{"id":18984,"date":"2022-02-24T14:47:08","date_gmt":"2022-02-24T11:47:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18984"},"modified":"2022-02-24T14:47:10","modified_gmt":"2022-02-24T11:47:10","slug":"botir-srim-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/botir-srim-qozgoloni\/","title":{"rendered":"BOTIR SRIM QO&#8217;ZG&#8217;OLONI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOTIR SRIM QO&#8217;ZG&#8217;OLONI \u2014 Kichik juz qozoqlarining chor hukumati va mahalliy xon zulmiga qarshi ko&#8217;targan qo&#8217;zg&#8217;oloni (1783-97). Rahbari \u2014 qozoqlarning boyboqti urug&#8217;iga mansub yirik biy Botir Srim (?-1802). Soliqlarning benihoyat oshirilgani, qozoqlarning yer va yaylovlardan foydalanish huquqlarining cheklab qo&#8217;yilgani Botir Srim qo\u2019zg\u2019oloniga sabab bo&#8217;lgan. Botir Srim qo\u2019zg\u2019oloni dastlabki kunlardayoq umumxalq harakatiga aylandi. 1786 yil Kichik juz xoni Nuralixon taxtdan ag&#8217;darilib, Rossiya hukumati panohiga qochdi. 18-asrning 80-yillarida qozoq cho&#8217;llarini Rossiya imperiyasiga qo&#8217;shib olib, ularni gubernyalarga taqsimlagan holda idora qilishga kirishgan chor hukumati dastlabki vaqtlarda qozoq xonlariga qarshi qaratilgan Botir Srim qo\u2019zg\u2019olonini qo&#8217;llab quvvatladi. Maqsadi \u2014 qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yordamida xonlikni tugatish edi. Ammo qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning ruscha ma&#8217;muriy idoralar ta&#8217;sis etilishiga qarshi ekanliklarini bilgach, xon hokimiyatini qayta tikladi. Shunda Botir Srim Rossiyaga qarshi urush e&#8217;lon qilib, rus qo&#8217;shinlari istehkomlariga hujum qila boshladi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar 1797 yil chor hukumati tayinlagan yangi xon esimni o&#8217;ldirdilar. Bunga javoban chor hukumati jazo operatsiyalari o&#8217;tkazish bilan bir qatorda hiyla nayrang ham ishlatdi: bu safar u mamlakatga yangi xon tayin qilmay, sultonlar (chingiziylar), biylar va qabila oqsoqollari manfaatlariga mos keluvchi &#8220;xon kengashi&#8221; deb atalmish kengash tashkil qildi. Bu bilan u barcha qozoq zodagonlarini birlashtirib, Botir Srim qo\u2019zg\u2019oloniga qarshi birgalikda kurashmoqni ko&#8217;zladi. Botir Srim aldanib, 1797 yil 29 avgustda ming kishilik qo&#8217;zg&#8217;olonchilar lashkari bilan kengashga keldida, kurashni to&#8217;xtatganligini ma&#8217;lum qildi. Shundan so&#8217;ng u kengash a&#8217;zoligiga qabul qilindi. Lekin qozoq sultonlari Botir Srimning tez orala kengash rahnamosiga aylanishi mumkinligini o&#8217;ylab, uni ta&#8217;qibu tazyiq qilishga kirishdilar. Natijada Botir Srim Xivaga qochishga majbur bo&#8217;ldi (1797 yil oxiri). Ba&#8217;zi manbalarga ko&#8217;ra, Botir Srimni qozoq sultonlari Xivaga yuborgan odam zaharlab o&#8217;ldirgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOTIR SRIM QO&#8217;ZG&#8217;OLONI \u2014 Kichik juz qozoqlarining chor hukumati va mahalliy xon zulmiga qarshi ko&#8217;targan qo&#8217;zg&#8217;oloni (1783-97). Rahbari \u2014 qozoqlarning boyboqti urug&#8217;iga mansub yirik biy Botir Srim (?-1802). Soliqlarning benihoyat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/botir-srim-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18984","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18984","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18984"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18984\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18986,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18984\/revisions\/18986"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18984"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18984"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18984"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}