493"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18493"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18493"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}