{"id":19827,"date":"2022-03-03T14:27:16","date_gmt":"2022-03-03T11:27:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19827"},"modified":"2022-03-03T14:27:18","modified_gmt":"2022-03-03T11:27:18","slug":"buyraktosh-kasalligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buyraktosh-kasalligi\/","title":{"rendered":"BUYRAKTOSH KASALLIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>BUYRAKTOSH KASALLIGI, nefrolitiaz \u2014 buyrak va siydik yo&#8217;llarida tosh (konkrement) hosil bo&#8217;lishi bilan kechadigan kasallik. Bir yoki ikki tomonlama bo&#8217;ladi. Brlalarga nisbatan kattalar orasida ko&#8217;proq uchraydi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, oqsillar tanqisligi, me&#8217;daichak kasalliklari, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar faoliyatining kuchayishi, pielonefrit, buyrakdan siydik oqimi qiyinlik bilan o&#8217;tadigan boshqa kasalliklar oqibatida moddalar almashinuvining buzilishi sabab bo&#8217;ladi. Irsiy omillarning ham ahamiyati bor. Kasallik asosida oqsil o&#8217;laksasi atrofiga siydikda qiyin eriydigan tuz kristallari yopishib, mikrolitlar hosil qilishi yotadi; ular astasekin kattalashib, toshlarga aylanadi (masalan, urat kislota tuzlaridan uratlar, kaltsiy oksalatdan esa oksalat toshlari va hokazolar). Tosh o&#8217;lchamlari kattalasha borib, buyrak kosachasi yoki jomiga tiqilib, siydik dimlanishi ro&#8217;y berganda, o&#8217;ziga xos klinik manzara kuzatiladi. Belning o&#8217;ng yoki chap tarafida qattiq sanchiq paydo bo&#8217;lib, u jinsiy a&#8217;zolarga, sonning old yuzasiga tarqaladi. Sanchiq bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Ba&#8217;zan og&#8217;riq suet bo&#8217;lib, jismoniy ish qilganda, sakraganda, transport silkitganida, tosh joyidan siljib, siydik nayiga yoki qovuqqa o&#8217;tganida og&#8217;riq kuchayishi va bunda mikrogematuriya makrogematuriyaga aylanishi mumkin. Bolalar serxarxasha bo&#8217;lib, bezovtalanadi, qorni yoki kindik atrofini ko&#8217;rsatib, chinqirib yig&#8217;laydi, siydikda leykosit va eritrositlar bo&#8217;ladi. Ultratovush (UTT) yoki roentgen tekshiruvlariga asoslanib tashhis qo&#8217;yiladi. Toshning o&#8217;lchami siydik nayidan chiqa olish darajasida bo&#8217;lsa, uni erituvchi dorilar, giyoxdar va parhez yordamida davolanadi. Litotriptor yordamida toshni maydalab, siydik yo&#8217;llaridan chiqarib yuborish tobora ko&#8217;p qo&#8217;llanilmoqsa. Zaruriy hollarda jarrohlik usulida tosh buyrakdan olib tashlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUYRAKTOSH KASALLIGI, nefrolitiaz \u2014 buyrak va siydik yo&#8217;llarida tosh (konkrement) hosil bo&#8217;lishi bilan kechadigan kasallik. Bir yoki ikki tomonlama bo&#8217;ladi. Brlalarga nisbatan kattalar orasida ko&#8217;proq uchraydi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buyraktosh-kasalligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19827","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19827","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19827"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19827\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19831,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19827\/revisions\/19831"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19827"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19827"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19827"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}