{"id":19650,"date":"2022-03-01T20:06:59","date_gmt":"2022-03-01T17:06:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19650"},"modified":"2022-03-01T20:07:00","modified_gmt":"2022-03-01T17:07:00","slug":"bronxial-astma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronxial-astma\/","title":{"rendered":"BRONXIAL ASTMA"},"content":{"rendered":"\n<p>BRONXIAL ASTMA (Yunoncha asthma bo&#8217;g&#8217;ilish), ziqnafas \u2014 mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining ko&#8217;chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o&#8217;tkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi va bo&#8217;g&#8217;ilish xuruji bilan o&#8217;tadigan allergik kasallik. Bronxial astma, odatda, to&#8217;satdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bronxial astma tutganda bemor nafas chiqarishga qiynaladi, ko&#8217;krak qafasi qappayadi, bo&#8217;yin venalari bo&#8217;rtadi, yuzi ko&#8217;karadi, burun teshiklari kengayadi va boshqalar. Bronxial astma tutganda bemor nafas chiqarayotganida hushtakka o&#8217;xshagan ovoz chiqaradi va xirillab qoladi. Bemor havodan to&#8217;yib-to&#8217;yib nafas olmoqchi bo&#8217;ladi; avval quruq yo&#8217;tal bilan boshlangan xuruj yopishqoq balg&#8217;am chiqa boshlagandan so&#8217;ng asta-sekin to&#8217;xtaydi va nafas olish maromiga kela boshlaydi. Bronxial astma infektsion allergik va noinfektsion atopik bo&#8217;ladi. Infektsionallergik Bronxial astmada bakterial allergenlar muhim rol o&#8217;ynaydi, ularning organizm bilan o&#8217;zaro ta&#8217;siri tufayli organizmda allergik qo&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi. U aksari nafas a&#8217;zolari yoki burun yondosh bo&#8217;shliqlarining surunkali kasalliklarida rivojlanadi. Bunda organizmda uzoq vaqtgacha infektsiya o&#8217;chog&#8217;i mavjud bo&#8217;ladi; yallig&#8217;lanishda hosil bo&#8217;ladigan moddalar hamda mikroblarning hayot faoliyati va parchalanish mahsulotlari allergik xususiyatga ega. Noinfektsionatopik Bronxial astmaga har xil chang, ba&#8217;zi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va boshqa sabab bo&#8217;lishi mumkin. Bronxial astmaning paydo bo&#8217;lishida asosiy sabablardan biri irsiy omillardir. Kasallik xurujlarida nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. G&#8217;am-g&#8217;ussa, ruhiy iztirob, hayajonlanish va boshqa ham xuruj tutishiga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning kelib chiqishi, rivojlanishi va kechishiga iqlim omillari ham ta&#8217;sir qiladi. Kasallik aksari bahor va kuz oylarida ko&#8217;p kuzatiladi. Bronxial astma xurujlari ko&#8217;payib, kasallik ulg&#8217;aygani sari o&#8217;pka emfizemasi, yurak-o&#8217;pka ishining izdan chiqishi kabi asoratlar vujudga kelishi mumkin. Bo&#8217;g&#8217;ilish Bronxial astmadan boshqa kasalliklarda ham kuzatilishini nazarda tutish lozim. Davosi kasallikka sabab bo&#8217;lgan allergenni topish va uni bartaraf etishdan iborat. O&#8217;tkir xuruj vaqtida bronxlarni kengaytiruvchi dorilar beriladi. Davo gimnastikasi, ochiq havodan mo&#8217;lko&#8217;l bahramand bo&#8217;lish yaxshi yordam beradi. Kasallik zo&#8217;raymaganda vrach bilan kelishilgan holda tegishli kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Bronxial astmaning oldini olishda atrof muhitni sog&#8217;lomlashtirish, infektsionrespirator kasalliklarni vaqtida davolatish, eng muhimi, yaqin qarindoshlar o&#8217;rtasidagi nikohga barham berish lozim. Ozodbek Nazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BRONXIAL ASTMA (Yunoncha asthma bo&#8217;g&#8217;ilish), ziqnafas \u2014 mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining ko&#8217;chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o&#8217;tkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi va bo&#8217;g&#8217;ilish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronxial-astma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19650","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19650","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19653,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19650\/revisions\/19653"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}