{"id":18844,"date":"2022-02-24T10:05:16","date_gmt":"2022-02-24T07:05:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18844"},"modified":"2022-02-24T10:05:18","modified_gmt":"2022-02-24T07:05:18","slug":"borona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/borona\/","title":{"rendered":"BORONA"},"content":{"rendered":"\n<p>BORONA, tirma, sixmola \u2014 tuproqqa yuza ishlov berish, qatqaloqni yumshatish, begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish uchun mo&#8217;ljallangan qishloq xo\u2019jalik quroli. Ish organlari turiga ko&#8217;ra, tishli va diskli; vazifasiga ko&#8217;ra, umumiy ishlarga mo&#8217;ljallangan va maxsus; traktorga biriktirish usuliga ko&#8217;ra, osma, tirkama va yarim osma xillarga bo&#8217;linadi. Tuzilishiga ko&#8217;ra, Boronalar ikki izli, simmetrik va yo&#8217;nalish (ataka) burchagi o&#8217;zgaruvchan (10\u00b0-25\u00b0) bo&#8217;ladi. Tishli Borona ish organlari kvadrat, dumaloq, to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak va pichoqsimon shakldagi po&#8217;lat tishlardan iborat. Ular ramaga qattiq (bikr), oshiq-moshiqli (sharnirli) qilib biriktiriladi yoki prujinasimon tirakka mahkamlanadi. Tish tuproqqa pona kabi botib ishlaydi. Bir tishiga to&#8217;g&#8217;ri keladigan nagruzkaga ko&#8217;ra, tishli Boronalar og&#8217;ir (16-20), o&#8217;rtacha (12-16) va yengil yoki ekin ustidan yuritiladigan (5-12) xillarga bo&#8217;linadi. Og&#8217;ir va o&#8217;rtacha Boronalarning tishlari kvadrat, engillarniki esa dumaloq qilib yasaladi. Paxtachilikda asosan o&#8217;rtacha Borona, shuningdek to&#8217;rsimon, prujinali, o&#8217;toq Boronasi, aylanadigan pichoqli va boshqa xil Boronalar ishlatiladi. Ular traktorga tirkagich vositasida biriktiriladi. Tirkagichga 12 dan 24 tagacha Borona zvenosi tirkaladi. Gusenisali traktor bilan ishlaganda tirkagichli agregat 44-50 zvenodan tuziladi. O&#8217;rtacha Borona tuproqni yumshatishdan tashqari 8 santimetrgacha chuqurlikdagi begona o&#8217;tlar ildizini ham sidirib chiqaradi, yer haydalgandan keyin uning sirtqi qatlamini maydalab yumshatadi va tekislaydi, ya&#8217;ni ekin ekishga tayyorlaydi. To&#8217;rsimon Borona dala sirtiga yaxshi moslashadigan to&#8217;rga sharnirli biriktirilgan dumaloq tishlardan tuzilgan. Kuzgi va bahorgi galla nihollari unib chiqqandan keyin begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish, ayni vaqtda tuproqning sirtki qatlamini yumshatish uchun ishlatiladi. Prujinali Boronalarda o&#8217;tkir uchli yassi prujina ko&#8217;rinishidagi tishlar bo&#8217;ladi. Ish paytida ular titrab, tuproqni jadal maydalaydi. Prujinali Boronalar obikor dehqonchilik zonasida og&#8217;ir, qattiq va toshloq yerlarda keng ishlatiladi. O&#8217;toq Boronalarida prujinali elastik o&#8217;tkir tishlar bulib, chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan maydonda tuproqning sirtki qatlamini yumshatish va begona utlardan tozalash uchun ishlatiladi. Aylanadigan pichoqli Boronalarning plastinasimon (unaqay va chapaqay) pichoqpari harakat yo&#8217;nalishiga nisbatan 180\u00b0 burchak ostida o&#8217;rnatilgan. Yer haydalgandan keyin kesak va palaxsalarni maydalash uchun ishlatiladi. Diskli Boronalardan, asosan, chimli yerlarni yumshatish, zaranglashib qolgan shudgor va sho&#8217;ri yuvilgan yerlarga ishlov berish, yirik kesak va palaxsalarni maydalash uchun foydalanilgan. Ish organlari diametri 450, 510 va 660 millimetrli sferik, yassi va kesik disklardan iborat. To&#8217;qayzor, dala va boglarda ishlatiladigan xillari bo&#8217;ladi. Paxtachilikda diskli dala Boronalari ishlatiladi. Ularning diametri 450-510 millimetrli sferik disklari batareya tarzida yig&#8217;iladi. Shudgorlangan dalalarda kesak va palaxsalarni kuchirish, og\u2019ir tuproqli tiudgorlarda katta-kichik kesaklarni maydalash, ko\u2019klamgi ekishdan oldin yerga ishlov berish, kam chimli utloklarni yangilash va angizni yuza yumshatish uchun ishlatiladi. Og&#8217;ir va zarang yerlarga zarur ishlov berish uchun Boronaning ballast yashigiga qo&#8217;shimcha (250-350 kilogramm) yuk (masalan, qum) solib ishlanadi. Ad.: Nishonaliyev U., Qishloq xo&#8217;jaligi mashinalari, T., 1983.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BORONA, tirma, sixmola \u2014 tuproqqa yuza ishlov berish, qatqaloqni yumshatish, begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish uchun mo&#8217;ljallangan qishloq xo\u2019jalik quroli. Ish organlari turiga ko&#8217;ra, tishli va diskli; vazifasiga ko&#8217;ra, umumiy ishlarga mo&#8217;ljallangan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/borona\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18844","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18844","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18844"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18844\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18852,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18844\/revisions\/18852"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18844"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18844"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18844"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}