{"id":19397,"date":"2022-02-26T15:57:59","date_gmt":"2022-02-26T12:57:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19397"},"modified":"2022-02-26T15:58:01","modified_gmt":"2022-02-26T12:58:01","slug":"bostonliq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bostonliq-tumani\/","title":{"rendered":"BO&#8217;STONLIQ TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;STONLIQ TUMANI \u2014 Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955 yil 19 aprelda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Yuqori Chirchiq tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1968 yil 25 dekabrda qayta tuzilgan). Bo\u2019stonliq tumani shimolda Qozog&#8217;iston Respublikasining Janubiy Qozog&#8217;iston viloyati, Sharqda Qirg&#8217;iziston Respublikasining Talas viloyati, Janubi Sharqda O&#8217;zbekiston Respublikasi Namangan viloyatining Pop tumani, shimoli g&#8217;arbda Toshkent viloyatining Qibray, Janubda yuqori Chirchiq, Parkent, Ohangaron tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 4,93 ming kilometr kvadrat. Aholisi 142,9 ming kishi (2000). Bo\u2019stonliq tumanida tumanga bo&#8217;ysunuvchi 1 shahar (G&#8217;azalkent), 18 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bog&#8217;iston, Bo&#8217;stonliq, Dumaloq, Jahonobod, Ozodbosh, Pargos, Sijjak, Soyliq, Toshpo&#8217;lat Dadaboev, Ugom, Xumson, Chimboyliq, Chimyon, Yangiovul, Qoramanas, Qo&#8217;shqo&#8217;rg&#8217;on, G&#8217;alaba, Hondayliq) bor. Markazi \u2014 G&#8217;azalkent shahri (Toshkent shahrigacha 58 kilometr). Tabiati. Bo\u2019stonliq tumani. hududi Tyanshan tog&#8217; tizimidagi Ugom, Piskom, qisman Qorjontov (shimoli sharqda), Chatqol (Janubi g&#8217;arbda) tizmalari oralig&#8217;ida joylashgan. Tog&#8217;oldi va tog&#8217; etaklarining balandligi 600-800 metr. Eng baland nuqtasi 4291 metr (Beshtor tog&#8217;i). Yiliga 500 \u2014 600 millimetr, ayrim joylarda 1000 millimetrgacha yog&#8217;in tushadi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -9\u00b0, -15\u00b0, iyulniki 17\u00b0\u2014 21\u00b0. Daryo va soylari Chirchiq daryosining irmoqlari bo&#8217;lib, ularning eng muhimlari Piskom, Ugom, Ko&#8217;ksuv, ChatKol, Oqtosh, Chimyon va boshqalar. Yangikanal, Xodolak, Kemir, Ters va boshqa kanallar qurilgan. Piskom va Chatqol daryolari qo&#8217;shilgan joyda Chorvoq suv ombori va gidrouzeli (to&#8217;g&#8217;oni) barpo etilgan. Daryo vodiylari o&#8217;zlashtirilgan. Balandlik zonalari bo&#8217;yicha bo&#8217;z tuproq, tog&#8217; jigarrang tuproq va baland tog&#8217; ochqo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;tloqidasht tuproqlarida dasht o&#8217;tlari, siyrak daraxtli archa o&#8217;rmonlari, o&#8217;tloqidasht va dasht o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Tumandagi o&#8217;rmonzorlarning aksari qismi o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi tomonidan barpo qilingan. Bahor oylarida turli o&#8217;to&#8217;lanlar, lola, chuchmoma, boychechak atrofni gilamdek qoplab ajib bir manzara hosil qiladi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, ayiq, bo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;rsiq, qushlardan qorayaloq, zag&#8217;izg&#8217;on, kaklik, o&#8217;rdak yashaydi. Marmar, granit, qurilish materiallari xom ashyolari bor. Aholisining asosiy qismini o&#8217;zbeklar tashkil qiladi; qozoq, tojik, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 28 kishi. Sug&#8217;oriladigan yerlarda aholi zichroq yashaydi. Shahar aholisining salmog&#8217;i 30,9 %. Bo\u2019stonliq tumani hududida O&#8217;zbekistonda eng yirik rekreatsiya (dam olish) zonasi tashkil etilgan (Chorvoq\u2014Chimyon, Pargos\u2014 Oqgosh). Tumanda &#8220;Oqtosh&#8221; (balandligi 1140 metr), &#8220;Xumson&#8221; (1150 metr), &#8220;Tovoqsoy&#8221; (800 metr) va boshqa sanatoriylar, &#8220;Kristall&#8221; pansionati, &#8220;Chimyon&#8221; rekreatsiya kompleksi, ko&#8217;plab dam olish zonalari, bolalar oromgohlari bor. Chirchiq daryosi vohasida juda kadimdan odamlar yashab kelgan. Piskom, Ugom va boshqa daryo bo&#8217;ylaridagi g&#8217;orlarda tosh qurollar, qoyatosh rasmlari topilgan. Tumanda sayyohlar diqqatini jalb qiluvchi 180 dan ortiq shunday makonlar mavjud. Xo&#8217;jaligi. Bo\u2019stonliq tumani sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi bo&#8217;yicha Toshkent viloyatida Qibray tumanidan keyin 2-o&#8217;rinni egallaydi. Uning iqtisodiy geografik o&#8217;rni (Toshkent