{"id":20606,"date":"2022-03-08T15:56:55","date_gmt":"2022-03-08T12:56:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20606"},"modified":"2022-03-08T15:56:57","modified_gmt":"2022-03-08T12:56:57","slug":"bugdoy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bugdoy\/","title":{"rendered":"BUG&#8217;DOY"},"content":{"rendered":"\n<p>BUG&#8217;DOY (Triticum) \u2014 g&#8217;alladoshlar oilasiga mansub o&#8217;tsimon o&#8217;simliklar turkumi; eng qadimgi va hozirgi dunyoning ko&#8217;pgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko&#8217;ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bug&#8217;doy yoki oddiy Bug&#8217;doy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bug&#8217;doy (T. durum) ekiladi. Qolgan turlari kam ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Ko&#8217;pgina Bug&#8217;doy turlari (Ararat, Maxa, Timofeyev bug&#8217;doyi, Urartu, fors bug&#8217;doyi va boshqalar) ning vatani Zakavkazedir. Bug&#8217;doy Old va O&#8217;rta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7-6 ming yilliklarda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. 17-asrdan boshlab shimoliy Amerikada ekila boshladi. Bug&#8217;doy Yer sharida shimolda 66\u00b0 shu kabilarda (Shvetsiya), Rossiyada esa tajriba maydonlarida 76*44&#8242; shi kabilarda (Murmansk viloyati); Janubda Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrikaning Janubiy chegaralarigacha ekiladi. Jahonda Bug&#8217;doy ekiladigan maydonlar 250 million gektarga yaqin bo&#8217;lib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% Bug&#8217;doyga to&#8217;g&#8217;ri keladi (o&#8217;rtacha 360 million tonnadan ortiq). Asosiy G&#8217;allakor mamlakatlar \u2014 Rossiya, Qozog&#8217;iston, Xitoy, AQSh, Hindiston, Kanada. O&#8217;zbekistonda 90-yillarning boshidan respublikaning g&#8217;alla mustaqilligini ta&#8217;minlash uchun Bug&#8217;doy ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 million gektar; 1999). Botanik tavsifi. Bug&#8217;doyning ildiz sistemasi popuk ildiz bo&#8217;lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 santimetrgacha chuqurga kirib boradi. Poyasi \u2014 sidirg&#8217;a bo&#8217;g&#8217;imlarga bo&#8217;lingan somonpoya, bo&#8217;yi 40-130 santimetr. Bug&#8217;doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog&#8217;liq. Bargi poyani nayga o&#8217;xshab o&#8217;rab turadigan barg qini va lenta shaklidagi barg plastinkasidan iborat. To&#8217;pguli ko&#8217;pgulli boshoqchalardan iborat boshoq. Bug&#8217;doyda chetdan changlanish kam uchraydi, ko&#8217;proq o&#8217;zidan changlanadi. Mevasi \u2014 don. Doni yalang&#8217;och (polba Bug&#8217;doylarda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, cho&#8217;ziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizg&#8217;ishqo&#8217;ng&#8217;ir rangli bo&#8217;ladi. Bo&#8217;liqligi jihatidan yumshoq (urvoqdi) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqi) Bug&#8217;doyga bo&#8217;linadi. 1000 ta doni vazni 20\u2014 70 gramm. Yumshoq Bug&#8217;doy boshog&#8217;i qiltiqli va qiltiqsiz, qiltig&#8217;i boshog&#8217;idan qaltaroq; doni oq yoki qizg&#8217;ish, ko&#8217;ndalang kesimi dumaloq, ichi asosan unsimon. Qattiq Bug&#8217;doy boshog&#8217;i zich, asosan qiltiqli, qiltiqlari boshog&#8217;idan uzun va tik o&#8217;sadi. Xo&#8217;jalik ahamiyati. Doni to&#8217;yimli, tarkibida oqsil (selektsion navlarida 10-12% dan 20-25% gacha, yovvoyi turlarida 25-30% gacha), kraxmal (60\u2014 64%), shuningdek yog&#8217;lar (2%), vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va boshqalar bor. Doni, kepagi va boshqa chiqindilari qimmatli yem, aralash yem sanoati uchun xom ashyo. Somoni yemxashak va to&#8217;shama, qurilish materiali; poyasi qog&#8217;oz, karton, o&#8217;rov materiali ishlab chiqarish, savatlar, qalpoqlar to&#8217;qish uchun ishlatiladi va hokazolar. Ko&#8217;k massasi molga beriladi, shuningdek silos qilinadi. Bug&#8217;doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Biologik xususiyatlari. Bug&#8217;doy\u2014 bir yillik o&#8217;simlik, har xil tur va