{"id":19902,"date":"2022-03-04T08:39:38","date_gmt":"2022-03-04T05:39:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19902"},"modified":"2022-03-04T08:39:39","modified_gmt":"2022-03-04T05:39:39","slug":"buloqlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buloqlar\/","title":{"rendered":"BULOQLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BULOQLAR, chashmalar \u2014 yer osti suvlarining tabiiy holatda yer yuzasiga chiqishi (quruqlikda yoki suv ostida). Buloqlar suvli qatlamlarni daryo vodiylari, jarliklar, ko&#8217;l cho&#8217;kmalari kesib o&#8217;tishidan, tektonik yoriqlar, otqindi va cho&#8217;kindi jinslar kontakt zonalari mavjudligidan, suvli jinslar filtratsiya xossasining bir xil emasligidan paydo bo&#8217;ladi. Buloqlar 2 ga bo&#8217;linadi: 1) qaynar Buloqlar \u2014 yer ostidan gidrostatik bosim, gaz va bug&#8217;lar ta&#8217;sirida yer yuzasiga chiqadi. Farg&#8217;ona vodiysida (Sho&#8217;rsuv, Jalolobod), Tojikistonda (Obigarm, Issiqbuloq) ko&#8217;p. Qaynar Buloqlar paydo bo&#8217;lish sharoitiga qarab erozion va gaz bosimliga bo&#8217;linadi. Bu Buloqlar artezian suvli qatlamlarning erozion kesilishi, tektonik yoriklardan otilib chiqishi hamda jarlik, soy va daryo vodiylarining suvli qatlamlarni kesib o&#8217;tishi natijasida paydo bo&#8217;ladi. Bunday Buloqlar Buxoro va Qoraqum neftgazli rayonlarida uchraydi; 2) sokin Buloqlar \u2014 sizot suvli qatlamlarning oldini suv o&#8217;tkazmaydigan jinslar to&#8217;sib qolishi yoki ochilib qolishi, karst buloqlarining yer yuzasiga chiqishidan hosil bo&#8217;ladi. Karst Buloqlarning kattalari ko&#8217;p suvli (Voklyuz). Ayrim karst Buloqlardan sekundiga 200-250 litr suv chiqadi. Bunday Buloqlar Farg&#8217;ona vodiysi Janubda, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida ko&#8217;p, ulardan aholi keng foydalanadi. Bulardan tashqari sekundiga 1000-1100 litr suv beradigan yirik Buloqlar ham bor. O&#8217;zbekistonda bunday Buloqlarlardan Qorabuloq (Qashqadaryo), Nurota va Deytbaland (Samarqand viloyati) da mavjud. Buloqlardan chiqayotgan suvning o&#8217;zgarishiga ko\u2019ra doimiy, davriy va o&#8217;zgaruvchan, temperaturasi bo&#8217;yicha sovuq (0\u00b0\u2014 20\u00b0), issiq (20\u00b0-42\u00b0), qaynoq (40\u00b0\u2014 100\u00b0), juda qaynoq (100\u00b0 dan ortiq) Buloqlarlar bo&#8217;ladi. Buloqlardan ekinlarni sug&#8217;orishda, sanoatda, aholini suv bilan ta&#8217;minlash va davolanishda (Xo&#8217;jaipok bulog&#8217;i, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) foydalaniladi. Suvi ichiladigan va sug&#8217;orishda foydalaniladigan Buloqlar Farg&#8217;ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Nurota, Toshkent vohalarining tog&#8217;oldi joylarida ko&#8217;p. Bu yerlarda ayrim Buloqlarning boradigan suvi sekundiga 10-15 l gektar yetadi. Shifobaxsh Buloqlar Tojikiston (Garmchashma, Xo&#8217;jaobigarm), Qirg&#8217;iziston (Jalolobod, Issiqota, Jetio&#8217;g&#8217;uz, Oqsuv), O&#8217;zbekiston (Shohimardon) va boshqa yerlarda bor. Toshkent shahri Chorsu maydonida ham 1960-yillar oxirlarigacha &#8220;Chorsu&#8221; mehmonxonasi o&#8217;rnida Ukkosha bulog&#8217;i mashhur bo&#8217;lgan. Sanoat ahamiyatiga ega sho&#8217;r (tarkibida yod, bor, brom va boshqa elementlar bo&#8217;lgan) Buloqlar tog&#8217;oldi, tog&#8217; orasidagi botiq, artesian xavzalar (Farg\u2019ona, Buxoro, Qarshi, Qoraqum) da uchraydi. O&#8217;zbekistonda Buloqlardan to&#8217;g&#8217;ri foydalanish maqsadida buloqli joylarning gidrogeologiya sharoitlari, Buloqlarlar paydo bo&#8217;lishi jarayoni, suv temperaturasi, tarkibi va chiqadigan miqdori o&#8217;rganiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BULOQLAR, chashmalar \u2014 yer osti suvlarining tabiiy holatda yer yuzasiga chiqishi (quruqlikda yoki suv ostida). Buloqlar suvli qatlamlarni daryo vodiylari, jarliklar, ko&#8217;l cho&#8217;kmalari kesib o&#8217;tishidan, tektonik yoriqlar, otqindi va cho&#8217;kindi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buloqlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19902","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19902","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19902"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19902\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19905,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19902\/revisions\/19905"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19902"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19902"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19902"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}