{"id":19057,"date":"2022-02-24T16:30:40","date_gmt":"2022-02-24T13:30:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19057"},"modified":"2022-02-24T16:30:41","modified_gmt":"2022-02-24T13:30:41","slug":"botuxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/botuxon\/","title":{"rendered":"BOTUXON"},"content":{"rendered":"\n<p>BOTUXON, Botu, Sainxon (1208-1255) mo&#8217;g&#8217;ul xoni, Jrjixonning ikkinchi o\u2019g\u2019li, Chingizxoning nabirasi. Botuxonning onasi Qo&#8217;ng&#8217;irot urug&#8217;idan bo&#8217;lgan Elchi noyonning qizi Ukifuj xotun edi. Otasining o&#8217;limi (1227)dan keyin Jo&#8217;ji ulusini idora qilgan, mo&#8217;g&#8217;ullarning barcha asosiy harbiy yurishlarida katnashgan. Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning yozishicha, O&#8217;qtoyxon Xitoyni zabt etib, Mo&#8217;g&#8217;ulistonga qaytib kelgach (1235), Botuxonni Tulixonning o\u2019g\u2019li Munke, o&#8217;zining o\u2019g\u2019li Guyukxon va Chig&#8217;atoyning o&#8217;g&#8217;illari hamrohligida rus, cherkas, bulg&#8217;or, turo, boshqird va boshqa xalqlar yerlarini bosib olish uchun jo&#8217;natadi. Ularga Chingizxonning eng yirik sarkardasi Subutoy Bahodirni harbiy maslahatchi qilib tayinlaydi. Yurishda jami 14 mo&#8217;g&#8217;ul xoni ishtirok etib, qo&#8217;shinning soni 150 mingga yetadi. Botuxon 1236-38 yillarda Volgakama Bulg&#8217;oriyasi, alanlar, qipchoqlar, O&#8217;rta Volgabo&#8217;yi xalqlari, Ryazan, Vladimir knyazliklarini bo\u2019ysundiradi, Moskva, Kolomna, Vladimir, Rostov, Uglich, Yaroslavl, Kostroma kabi 14 rus shahrini bosib oladi. 1240-41 yillarda u Janubiy Rusdagi Kiyev, Vladimirvolinskiy, Galich va boshqa shaharlarni zabt etgach, Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib qirol Bela IV ning 60 minglik qo&#8217;shinini tormor keltiradi. So&#8217;ng Polshaga bostirib kirib, Legnisa shahri ostonasida polyak va nemis knyazliklarining Birlashgan qo&#8217;shinlarini (ritsarlarni) mag&#8217;lub qiladi. Keyin u Chexiya, Avstriya, Xorvatiya, Bosniya va Serbiyani zabt etib, Adriatika dengizi bo&#8217;yiga chiqadi. Shunda ulug&#8217; qoonning vafot etgani haqida xabar topib, ortiga qaytadi (1242). Botuxon Dunay daryosidan Irtish daryosigacha bo&#8217;lgan ulkan hududda Oltin O&#8217;rda davlatini barpo qilgan. Flamandlik sayyoh va monax Rubrukning yozishicha, Botuxonning quyi Volga bo&#8217;yidagi qarorgohi shu qadar katta maydonni egallaganki, hatto unga butun bir yirik shahar sig&#8217;ishi mumkin bo&#8217;lgan. Qarorgoh markazida Botuxon chodiri joylashgan. Uning Janub, ya&#8217;ni eshik tomonigina ochiq qoddirilib, qolgan taraflarida har bir mo&#8217;g&#8217;ul qavmi o&#8217;zi uchun tayin qilingan joyga o&#8217;tovlar tikkan. Botuxon mamlakatda savdo-sotiq va hunarmandchilikni taraqqiy ettirishga katta e&#8217;tibor bergan. Volganing Sharqiy qirg&#8217;og&#8217;ida Astraxon (Ashtarxon) shahri yaqinida o&#8217;ziga poytaxt shahar \u2014 Saroybotuni qurdirgan. U mo&#8217;g&#8217;ullar imperiyasidagi davlat to&#8217;ntarishi (1251) da qatnashib, Munke (mangu)ning ulug qoon (xoqon) bo&#8217;lmog&#8217;iga ko&#8217;maklashgan. Ad.:Grekov B. D.,Yakubovskiy A. Yu., Oltin O&#8217;rda va uning qulashi, T., 1966.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOTUXON, Botu, Sainxon (1208-1255) mo&#8217;g&#8217;ul xoni, Jrjixonning ikkinchi o\u2019g\u2019li, Chingizxoning nabirasi. Botuxonning onasi Qo&#8217;ng&#8217;irot urug&#8217;idan bo&#8217;lgan Elchi noyonning qizi Ukifuj xotun edi. Otasining o&#8217;limi (1227)dan keyin Jo&#8217;ji ulusini idora qilgan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/botuxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19057","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19057","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19057"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19057\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19064,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19057\/revisions\/19064"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19057"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19057"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19057"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}