shakllarni duragaylash yo&#8217;li bilan ko&#8217;p yillik Bug&#8217;doy navlari yaratilgan. Kuzgi, bahori, yarim kuzgi va kuz hamda bahorda ekilganida ham hosil beradigan (Duoba) turlari ham bor. Kuzgi Bug&#8217;doy bahorgisidan biologik jyhatdan farq qiladi, sovuqqa va qurg&#8217;oqchilikka chidamli, tuproq harorati 4-5\u00b0 bo&#8217;lganda unib chiqadi. Ayniqsa boshoqlash davrida namga talabchan. Vegetatsiya davrida kuzgi Bug&#8217;doy uchun 2100\u00b0, bahori Bug&#8217;doy uchun kamida 1300\u00b0 samarali harorat talab etiladi. Qurg&#8217;oqchilik hosiddorlikni pasaytiradi. Kuzgi bug&#8217;doyning vegetatsiya davri kuzda 45\u2014 50, bahor\u2014yozda 75-100 kun, bahori bug&#8217;doyniki 90\u2014 100 kun. Kuzgi bug&#8217;doy qor qoplami qalin bo&#8217;lganda -35\u00b0 gacha sovuqqa chidaydi. Bahori bug&#8217;doy maysalari \u20148\u2014 10\u00b0 daraja sovuqqa bardosh beradi. Kuzgi Bug&#8217;doy hosildorligi suvli yerlarda 20\u2014 25 (ayrim hollarda 70-80) ts\/ga, lalmi yerlarda bahori Bug&#8217;doy hosildorligi 12-18 ts\/ga boradi. Agrotexnikasi. Sug&#8217;oriladigan mintaqalarda kuzgi Bug&#8217;doyni makkajo&#8217;xori, g&#8217;o&#8217;za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo&#8217;shagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va sho&#8217;rlangan tuproqda yaxshi o&#8217;smaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12\u2014 15 santimetr) yoki tor qatorlab (qator orasi 7-8 santimetr) ekiladi. Ekish me&#8217;yori \u2014 lalmi yerlarda gektariga 70-110 kilogramm, sug&#8217;oriladigan mintaqalarda gektariga 170-200 kilogramm, ekish chuqurligi 4-6 santimetr; kuzgi Bug&#8217;doy chuqurroq ekiladi, ekish me&#8217;yori 10-15% ortiq olinadi, urug\u2019lik ekish oldidan saralanib, dorilanadi. O&#8217;zbekistonning sug&#8217;oriladigan sharoitida Bug&#8217;doy ekiladigan yerga ekish oldindan 10-15 tonna go&#8217;ng, 40-80 kilogramm fosfor, 40-100 kilogramm azot, kaliy solinadi, o&#8217;suv davrida ham ekinzor o&#8217;g&#8217;itlanadi, suvli yerlarda o&#8217;suv davrida 2-3 marta sug&#8217;oriladi, O&#8217;zbekistonda pishib yetilgan bug&#8217;doyzorlar yoppasiga bir yo&#8217;la g&#8217;alla kombaynlari bilan o&#8217;rib yig&#8217;ib olinadi. Navlari. O&#8217;zbekistonda 1937-96 yillarda Bug&#8217;doy bo&#8217;yicha 6 marta (1937-61; 1944-64; 1960-65; 1963-75; 1970-80; 1980-85; 1990-95) nav almashtirildi. Bug&#8217;doy bo&#8217;yicha urug&#8217;lik va yangi Bug&#8217;doy navlarini yaratishda Milyutin (G&#8217;allaorol) davlat selektsiya stansiyasi [1937; hozirgi Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti (Andijon shahri) ning G&#8217;allaorol filiali] muhim ishlarni amalga oshirdi. Sug&#8217;oriladigan maydonlarda Bug&#8217;doyning qiltiqsiz (Bezostaya 1), unumli bug&#8217;doy, Sete Tserros, Sangzor 4, intensiv, yonbosh, lalmi yerlarda Qizil bug&#8217;doy (qadimgi jaydari nav). Qizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, tezpishar va boshqa navlari ekiladi. 1995 yildan Rossiyaning Krasnodar o&#8217;lkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sug&#8217;oriladigan maydonlarda gektaridan 50-70 tsentner hosil berish imkoniyatiga ega. Bug&#8217;doy zararkunandalari: don tunlami, Gessen pashshasi, Ko&#8217;kko&#8217;z, shved pashshasi, hasva va boshqalar. Kasalliklari: qorakuya, qora zang, unshudring va boshqalar. Ad.: Kazakov E. D., Zernovedenie s osnovami rastenievodstva, 3 izd., M., 1983; Udachin R. A., Shaxmedov I. Sh., Pshenisa v Sredney Azii, T., 1984; Pshenisi mira, 2izd., L., 1987. Ko&#8217;ziboy Dushamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUG&#8217;DOY (Triticum) \u2014 g&#8217;alladoshlar oilasiga mansub o&#8217;tsimon o&#8217;simliklar turkumi; eng qadimgi va hozirgi dunyoning ko&#8217;pgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko&#8217;ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bugdoy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20613,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20606\/revisions\/20613"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}