{"id":19655,"date":"2022-03-01T20:16:11","date_gmt":"2022-03-01T17:16:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19655"},"modified":"2022-03-01T20:16:12","modified_gmt":"2022-03-01T17:16:12","slug":"bronxit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronxit\/","title":{"rendered":"BRONXIT"},"content":{"rendered":"\n<p>BRONXIT \u2014 bronxlar (asosan shilliq pardasi) ning yallig&#8217;lanishi. Nafas a&#8217;zolarining ko&#8217;p uchraydigan kasalliklaridan biri. Bronxit o&#8217;tkir va surunkali bo&#8217;ladi. Kasallikni ko&#8217;pincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va boshqalar keltirib chiqaradi. Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiiste&#8217;mol qilish, tamaki chekish, ba&#8217;zi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish; yuqori nafas yo&#8217;llarida infektsiya o&#8217;chog&#8217;i borligi (sinusit, gaymorit) ham o&#8217;tkir Bronxit rivojlanishiga sharoit tug&#8217;diradi. Kasallik quruq yo&#8217;tal, to&#8217;sh atrofida og&#8217;riq, yuqori nafas yo&#8217;llarining o&#8217;tkir yallig&#8217;lanishiga xos o&#8217;zgarishlar, tumov bilan boshlanib, keyin yallig&#8217;lanish bronxlarga tarqaladi, muskullar qaqshab og&#8217;riydi, ko&#8217;krak sohasida qisilish his qilinadi, yo&#8217;tal dastlab quruq bo&#8217;lib, keyin balg&#8217;am ajraladi, gavda harorati ko&#8217;tariladi, gripp bilan og&#8217;rigan bemorlarning lablariga uchuq toshadi va boshqalar. Oradan bir necha kun o&#8217;tgach, kasallik batamom tuzaladi, ba&#8217;zan cho&#8217;zilib ketib, surunkali Bronxitga aylanishi mumkin. O&#8217;tkir Bronxit bolalar va keksalarda og&#8217;ir o&#8217;tib, unga o&#8217;pka yallig&#8217;lanishi (zotiljam) qo&#8217;shilishi mumkin. Surunkali Bronxit nafas a&#8217;zolarining eng ko&#8217;p tarqalgan kasalliklaridan. Ko&#8217;proq erkaklarda kuzatiladi. Surunkali Bronxit birlamchi va ikkilamchi bo&#8217;lishi mumkin. Birlamchi surunkali Bronxitda bronxlarning diffuz o&#8217;zgarishlari kuzatiladi. U bronxo&#8217;pka va boshqa a&#8217;zolarning kasalliklariga bog&#8217;liq bo&#8217;lmaydi. Ikkilamchi surunkali Bronxit esa bronxo&#8217;pka va boshqa sistema kasalliklari (sil, bronxoektatik kasallik, surunkali pnevmoniya, uremiya, qon aylanishi yetishmovchiligi va boshqalar) natijasida kelib chiqadi. Yallig&#8217;lanish xususiyatiga ko&#8217;ra surunkali Bronxit kataral va yiringli bo&#8217;ladi. Belgilari: bemorni yo&#8217;tal tutib, shilimshiqyiring aralash balgam ajraladi, hansiraydi, uning darmoni qurib, salga toliqadi, harorati ko&#8217;tariladi, ko&#8217;p terlaydi, ishlash qobiliyati pasayadi. Kataral Bronxitda ko&#8217;pincha ertalab jismoniy mashqdan so&#8217;ng yo&#8217;tal paydo bo&#8217;lib, balg&#8217;am ajraladi. Kasallik yil fasliga qarab tez-tez qo&#8217;zib turadi. Bronxit yengil kechganida bemor uyda yoki kunduzgi stasionarda davolanadi. O&#8217;rindan turmay yotish, bekamu ko&#8217;st ovqatlanish, iliq ichimliklar (malina murabbosi solingan choy, mineral suvli sut va boshqalar) ichish, oyoqlarga vanna qilish bemorning ahvolini bir oz yengillashtiradi. Kasallik qo&#8217;zigan paytda etiotrop va patogenetik davo qo&#8217;llaniladi. Bemorni kasalxonaga yotqizish kerak. Vaqtida va to&#8217;g&#8217;ri davo qilinsa, bemor batamom tuzalib ketadi, aks holda o&#8217;pka emfizemasi, bronxoektaziya, yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar qoldirishi mumkin. Davo gimnastikasi, ochiq havoda ko&#8217;proq sayr qilish tavsiya etiladi. Yallig&#8217;lanish avj olgan davrda ovqatda vitamin va oqsillar mo&#8217;lko&#8217;l bo&#8217;lishi kerak, chunki balg&#8217;am ko&#8217;p ajralganda organizm ko&#8217;p oqsil yo&#8217;qotadi. Yuqumli kasalliklar, ayniqsa grippning oldini olish, ishlab chiqarishda changni yo&#8217;qotish, tamaki chekishni taqiqlash, organizmni chiniqtirish, suv muolajalari Bronxitning oldini olish choralaridir. Hayvonlarda aksariyat qora mollarda uchraydi. Bronxitga noqulay iqlim sharoiti, mollarning sovqotishi, sovuq suv bilan sug&#8217;orish, qo&#8217;ylarning juni olingandan so&#8217;ng yomg&#8217;ir va sovuqda, elvizakda qolishi, mollarni to&#8217;shamasiz tsement binolarda saqlash va sifatsiz ozuqalar berilishi sabab bo&#8217;ladi. Bronxitning belgilari: kasallik boshida hayvonlarning harorati ko&#8217;tariladi, yo&#8217;tal, xirillash, burundan suyuqlik ajralishi, nafas olish qiyinlashib, bezgak tutishi kuzatiladi, ishtaha yo&#8217;qoladi. Kasallik ko&#8217;krak qafasi atrofini rentgenoskopiya va rentgenografiya qilish yo&#8217;li bilan aniqlanadi. Davosi: balg&#8217;am ko&#8217;chiruvchi preparatlar, antibiotiklar: neomisin, monomisin, fradizin, trimerazin, tribsin, sulfanilamid beriladi, skipidar bilan ingalyatsiya qilinadi. Oldini olish: mollarni saqlashda zoogigiena me&#8217;yorlariga rioya qilish. Abdulla Ubaydullaev, Po&#8217;lat Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BRONXIT \u2014 bronxlar (asosan shilliq pardasi) ning yallig&#8217;lanishi. Nafas a&#8217;zolarining ko&#8217;p uchraydigan kasalliklaridan biri. Bronxit o&#8217;tkir va surunkali bo&#8217;ladi. Kasallikni ko&#8217;pincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronxit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19655","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19655","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19655"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19655\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19657,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19655\/revisions\/19657"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19655"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19655"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19655"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}