{"id":20618,"date":"2022-03-08T16:23:09","date_gmt":"2022-03-08T13:23:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20618"},"modified":"2022-03-08T16:23:11","modified_gmt":"2022-03-08T13:23:11","slug":"bozatov-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozatov-tumani\/","title":{"rendered":"BO&#8217;ZATOV TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;ZATOV TUMANI \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1979 yil 10 aprelda tashkil etilgan (1988 yil sentabrda tugatilib, 1990 yil martda qayta tuzilgan). Bo\u2019zatov tumani shimolda Mo&#8217;ynoq tumani, g&#8217;arbda Qo&#8217;ng&#8217;irot, Qanliko&#8217;l tumanlari, sharqda Chimboy, Kegayli tumanlari, Janubda Nukus tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,98 ming kilometr kvadrat. Aholisi 20,0 mingdan ziyod kishi (2000). Bo\u2019zatov tumanida 1 shaharcha (Qozonketkan) va 4 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (Aspantay, Yorkindaryo, Ko&#8217;ksuv, Kuskanatov) bor. Markazi \u2014 Qozonketkan shaharchasi. Tabiati. Bo\u2019zatov tumani Amudaryoning quyilish yerida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -5\u00b0, iyulniki 28\u00b0. Yiliga 110 millimetrdan ziyod yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 90-100 kun. Amudaryo Bo\u2019zatov tumanini G&#8217;arb va shimoli g&#8217;arbdan 98 kilometr masofada kesib o&#8217;tadi. Bo\u2019zatov tumani hududida Dovutko&#8217;l suv ombori joylashgan. Tuprog&#8217;i toshli sho&#8217;rxok tuproq, sho&#8217;rxoklar tarqalgan, qo&#8217;riq yerlar bor. Butacha va buta o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, shaqal, tulki, to&#8217;ng&#8217;iz, quyon, qirg&#8217;ovul, g&#8217;oz, o&#8217;rdak va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan qoraqalpoq, o&#8217;zbek va qozoqlar, shuningdek rus, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 8,7 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 4 ming, qishloq aholisi 15,8 ming. Xo&#8217;jaligi. Bo\u2019zatov tumani qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tumanda jami 7 shirkat xo&#8217;jaligi bo&#8217;lib, shundan 6 tasida chorvachilik bilan shug&#8217;ullaniladi, bittasida paxta yetishtiriladi. Tuman hududida Bo&#8217;zatov o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va &#8220;Asan&#8221; xususiy kichik korxonasi (xalq iste&#8217;moli mollari ishlab chiqariladi) bor. Kaolin va ohak xom ashyosi konlari topilgan. Umumiy ekin maydoni 14638 gektar, shu jumladan g&#8217;alla ekinlari 2116 gektar, texnika ekinlari 600 gektar, shundan paxta 570 gektar, yemxashak ekinlari va boshqalar 11254 gektar. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 25502 qoramol, 9028 qo&#8217;y echki, 1475 yilqi, 829 tuya bor. Tuman o&#8217;rmon xo&#8217;jaligining umumiy maydoni 26318 gektar, shundan o&#8217;rmonzorlar 8824 gektar, daraxtzorlar 107 gektar, bog&#8217;lar 12 gektar va boshqalar. Avtomobil transporti \u2014 tumanda yagona transport vositasidir. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 16 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 1 akademik litsey, 7 musiqa maktabi faoliyat ko&#8217;rsatdi. Tuman madaniyat uyi, qishloq klubi, avtoklub, kutubxona (qariyb 112 ming kitob va jurnallar), tuman Markaziy kasalxonasi, 95 o&#8217;rinli 2 qishloq kasalxonasi bor. Jami 34 vrach ishlaydi. 10 ming kishiga 17 vrach to&#8217;g&#8217;ri keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;ZATOV TUMANI \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1979 yil 10 aprelda tashkil etilgan (1988 yil sentabrda tugatilib, 1990 yil martda qayta tuzilgan). Bo\u2019zatov tumani shimolda Mo&#8217;ynoq tumani, g&#8217;arbda Qo&#8217;ng&#8217;irot, Qanliko&#8217;l tumanlari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bozatov-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20618","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20622,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20618\/revisions\/20622"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}