{"id":20778,"date":"2022-03-09T08:38:53","date_gmt":"2022-03-09T05:38:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20778"},"modified":"2022-03-09T08:38:54","modified_gmt":"2022-03-09T05:38:54","slug":"bugdoydoshlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bugdoydoshlar\/","title":{"rendered":"BUG&#8217;DOYDOSHLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BUG&#8217;DOYDOSHLAR (g&#8217;alladoshlar) (Roaseae yoki Gramineae) \u2014 bir urug&#8217; pallali o&#8217;simliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki ko&#8217;p yillik o&#8217;t, ba&#8217;zan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi tsilindrsimon tik yoki yonboshlab ko&#8217;tarilib o&#8217;sadi, bo&#8217;g&#8217;imlarga bo&#8217;lingan, ichi g&#8217;ovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Bo&#8217;yi 1 santimetrdan bir nechta o&#8217;n metrgacha; ba&#8217;zilarining poyasi yog&#8217;ochlanib baland bo&#8217;lib o&#8217;sadi (mas, bambukning bo&#8217;yi 40 metr, diametri 30 santimetrgacha). Barglari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, ba&#8217;zan bir jinsli, mayda, ko&#8217;rimsiz, oddiy to&#8217;pgullarga (boshoqchalarga) yig&#8217;ilgan; bular esa murakkab to&#8217;pgullar, shingil, ro&#8217;vak va boshqalar hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, ba&#8217;zan ko&#8217;p gulli. Mevasi don, ba&#8217;zan danaksimon, yong&#8217;oqsimon yoki rezavor. Urug&#8217;ining ko&#8217;p qismi kraxmalli endospermdan iborat. Bug&#8217;doydoshlarning ko&#8217;pchiligi uzun ildiz poyali va popuk ildizli. Bug&#8217;doydoshlarning 600 turkumi, 10000 turi ma&#8217;lum. O&#8217;zbekistonda 91 turkumi (270 turi) o\u2019sadi. Kupincha Bug&#8217;doydoshlar uchta kenja oilachaga bulinadi. Bug&#8217;doydoshlar yer sharining hamma qismida keng tarqalgan, ko&#8217;pchilik turlari tropik mamlakatlarda uchraydi. Bug&#8217;doydoshlar qalin o&#8217;tzorlar, pichanzorlar, o&#8217;tloqlar, savanna, preriy va boshqalar hosil qiladi. Bug&#8217;doydoshlarga muhim madaniy don o&#8217;simliklaridan \u2014 bug&#8217;doy, sholi, Makka, suli, arpa, javdar, tariq, oq jo&#8217;xori va boshqa hamda shakarqamish kiradi, shuning uchun ham kishilar hayotida ularning ahamiyati katta. Yovvoyi holda o&#8217;suvchi \u2014 oqso&#8217;xta, raygras, bug&#8217;doyiq va boshqa ko&#8217;pchilik turlari qishloq xo\u2019jalik hayvonlari uchun yemxashak hisoblanadi. Bug&#8217;doydoshlarning ba&#8217;zi turlaridan texnik o&#8217;simlik sifatida foydalanib, ulardan kraxmal, spirt, qog&#8217;oz, xushbo&#8217;y va yeyiladigan moy olinadi va qurilish materiallari, arqon, chutka va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi. Ko&#8217;pchilik turlari dorivor, ba&#8217;zilari manzarali. Ko\u2019chma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladigan turlari ham bor. Ba&#8217;zilari begona o&#8217;t. O&#8217;ktam Pratov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUG&#8217;DOYDOSHLAR (g&#8217;alladoshlar) (Roaseae yoki Gramineae) \u2014 bir urug&#8217; pallali o&#8217;simliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki ko&#8217;p yillik o&#8217;t, ba&#8217;zan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi tsilindrsimon tik yoki yonboshlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bugdoydoshlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20778","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20778","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20778"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20778\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20783,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20778\/revisions\/20783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20778"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20778"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20778"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}