shahriga yaqinligi) xo&#8217;jaligining rivojlanishiga imkon berdi, tuman xo&#8217;jaligi majmui asosan poytaxt ehtiyojlariga xizmat qiladi. Bo\u2019stonliq tumani hududida 3 yirik GES (Chorvoq, Xo&#8217;jakent, G&#8217;azalkent), oyna, marmar, meva konserva, sutyog&#8217;, vino, pilla urug&#8217;i zavodlari, qurilish materiallari, yirik panelli uysozlik kombinati, yo&#8217;lqurilish va sozlash, ekspluatatsiya qilish korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtobazalar bor. Sanoat korxonalari asosan G&#8217;azalkent shahrida joylashgan. G&#8217;azalkent toshni qayta ishlash kombinatida Arkutsoy marmar koni asosida marmar bloklar va maydalangan marmar tosh ishlab chiqariladi. &#8220;Farhod&#8221; va &#8220;Agat&#8221; kichik korxonalari ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 sut go&#8217;sht chorvachiligi, sabzavotchilik, bog&#8217;dorchilik, tokchilik, pillachilik va boshqalar. Tuman umumiy yer fondi 479,3 ming gektar, shu jumladan sug&#8217;oriladigan yerlar 14,9 ming gektar. Qishloq xo\u2019jalik korxonalari va tashkilotlari yerlari umumiy maydoni 140,6 ming gektar, shundan ekinzorlar 11,9 ming gektar (shu jumladan sug&#8217;oriladigani 6,1 ming gektar), bog&#8217;va tokzorlar 7 ming gektar, pichanzor va yaylovlar 64,6 ming gektar. Jami tomorqa yerlar, bog\u2019dorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,5 ming gektar (shu jumladan sug&#8217;oriladigani 2 ming gektar). Bo\u2019stonliq tumanida 19 shirkat xo&#8217;jaligi (shu jumladan 6 ta sabzavot, 13 ta sutsabzavot yetishtiriladigan shirkat xo&#8217;jaligi). 3 ta qishloq xo&#8217;jalik shirkati korxonasi (bo&#8217;rdoqichilik, naslchilik parranda reproduktori va ipakchilik xo&#8217;jaligi) bor. Umumiy ekin maydoni (tomorqa yerlari bilan birga) 15,1 ming gektar, shundan sug&#8217;orma dehqonchilik yerlari 8,8 ming gektar, lalmikor dehqonchilik yerlari 6,3 ming gektar. Ekin maydonlarining asosiy qismi g&#8217;alla, sabzavot, kartoshka yemxashak ekinlari bilan band. Chorvachilikda qo&#8217;ychilik, parrandachilik, yilqichilik ham mavjud. Pilla yetishtiriladi. 25,1 ming qoramol, shundan 13,2 ming sigir, 67,8 ming qo&#8217;y va echki, 18 ming parranda boqiladi (2001). O&#8217;rmonzor maydoni 28 ming gektarni tashkil etadi. &#8220;O&#8217;zbaliq&#8221; korporatsiyasiga kiradigan &#8220;xonbaliq&#8221; xo&#8217;jaligi bor. Bo\u2019stonliq tumani viloyatning boshqa tumanlari bilan avtomobil va temir yo\u2019l transporti orqali bog&#8217;langan. Toshkent\u2014Chorvoq elektrlashtirilgan temir yo\u2019l tumanni respublika poytaxti bilan bog&#8217;laydi. Qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari tuman xo&#8217;jaliklari, dam olish maskanlarini birlashtiradi, ularni respublikaning boshqa tumanlari bilan bog&#8217;laydi. 2000\/2001 o&#8217;quv yilida 55 umumiy ta&#8217;lim maktablarida 30,2 ming o&#8217;quvchi, kasb-hunar kollejida 850 dan ziyod o&#8217;quvchi o&#8217;qidi. Ommaviy kutubxona, klub muassasasi bor. 27 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 3,9 mingdan ortiq bola tarbiyalandi. 2 kasalxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri, 6 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 18 akusherlik punkti mavjud. O\u2019zbek tilida &#8220;Bo&#8217;stonliq ovozi&#8221;, qozoq tilida &#8220;Bo&#8217;stonlik dovusi&#8221; tuman gazetasi (1936 yildan) nashr etiladi, adadi 1675. Ad.: Aminov M ., Bo&#8217;stonliq. T., 1985.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;STONLIQ TUMANI \u2014 Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955 yil 19 aprelda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Yuqori Chirchiq tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1968 yil 25 dekabrda qayta tuzilgan). Bo\u2019stonliq tumani &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bostonliq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19397","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19397","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19397"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19397\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19398,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19397\/revisions\/19398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19397"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19397"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19397"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}