{"id":19269,"date":"2022-02-26T10:33:05","date_gmt":"2022-02-26T07:33:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19269"},"modified":"2022-02-26T10:33:06","modified_gmt":"2022-02-26T07:33:06","slug":"bogimoyoqlilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bogimoyoqlilar\/","title":{"rendered":"BO&#8217;G&#8217;IMOYOQLILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;G&#8217;IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to&#8217;g&#8217;risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad\u0448\u044c\u043f\u0448 bo&#8217;g&#8217;imoyo\u0439lilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo&#8217;g&#8217;imlarga bo&#8217;lingan (Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog&#8217;ich tashqi skelet funktsiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana bo&#8217;g&#8217;imlari geteronom, ya&#8217;ni ularning shakli va kattaligi har xil bo&#8217;ladi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar tanasi, odatda, bosh, ko&#8217;krak va qorin bo&#8217;limlaridan iborat. Lekin ba&#8217;zan tananing turli bo&#8217;limlari o&#8217;zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning bosh bo&#8217;limi bosh bo&#8217;lagi \u2014 akrondan va 4 tana bo&#8217;g&#8217;imlarining qo&#8217;shilishidan hosil bo&#8217;ladi. Ko&#8217;krak va qorin bo&#8217;limlaridagi bo&#8217;g&#8217;imlar har xil sistematik guruhlarda bir xil bo&#8217;lmaydi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar tanasidagi har bir bo&#8217;g&#8217;im dastlab bir juftdan nayga o&#8217;xshash o&#8217;simtaga ega bo&#8217;lgan, keyinchalik bu o&#8217;simtalar jag&#8217;lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so&#8217;rg&#8217;ichlar, o&#8217;rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo&#8217;qolib ketgan. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o&#8217;pka orqali nafas oladi. Birlamchi ovqat hazm qilish sistemasi ektodermadan hosil bo&#8217;lgan oldingi va keyingi ichakdan, endodermadan hosil bo&#8217;lgan o&#8217;rta ichakdan hamda ular bilan bog&#8217;langan so&#8217;lak va hazm bezlaridan iborat. Ayirish organlari kelib chiqishi va funktsiyasiga ko&#8217;ra, halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan antennal, koksal va maksillar bezlar \u2014 tselomoduklardan yoki ichak o&#8217;simtalari \u2014 malpigi naychalaridan iborat. Qon aylanish sistemasi ochiq, qon aylanish organlari har xil darajada rivojlangan. Nerv sistemasi gangliylarning qo&#8217;shilishidan hosil bo&#8217;ladigan bosh miya va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiridagi nerv gangliylari tana bo&#8217;g&#8217;imlarining o&#8217;zgarishiga mos holda turli darajada kontsentrasiyalashgan bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pchilik Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning yaxshi rivojlangan sezgi organlari, jumladan murakkab fasetkali ko&#8217;zlari, har xil mexano va xemoreseptorlari, eshitish, muvozanat saqlash, ovoz chiqarish organlari bo&#8217;ladi. Deyarli barcha Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar ayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy yo&#8217;l bilan (ba&#8217;zan partenogenez) ko&#8217;payadi. Ko&#8217;pchilik turlari metamorfoz orqali rivojlanadi. Qattiq tana qoplog&#8217;ichi Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning o&#8217;sishiga to&#8217;sqinlik qiladi. Shuning uchun Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar faqat eski xitin qoplog&#8217;ichni tashlash (tullash), yangi xitin pust hosil qilish orqali o&#8217;sadi. Tana bo&#8217;shlig&#8217;i aralash tipda (miksosel). Muskullari to&#8217;pto&#8217;p bo&#8217;lib joylashgan. Ko&#8217;pchilik Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning yuragi naysimon, ko&#8217;p kamerali, qoni tana suyuqligiga o&#8217;xshash bo&#8217;lib, gemolimfa deyiladi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xeliseralilar (qilichdumlilar, o&#8217;rgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar (ko&#8217;poyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga bo&#8217;linadi. 2 millionga yaqin turi bor. Yerda mavjud bo&#8217;lgan hamma yashash muhitlarini egallagan. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning quruqlikda yashashga va havoda uchishga moslanishi hayvonot dunyosida sodir bo&#8217;lgan eng muhim o&#8217;zgarishlardan biri hisoblanadi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar biosferada beqiyos katta ahamiyatga ega. Ko&#8217;pchilik ekosistemalardagi tirik organizmlarning asosiy qismini tashkil etishi, xilmaxil oziqlanishi tufayli Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar tabiatda moddalar aylanishi jarayonini amalga oshiradi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun xom ashyo manbai sifatida ham katta ahamiyatga ega. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar orasida organik qrldiqlarini o&#8217;zlashtirib, tuproq hosil bo&#8217;lishi jarayonida faol ishtirok etadigan; odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan va kasallik tarqatadigan; gullarni changlatib, o&#8217;simliklarning hosildorligini oshirishga imkon beradigan; qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yeb, zararkunandalik qiladigan turlari ham ko&#8217;p. Ad.: Dogel V. L., Zoologiya bespozvonochnix, M., 1981; Jizn jivotnix, v 6ti tomax, t. 3, M., 1974. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;G&#8217;IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to&#8217;g&#8217;risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad\u0448\u044c\u043f\u0448 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bogimoyoqlilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19269","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19269","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19269"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19269\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19270,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19269\/revisions\/19270"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19269"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19269"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19269"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}