{"id":20081,"date":"2022-03-05T09:30:14","date_gmt":"2022-03-05T06:30:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20081"},"modified":"2022-03-05T09:30:15","modified_gmt":"2022-03-05T06:30:15","slug":"burun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/burun\/","title":{"rendered":"BURUN"},"content":{"rendered":"\n<p>BURUN \u2014 odam va umurtqali hayvonlar nafas yo&#8217;llarining boshlang&#8217;ich qismi va hid bilish a&#8217;zosi. Ovoz chiqarish va so&#8217;zlashda resonator vazifasini o&#8217;taydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi); tashqi Burun, burun bo&#8217;shlig&#8217;i va Burunning yondosh bo&#8217;shliqlariga bo&#8217;linib, yondosh bo&#8217;shliqlar Burun bo&#8217;shlig&#8217;iga tor teshiklar orqali ochiladi. Tashqi Burun suyaktog&#8217;ay skeletidan tuzilgan. Tog&#8217;ay to&#8217;qima borligi tufayli tashqi Burun egiluvchan. Burun terisi bag&#8217;rida yog&#8217; bezlari bor. Burun bo&#8217;shlig&#8217;i (Cavitas nasi) yupqa to&#8217;siq orqali ikki bo&#8217;lakka ajralgan bo&#8217;lib, kataklar orqali tashki muhit bilan, xoana orqali esa burunhalqum bilan tutashadi. Burun bo&#8217;shlig&#8217;ining tubi qattiq tanglay suyagi hisoblanib, yuqori devori g&#8217;alvirsimon yupqa suyak plastinkadan iborat, hidlov nervining tolalari shu plastinka teshiklaridan o&#8217;tib, Burun bo&#8217;shlig&#8217;iga kiradi. Burun bo&#8217;shlig&#8217;i devorini hilpillovchi epiteliyli shilliq parda qoplab olgan. Uning tuklari bir maromda tebranib turadi. Burun bo&#8217;shlig&#8217;ini ikkiga (o&#8217;ng va chapga) bo&#8217;lib turgan to&#8217;siqning orqa qismi suyak to&#8217;qima, old qismi tog&#8217;aydan iborat bo&#8217;lib, Burun bo&#8217;shlig&#8217;ining ichki devorini hosil qiladi. Bu bo&#8217;shliqning yon devorida uchtadan Burun chig&#8217;anog&#8217;i bo&#8217;lib, ular ostidan yuqori, o&#8217;rta va pastki havo yo&#8217;llari o&#8217;tgan. Yuqori va o&#8217;rta havo yo&#8217;lining yon devorida teshikchalar bor, Burun bo&#8217;shlig&#8217;i shular orqali o&#8217;zining yondosh bo&#8217;shliqlari bilan tutashadi. Pastki havo yo&#8217;lida yoshb. kanalining teshigi bo&#8217;lib, bundan Burun bo&#8217;shlig&#8217;iga yosh oqib tushadi. Burunning yondosh bo&#8217;shliqlari to&#8217;rt juft: yuqori jag&#8217;, peshona, asosiy va g&#8217;alvirsimon bo&#8217;shliq. Burun bo&#8217;shlig&#8217;i orqa tomondan halqum (yutqin)ga kata cho&#8217;zinchoq teshiklar \u2014 xoanalar bilan tutashadi. Burun bo&#8217;shlig&#8217;ini qoplagan shilliq pardaning yuqori qismida hidlov nervining oxirlari tarmoqlangan, qolgan qismidagi hilpillovchi epiteliy tuklari Burun teshiklari tomon tebranib turadi. Burun bo&#8217;shlig&#8217;i nafas olish, muhofaza, hid bilish va rezonans funktsiyalarini bajaradi. Nafasga olingan havo Burun bo&#8217;shlig&#8217;idan o&#8217;tish vaqtida chang-to&#8217;zon zarrachalaridan tozalanadi. Burun shilimshig&#8217;idagi moddalar Burun bo&#8217;shlig&#8217;iga tushgan mikroblarni bir qadar yuqumsizlantiradi. Sovuq havo Burun yo&#8217;llaridan o&#8217;tayotganda isiydi va qon tomirlarga boy bo&#8217;lgan shilliq pardalarga tegib namlanadi. Shilliq pardadagi hid bilish nervi hujayralari turlituman hidlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi. Burun orqali nafas olganda havo Burundan o&#8217;ta turib chang va mikroblardan tozalanadi, iliydi va namlanadi. Burun kasalliklarini Otorinolaringologiya fani o&#8217;rganadi. Nosir Ahmedov.<\/p>\n\n\n\n<p>BURUN, tumshuq \u2014 quruqlikning okean, dengiz, ko&#8217;l akvatoriyasiga yondosh sohillarga nisbatan ko&#8217;proq turtib kirgan qismi. Qirg&#8217;oq qanday jinslardan (tosh, qum va boshqalar) tarkib topganligiga qarab, Burunlar tik ko&#8217;tarilgan, baland (Dejnyov Burun, Ayiq tog&#8217; Burun), asta-sekin pasayib boradigan, tekis (Mo&#8217;ynoq Burun) bo&#8217;lishi mumkin. Burun ba&#8217;zan suv ostida ham davom etib, kema qatnovi uchun xavf tug&#8217;diradi. Tor muyulishi ham Burun deyiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>BURUN \u2014 1) degrezlikda ishlatiladigan quyma cho&#8217;yan moslama. Uning bir uchini dama, ikkinchi uchini yondo&#8217;kon shovvasi (shamol kiradigan teshik) ga suqib, lom bilan ko&#8217;tarib qo&#8217;yiladi. Shamol damdan Burun orqali shovvaga, undan yondo&#8217;kondagi o&#8217;choqqa borib, o&#8217;tni puflaydi. Temirchi, Taqachi, miskar, anjomsozlar Burunni bulul deb ham atashadi; 2) anjomsozlarning mo&#8217;risiz o&#8217;choqlarida dam kavaza (yog&#8217;och naycha) ga kiradigan nay va hokazolar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BURUN \u2014 odam va umurtqali hayvonlar nafas yo&#8217;llarining boshlang&#8217;ich qismi va hid bilish a&#8217;zosi. Ovoz chiqarish va so&#8217;zlashda resonator vazifasini o&#8217;taydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi); tashqi Burun, burun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/burun\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20081","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20081","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20081"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20081\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20082,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20081\/revisions\/20082"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20081"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20081"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20081"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}