{"id":20810,"date":"2022-03-10T20:21:33","date_gmt":"2022-03-10T17:21:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20810"},"modified":"2022-03-10T20:21:34","modified_gmt":"2022-03-10T17:21:34","slug":"olat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olat\/","title":{"rendered":"O&#8217;LAT"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;LAT, toun \u2014 odam va hayvonlarning o&#8217;tkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning og&#8217;irlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining ko&#8217;tarilishi, limfa bezlari, o&#8217;pka va boshqalar a&#8217;zolarda yallig&#8217;lanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va ko&#8217;plab bemorlar nobud bo&#8217;lishi tufayli O&#8217;lat o&#8217;ta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. O&#8217;lat qadimdan ma&#8217;lum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va ko&#8217;plab kishilarning o&#8217;limiga sabab bo&#8217;lgan. O&#8217;lat epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay bo&#8217;shab qolgan. Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda O&#8217;lat epidemiyasi tarqalishiga sabab bo&#8217;lganlar. Qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi toun mikrobi \u2014 mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan o&#8217;ralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qo&#8217;shilgan muhitlarda yaxshi o&#8217;sadi. Ekzo va endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyim-kechakda 5\u2014 6 oygacha tirik saqlanadi. O&#8217;lat mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yo&#8217;llari va hokazo a&#8217;zolardan kirishi mumkin. Kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar), tuyalar, shuningdek, O&#8217;latning o&#8217;pka turi bilan og&#8217;rigan bemorlar kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarining manbai hisoblanadi. O&#8217;lat mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo&#8217;l bilan (masalan, burga chaqqanda), ba&#8217;zan kasal hayvon go&#8217;shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go&#8217;sht ishlatilganda yuqadi. O&#8217;latning o&#8217;pka turi bilan og&#8217;rigan bemor sog&#8217;lom kishilar uchun ayniqsa xavfli, chunki u gaplashganida, aksirganida havoga O&#8217;lat tayoqchalarini tarqatadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3-6 kungacha. Kasallik o&#8217;tkir boshlanadi, bemorning eti uvishib, boshi qattiq og&#8217;riydi, ko&#8217;pincha ko&#8217;ngli ayniydi, qayt qiladi, uyqusizlikdan qiynaladi, alahlaydi. O&#8217;latning o&#8217;pka turida o&#8217;pkaning yallig&#8217;lanishi (o&#8217;latli Zotiljam) kuzatiladi, bu yo&#8217;tal, qon aralash balg&#8217;am ajralishi, havo yetishmasligi bilan davom etadi. O&#8217;latning teribubon shaklida infektsiya kirgan joy bo&#8217;rtib, qon aralash suyuqlik tutgan pufakcha hosil bo&#8217;ladi, u keyinchalik so&#8217;rilib ketadi, shu sohaga yaqin limfa tugunlari shishadi (ya&#8217;ni bubon hosil bo&#8217;ladi). Ichak shakli kuchli ich ketishi, ba&#8217;zan axlatda qon va shilliq bo&#8217;lishi bilan kechadi. Septik shakli terida, shilliq pardalarda va turli a&#8217;zolarda qon quyilishi bilan ajralib turadi, bu odatda, og&#8217;irroq kechib ko&#8217;pincha o&#8217;lim bilan tugaydi. Oldini olish. Kasallik aniqlangan joyda karantin e&#8217;lon qilinadi. Zarurat tug&#8217;ilganda u yerda yashaydigan aholi O&#8217;lat vaktsinasi bilan emlanadi. Tabiiy o&#8217;choqda muntazam epizootik tekshiruvlar o&#8217;tkazish, aholi va hayvonlarni nazorat qilish, tirik vaktsina bilan emlash, dala va turar joylarda kemiruvchilar, burgalarni qirish va boshqalar tadbirlardan iborat. Bemor bilan muloqotda bo&#8217;lganlar va tibbiy xodimlar kasallik o&#8217;chog&#8217;i tugatilgandan so&#8217;ng 6 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo&#8217;ladilar. Davolashda antibiotiklar qo&#8217;llaniladi. Hozirgi vaqtda vaktsinalardan foydalanish, kemiruvchilar va burgalarga qarshi kurash olib borish natijasida bu kasallik uncha xavf tug&#8217;dirmaydi. O&#8217;zbekiston Sog&#8217;liqni saqlash vazirligiga qarashli O&#8217;lat (toun)ga qarshi stantsiya har yili bahor yoz mavsumida kasallikning tabiiy o&#8217;choqlarida epizootiya oldini oladigan tadbirlar va laboratoriya tekshiruvlari olib boradi. Chorva mollarining O&#8217;lati qishloq xo&#8217;jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalliklaridan. Har xil taksonomik guruhlarga mansub maxsus viruslar (qoramol, cho&#8217;chqa, otlar O&#8217;lati, etxo&#8217;r parrandalar \u2014 qushlar O&#8217;lati viruslari), Mogshmgiz turkumiga kiruvchi viruslar yoki O&#8217;lat bakteriyasi qo&#8217;zg&#8217;atadi (tuyalar O&#8217;lati). Yuqori harorat, shilliq qavatlar, asosan, oshqozonichak yo&#8217;llari yallig&#8217;lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik manbai kasal hayvon. O&#8217;lat bilan kasallangan hayvon sog&#8217; hayvon bilan birga boqilganda, kamdan kam zararlangan yem orqali yuqadi. Tashxis laboratoriya tekshiruvlari asosida qo&#8217;yiladi. Oldini olish: kasallik tarqalgan qo&#8217;shni mamlakat chegarasida immun zonani tashkil qilish; kasallik paydo bo&#8217;lganda karantin tadbirlari; kasal mollarni so&#8217;yish va go&#8217;shtini yoqib yuborish; qolganlarini emlash va sanitariya-veterinariya chora-tadbirlari o&#8217;tkazishdan iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;LAT, toun \u2014 odam va hayvonlarning o&#8217;tkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning og&#8217;irlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining ko&#8217;tarilishi, limfa bezlari, o&#8217;pka va boshqalar a&#8217;zolarda yallig&#8217;lanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20810","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20810","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20810"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20810\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20811,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20810\/revisions\/20811"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20810"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20810"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20810"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}