{"id":20433,"date":"2022-03-06T16:38:18","date_gmt":"2022-03-06T13:38:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20433"},"modified":"2022-03-06T16:38:21","modified_gmt":"2022-03-06T13:38:21","slug":"buxorodagi-vakolatxonalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buxorodagi-vakolatxonalar\/","title":{"rendered":"BUXORODAGI VAKOLATXONALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BUXORODAGI VAKOLATXONALAR \u2014 Buxoro amirligida rus hukumati va sarmoyadorlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan muassasalar. Rossiya 1866-68 yillardagi bosqinchilik urushlari natijasida amirlikning talay yerlarini bosib oldi. 1868 va 1873 yillardagi shartnomalar natijasida amirlik Rossiyaga qaram mamlakatga aylantirildi. Buxoro-Rossiya siyosiy, iqtisodiy munosabatlari jonlanib ketganligi, bu munosabatlarda Rossiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida oq podsho Aleksandr III ning 1885 yil 12 noyabrdagi farmoni bilan 1886 yil 1 yanvardan boshlab Buxoroda &#8220;Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi&#8221; \u2014 vakolatxonasi ta&#8217;sis etildi. 1903 yil 6 mayda podsho Nikolay II vakolatxona huquqlarini kengaytirdi. Mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan bu muassasaga barcha siyosiy-iqtisodiy, harbiy masalalar yuzasidan Amir hukumati bilan munosabatda bo&#8217;lish, Amir va uning vazirlari ustidan nazorat o&#8217;rnatish, Zarafshon daryosining suv taqsimoti bilan shug&#8217;ullanish, Buxoro-Afg&#8217;oniston chegaralarini kuzatib turish, Buxorodagi rus qarorgohlarida gazetalar va teatr pesalari ustidan nazorat o&#8217;rnatish huquqlari berildi. Siyosiy agent chor Rossiyasining rasmiy doimiy vakili bo&#8217;lib, Peterburg va Toshkentning Buxoro hukumati bilan qiladigan hamma aloqalari shu agent orqali o&#8217;tar edi. Siyosiy agent, shuningdek Buxoro amirligini o&#8217;zining ichki bozoriga aylantirishga intilgan rus sarmoyadorlari manfaatlarini ko&#8217;zlab bojxona tizimi, sanoat, temir yo\u2019l, pochtatelegraf ishlarini to&#8217;la o&#8217;z nazoratiga oldi. 20-asr boshlariga kelib amirlik hududida paxta, Qorako&#8217;l teri sotiladigan bozorlar joyini belgilash kabi amirlikning mutlaqo ichki ishi hisoblangan masalalarga ham aralasha boshladi. 1917 yil Rossiyadagi Fevral inqilobidan so&#8217;ng agentlik nomi o&#8217;zgartirilib \u2014 Rossiya vakolatxonasiga aylantirildi. Rus qarorgohlarida sho&#8217;ro hokimiyati o&#8217;rnatilgach, Turkiston o&#8217;lkasi XKS ning Buxoro ishlari bo&#8217;yicha Kollegiyasi ta&#8217;sis etildi (1917 yil dekabr). Turkiston ASSR tashkil topgach (1918 yil 30 aprel), Turkiston o&#8217;lkasining Buxoro ishlari bo&#8217;yicha komissari tayinlandi. 1920 yil Buxoro xonligi tugatilgach, BXSR hukumati qoshida RSFSR hukumatining Muxtor vakiliga aylantirildi. Salkam 40 yil davomida turli shakl va nomlarda faoliyat ko&#8217;rsatgan bu muassasa faqat mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga xizmat qildi. Ad.: Tuxtametov T. G., Russkobuxarskie otnosheniya v kontse 19 \u2014 nachale 20 vv., T., 1966; Istoki drujbi, Dushanbe, 1987; Gafurov A., Iz istorii osnovaniya i razvitiya goroda kagana i ego roli v russkobuxarskix otnosheniyax, Buxara, 1989<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUXORODAGI VAKOLATXONALAR \u2014 Buxoro amirligida rus hukumati va sarmoyadorlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan muassasalar. Rossiya 1866-68 yillardagi bosqinchilik urushlari natijasida amirlikning talay yerlarini bosib oldi. 1868 va 1873 yillardagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buxorodagi-vakolatxonalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20436,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20433\/revisions\/20436"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}