{"id":20439,"date":"2022-03-06T16:48:18","date_gmt":"2022-03-06T13:48:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20439"},"modified":"2022-03-06T16:48:19","modified_gmt":"2022-03-06T13:48:19","slug":"buxoronoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buxoronoma\/","title":{"rendered":"&#8220;BUXORONOMA&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;BUXORONOMA&#8221;\u2014Buxoro viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazeta. Buxoro shahrida o\u2019zbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab &#8220;Uchqun&#8221; nomi bilan Samarqandda nashr etilib (1920 yil iyun\u2014sentabr), Buxoroda yashirin tarqatilgan, BXSR tashkil etilgach (1920 yil sentabr), Buxoro shahrida &#8220;Buxoro axbori&#8221; nomi bilan nashr etila boshlangan. Keyinchalik &#8220;Ozod Buxoro&#8221; (1923-30), &#8220;Buxoro proletari&#8221; (1930-38), &#8220;Buxoro haqiqati&#8221; (1938\u2014 99) nomlari bilan chiqdi. 1999 yil dekabrdan hozirgi nomda. Gazetaga turli davrlarda Fayzulla Xo&#8217;jayev, Fitrat, Cho&#8217;lpon, Sayd Axroriy, Ostonqul Abduqayum o&#8217;g&#8217;li, Kosim Sorokin, Fotih Sulaymon, Abdusalom Niyoziy, Abbos Aliev, Ahmadjon Yoqubov, Rustam Abdurahmonov, Ashur Bozorov, Turg&#8217;un Yokubov, Otaxon Toshxo&#8217;jayev, Yo&#8217;ldosh Muqimov, Abdurahim Nurmuhamedov, Toshpo&#8217;lat Hamid va boshqalar muharrirlik qilgan. Gazeta sahifalarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho&#8217;lpon, Sadriddin Ayniy, Ibrohim Mo&#8217;minov, Abdulhamid Majidov, Atoulla Xo&#8217;jayev, Usmonxo&#8217;ja Po&#8217;latxo&#8217;jayev, Muinjon Aminov, Ne&#8217;mat Aminov, Omon Muxtorov kabi taniqli davlat arboblari va ziyolilar dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan qatnashishgan. Gazetaning dastlabki sonlaridan boshlab millim mustaqillik g&#8217;oyasi undagi maqolalarning bosh mavzui bo&#8217;lgan. 20-yillarda gazetada BXSR hududidan sho&#8217;ro qo&#8217;shinlarini olib chiqib ketish, demokratiyani rivojlantirish, davlat idoralarini ruslashtirishga chek qo&#8217;yish, yoshlarni taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlardagi oliy o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;qitish kabi dolzarb masalalar yoritilgan. Shu bois gazeta tahririyati jamoasi va mualliflari sho&#8217;ro tuzumidan ko&#8217;p jafo ko&#8217;rishgan. Gazetaning sobiq muharrirlari va yetakchi mualliflaridan Fayzulla Xo&#8217;jayev, Abdurauf Fitrat, Sayd Ahroriy, Abdulhamid Cho&#8217;lpon, Mahmud Badayliy, Ziyo Usmoniy, Ostonaqul Abduqayum 30-yillardagi qatag&#8217;onda hibsga olinib, qatl etilgan. Abbos Aliyev, Abdusalom Niyozov, Abdulhamid Majidov, A&#8217;lo Kamolov, Ashur Bozorov uzoq muddatga qamalgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda &#8220;Buxoronoma&#8221; shaklan va mazmunan tubdan o&#8217;zgarib, Buxoro viloyati hayotini har vaqtdagidan yaxshiroq yoritishga harakat qilmoqda. Gazeta istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni iymon-e&#8217;tiqodli, Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash, bozor munosabatlarini rivojlantirish, qishloq xo\u2019jaligida islohotlarni amalga oshirish. tadbirkorlikni qo&#8217;llab-quvvatlash, Buxoro shahrini obodonlashtirish va undagi asori atiqalarni asrab avaylash mavzulariga doimiy e&#8217;tibor bermoqda. Gazeta mustaqillik davrining gigant korxonasi bo&#8217;lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishida muxbirlar postini tashkil qilib, 2 yil mobaynida qurilishning borishini muntazam yoritib turdi. Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyi (1997 yil) oldidan turkum maqolalar berdi. Tahririyatda iqtisodiyot, ijtimoiy masalalar, huquq hamda xatlar va ommaviy ishlar bo&#8217;limlari ishlab turibdi. Turli yillarda tahririyatda mehnat qilgan Baqo Saidov, Habib Abdullayev, Toshpo&#8217;lat Hamid, Baxshullo Saidov, Halil Qodirov, Ahmadjon Niyozmurodov Respublikada xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat ko&#8217;rsatgan jurnalist unvonlariga sazovor bo&#8217;lishgan. 1996 yildan gaz. kompyuter usulida nashr etiladi. Tahririyat &#8220;Internet&#8221; orqali jahon axborot tarmog&#8217;iga chiqmoqda. &#8220;Buxoro yangiliklari&#8221;, &#8220;Buxoro futboli&#8221; ilovalari bor. Gazeta adadi 6000 (2001). Nusratillo Naimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;BUXORONOMA&#8221;\u2014Buxoro viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazeta. Buxoro shahrida o\u2019zbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab &#8220;Uchqun&#8221; nomi bilan Samarqandda nashr etilib (1920 yil iyun\u2014sentabr), Buxoroda yashirin tarqatilgan, BXSR tashkil etilgach (1920 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buxoronoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20439","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20439","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20439"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20439\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20441,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20439\/revisions\/20441"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20439"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20439"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20439"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}