{"id":19703,"date":"2022-03-02T08:48:40","date_gmt":"2022-03-02T05:48:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19703"},"modified":"2022-03-02T08:48:42","modified_gmt":"2022-03-02T05:48:42","slug":"brusellyoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/brusellyoz\/","title":{"rendered":"BRUSELLYOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>BRUSELLYOZ, Malta isitmasi, qora oqsoq\u2014 odam va hayvonlarda uchraydigan infektsion kasallik; Brusellyozni brusella bakteriyalari qo&#8217;zg&#8217;atadi, ular tashqi muhitda (suv, tuproq, teri va hokazolar) bir necha oy saqlana oladi; dezinfektsiyalovchi vositalarda bir necha minutda nobud bo&#8217;ladi. Brusellalar kasal hayvonning suti, siydigi, go&#8217;ngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, ular shu hayvonning go&#8217;shtida ham bo&#8217;ladi. Organizmga brusellalar hazm va nafas yo&#8217;llarining shilliq pardalari, shuningdek shikastlangan teri orqali tushadi. Brusellyoz bilan og&#8217;rigan molning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy), shuningdek chala pishirilgan go&#8217;shti iste&#8217;mol qilinganda kasallik odamga yuqadi. Brusellyoz bilan ko&#8217;proq molboqarlar, cho&#8217;ponlar, kushxona, terini oshlash korxonasi ishchilari va boshqalar kasallanadi. Brusellyozda asosan nerv, yuraktomir sistemasi va suyakbo&#8217;g&#8217;im apparati zararlanadi. Kasallikning yashirin davri 1-3 hafta. Uning kechishi va belgilari xilma-xil bo&#8217;ladi. O&#8217;tkir boshlanganida isitma ko&#8217;tariladi, bemor g&#8217;araqg&#8217;araq terlaydi, lohaslik alomatlari kuzatiladi; oyoq-qo&#8217;l, bel, muskul va bo&#8217;g&#8217;imlar zirqirab og&#8217;riydi. Isitma goh ko&#8217;tarilib, goh pasayib turadi, jigar, qora taloq kattalashadi, keyinroq bo&#8217;g&#8217;imlar yallig&#8217;lanadi va boshqalar. Bir necha oy o&#8217;tgach, bemor tuzala boshlaydi, ba&#8217;zan yillab cho&#8217;zilishi mumkin. Ayollarda chala tug&#8217;ish yoki bola tashlash kuzatiladi. Brusellyoz ko&#8217;pincha asta-sekin boshlanadi. Tayanch harakat apparati jarohatlangandan keyingina bemor vrachga murojaat qiladi. Bemor kasalxonada davolanadi. Davo bemorning umumiy ahvoliga qarab tayinlanadi; antibiotiklar, fizioterapiya va boshqalar buyuriladi. Brusellyozning oldini olish uchun kasal hayvonlarni vaqtida aniqlab, alohida boqish va so&#8217;yish; go&#8217;sht va sutini maxsus usullar bilan zararsizlantirish kerak. Brusellyoz odamlarga yuqmasligi uchun mol bilan bevosita muloqotda bo&#8217;ladigan kasb kishilarini Brusellyozga qarshi emlash va ularni maxsus kiyimbosh, korjoma bilan ta&#8217;minlash lozim. Hayvonlarda Brusellyozni brusellalar avlodiga mansub uch turdagi bakteriyalar, jumladan qo&#8217;y-echkilarda Brucella melitensis, qoramollarda V. abortus, cho&#8217;chqalarda V. suis qo&#8217;zg&#8217;atadi. Boshqa uy hayvonlarida ham uchrashi mumkin. Qo&#8217;y va echkilarda uchraydigan Brusellyoz odam uchun eng xavfli hisoblanadi. Hayvonlarga infektsiya yem-xashak yoki suvdan, shuningdek sun&#8217;iy qochirishda zararlangan sperma va boshqalardan yuqadi. Urg&#8217;ochi hayvonlarda Brusellyoz bo&#8217;g&#8217;ozlikning ikkinchi yarmida bola tashlash (sigirlarda 5-8, qo&#8217;y-echkilarda 3-4 oylikda, cho&#8217;chqalarda 4\u201412 haftalik bo&#8217;lganda), yo&#8217;ldoshning bachadon devorida tutilib qolishi, erkak hayvonlarda orxitlar (moyaklarning shamollashi), bo&#8217;g&#8217;imlarning kasallanishi kabi ko&#8217;rinishlarda kechadi. Ko&#8217;p hollarda Brusellyoz yashirin ravishda o&#8217;tadi. Kasallik klinik belgilar, bakteriologik, serologik tekshirishlar asosida aniqlanadi, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqalarda brusellin biologiya preparati yordamida allergik tekshiruv o&#8217;tkaziladi. Oldini olish va kurash choralari. Kasallik tarqalgan hududlardan molar chetga chiqarilmaydi. Brusellyoz aniqlangan xo&#8217;jaliklarda kasal hayvonlar so&#8217;yishga topshiriladi, sut, go&#8217;sht kabi mahsulotlar maxsus usullarda zararsizlantiriladi, sog&#8217;lom hayvonlar emlanadi. Shonosir Shovahobov, Po&#8217;lat Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BRUSELLYOZ, Malta isitmasi, qora oqsoq\u2014 odam va hayvonlarda uchraydigan infektsion kasallik; Brusellyozni brusella bakteriyalari qo&#8217;zg&#8217;atadi, ular tashqi muhitda (suv, tuproq, teri va hokazolar) bir necha oy saqlana oladi; dezinfektsiyalovchi vositalarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/brusellyoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19703","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19703","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19703"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19703\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19706,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19703\/revisions\/19706"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19703"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19703"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19703"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}