{"id":19723,"date":"2022-03-02T16:23:19","date_gmt":"2022-03-02T13:23:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19723"},"modified":"2022-03-02T16:23:21","modified_gmt":"2022-03-02T13:23:21","slug":"bryussel","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bryussel\/","title":{"rendered":"BRYUSSEL"},"content":{"rendered":"\n<p>BRYUSSEL \u2014 Belgiya poytaxti. Brabant provintsiyasining ma&#8217;muriy markazi. Senna daryosi bo&#8217;yida. Aholisi qariyb 1,22 million (1995), asosan flamand va vallonlar, ko&#8217;pchiligi katolik. Bryussel 11-asr yilnomalarida ilk bor tilga olinadi. Luven graflari qarorgohi bo&#8217;lgan. 12-asrdan Brabant tarixiy viloyatining asosiy iqtisodiy markazi, keyinchalik Flandriya va Burgundiyaning markazi. 15-asrda Niderlandiya tarkibida Gabsburglar hukmronligiga o&#8217;tgan. 1585 yil martda shaharni ispanlar istilo qilgan. 1714 yil Bryussel Belgiyaning barcha hududi bilan Avstriyaga qo&#8217;shib olindi. 1815-30 yillarda Niderlandiya qirolligi tarkibida bo&#8217;lgan. 1830 yildan Bryussel \u2014Belgiya poytaxti. 1914-18 va 1940-44 yillarda Bryusselni Germaniya qo&#8217;shinlari okkupatsiya qilgan. 1944 yil sentabrda Amerika-Angliya qo&#8217;shinlari Bryusselni ozod qildi. 1967 yildan Bryusselda Yevropa Iqtisodiy Kengashi va Benilyuks Markaziy organi, NATO kengashi va uning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari oliy bosh qo&#8217;mondonligining bosh shtab kvartirasi joylashgan. Bryussel\u2014mamlakatning eng katta shahri, asosiy sanoat va moliya markazi, muhim transport yo&#8217;llari tuguni. Shaharga 10 dan ortiq temir yo\u2019l tarmog&#8217;i kirgan. Xalqaro aeroport bor. Bryussel kanallar orqali mamlakatning yirik dengiz porti \u2014 Antverpen va sanoat markazi \u2014 Sharlerua bilan bog&#8217;langan. Bryusselda mashinasozlik (transport mashinasozligi, elektrotexnika va ayniqsa aniq priborlar ishlab chiqarish), kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, mebel sanoati, hunarmandchilik (gilam to&#8217;qish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqalar) rivojlangan. Sanoat korxonalari, asosan Senna daryosi bo&#8217;yida joylashgan. Qirollik Akademiyasi (1772), universitet (1834), Luven katolik universiteti, geografiya instituti va boshqa oliy o&#8217;quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari, observatoriya (1827); botanika bog&#8217;i, san&#8217;at akademiyasi, qirollik kutubxonasi (1837), muzeylar, teatrlar bor. Bryusselda Butunjahon sanoat ko&#8217;rgazmalari o&#8217;tkaziladi. Shahar markazida Gudula sobori (1220-1500), shahar boshqarmasi binosi, Qirol maydoni va boshqa me&#8217;moriy yodgorliklar saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BRYUSSEL \u2014 Belgiya poytaxti. Brabant provintsiyasining ma&#8217;muriy markazi. Senna daryosi bo&#8217;yida. Aholisi qariyb 1,22 million (1995), asosan flamand va vallonlar, ko&#8217;pchiligi katolik. Bryussel 11-asr yilnomalarida ilk bor tilga olinadi. Luven &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bryussel\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19723","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19729,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19723\/revisions\/19729"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}